O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakui‟teti



Download 489,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana31.12.2021
Hajmi489,77 Kb.
#237355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
mehnat shartnomasini tuzish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



1.  Fuqarolarning  mehnat  qilishga  oid  huquqlarini  amalga  oshirishning 



shakli sifatida mehnat shartnomasi tushunchasi va uning taraflari 

 

O„zbekiston 



Respublikasi 

Mehnat 


kodeksining 

72-moddasida 

ko„rsatilishicha, mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o„rtasidagi muayyan 

mutaxassislik, malaka yoki lavozimga oid ishni ichki mehnat tartibiga bo„ysungan 

holda  taraflar  kelishuvi,  mehnat  to„g„risidagi  qonunlar  va  boshqa  normativ 

hujjatlar  bilan  belgilangan  shartlar  asosida  haq  evaziga  bajarish  haqidagi 

kelishuvdir.  Mehnat  shartnomasi  o„z  mazmuni  va  mohiyati  jihatidan  ko„p  qirrali 

bo„lib,  birinchidan,  mehnat  shartnomasi  fuqarolarning  mehnat  qilish  huquqlarini 

amalga oshirish shaklidir; ikkinchidan, mehnat shartnomasi mehnatga oid huquqiy 

munosabatlarni  keltirib  chiqaruvchi  va  vaqt  davomida  amal  qilishini  ta'minlovchi 

asosdir;  uchinchidan,  mehnat  shartnomasi  mehnat  huquqining  instituti  sifatida 

namoyon  bo„lib,  u  fuqarolarni  ishga  qabul  qilish,  boshqa  ishga  o„tkazish  hamda 

ishdan bo„shatishga oid normalar majmuidan iboratdir. 

 

Mehnat  shartnomasi,  eng  avvalo  fuqarolar  tomonidan  o„zlarining 



Konstitutsiyada belgilangan mehnat qilish huquqlarini amalga  oshirishning asosiy 

shaklidir. 

Mehnat  shartnomasining  tushunchasi  muhim  ahamiyatga  ega  bo„lib,  u 

shartnomaning asosiy belgilarini ham o„z ichiga oladi. 

Ayni  vaqtda  mehnat  shartnomasining  tushunchasi  mehnat  shartnomasining 

unga  yaqin  bo„lgan  boshqa  turdosh  fuqarolik-huquqiy  shartnomalaridan  farqini 

ajratish  imkoniyatini  beradi.  Chunki  bu  shartnomalarni  amalda  qo„llash 

fuqarolarning  mehnat  faoliyati  bilan  bog„liq  bo„lib,  mehnat  shartnomasi  tuzgan 

xodimlarga nisbatan mehnat haqidagi qonunlar tadbiq etiladi. 

Shunday  qilib,  mehnat  shartnomasi,  birinchidan,  xodim  hamda  ish 

beruvchining erki va maqsadini ifoda etuvchi kelishuvidir

ikkinchidan,  kelishuvga  muvofiq,  xodim  qandaydir  bir  ishni  bir  martda 

bajarish  majburiyatini  emas,  balki  muayyan  mutaxassislik,  malaka  yoki  lavozim 

bo„yicha  biror  ishni,  boshqacha  qilib  aytganda,  muayyan  mehnat  funksiyasini 

bajarish majburiyatini oladi; 

uchinchidan,  kelishuvga  muvofiq,  xodim  ma'lum  mehnat  funksiyasini  shu 

korxona, muassasa, tashkilotda bajarish majburiyatini oladi. 

Mehnat funksiyasi esa umumiy mehnat jamoasi tarkibida bajariladi. 

Mehnat  jamoasining  har  bir  ishtirokchisi  korxona,  muassasa,  tashkilotning 

shaxsiy tarkibiga kiritiladi va ichki mehnat tartibi qoidalariga bo„ysunadi; 

to„rtinchidan,  mehnat  shartnomasi  uzluksiz  davom  etuvchi  huquqiy 

munosabatdir, jumladan, shartnoma muayyan muddatga tuzilgan hollarda ham

beshinchidan, mehnat shartnomasiga muvofiq, ish beruvchi xodimga mehnat 

qonunlarida,  jamoa  shartnomasida,  mehnat  shartnomasida  nazarda  tutilgan  ish 

haqini  to„lash  turish  va  mehnat  sharoitini  ta'minlab  berish  majburiyatini  o„z 

zimmasiga  oladi.  Mehnat  shartnomasining  bu  belgilari  uni  fuqarolik-huquqiy 

shartnomalaridan, 

jumladan, 

pudrat, 

topshiriq, 

mualliflik 

va 


boshqa 

shartnomalardan farq qilish imkoniyatini beradi. Masalan: 




 

a)  pudrat  shartnomasi  (O„zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining 



631-moddasi). 

Pudrat  shartnomasiga  ko„ra,  bir  taraf  (pudratchi)  ikkinchi  taraf 

(buyurtmachi)ning  topshirig„iga  binoan,  ma'lum  bir  ishni  uning  yoki  o„zining 

materiallaridan butun mas'uliyatni o„z zimmasiga olib bajarish majburiyatini oladi, 

buyurtmachi  esa  bajarilgan  ishni  qabul  qilish  va  buning  uchun  haq  to„lash 

majburiyatini oladi. Shartnomaning ob'ekti pudratchining mehnati natijasidir; 

b)  topshiriq  shartnomasi  (O„zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining 

817-moddasi).  Bunga  asosan,  bir  taraf  (vakil)  o„ziga  ikkinchi  taraf  (topshiriq 

beruvchi)  tomonidan  topshirilgan  ma'lum  yuridik  harakatlarni  uning  nomidan  va 

uning xisobidan bajarish majburiyatini oladi. 

Agar  topshiriq  bajarganlik  uchun  qonun  yoki  shartnomada  haq  to„lash 

nazarda  tutilgan  bo„lsa,  topshiriq  beruvchi  ishonchli  vakilga  haq  to„lashi  lozim 

(O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 818-moddasi). 

Topshiriq  shartnomasining  predmeti  vakil  tomonidan  amalga  oshiriladigan 

muayyan  yuridik  harakatlar,  chunonchi,  uning  tomonidan  qonun  hujjatlariga  zid 

bo„lmagan turli bitimlar (shartnomalar) hisoblanadi

v)  muallif  shartnomasi  (O„zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining 

1037-moddasi).  Bu  shartnoma  muallif  tomonidan  intellektual  faoliyat  natijalarini 

yaratish va ulardan foydalanish to„g„risidagi shartnomadir. 

Eng  muhimi  shundaki,  barcha  fuqarolik-huquqiy  shartnomalarining 

predmetini  ma'lum  ishning  natijasi,  individual  aniq  mehnat  topshirig„ining 

bajarilishini  tashkil  etadi.  Ayni  vaqtda  bularning  hammasi  ijro  etuvchining 

korxonada  o„rnatilgan  ichki  mehnat  tartibi  qoidalariga  itoat  etmagan  holda 

bajariladi. Shu jihatdan mehnat shartnomasining mazmuni butunlay boshqachadir. 

Mehnat  shartnomasining  fuqarolik-huquqiy  shartnomalardan  farq  qilish 

ancha  murakkab  bo„lgan  hollarda  uning  quyidagi  belgilari  asos  qilib  olinishi 

mumkin: 

birinchidan, xodim mehnat shartnomasiga muvofiq, qandaydir konkret ishni 

bir  marta  bajarish  majburiyatini  emas,  balki  muayyan  ixtisos,  malaka  yoki 

lavozimga  oid  ishni,  ya'ni  muayyan  mehnat  funksiyasini  bajarish  majburiyatini 

oladi (yoki ikkita, yo bir necha funksiyani bajarishni o„z zimmasiga olishi mumkin

basharti  mehnat  shartnomasida  bir  necha  kasbni  bajarish  to„g„risida  kelishilgan 

bo„lsa). 

Mehnat  shartnomasining  bu  sharti  xodimning  korxona,  muassasa, 

tashkilotning mehnat jamoasi tarkibiga (xato muayyan  muddatda bo„lganda ham) 

xatto, uning rasmiy jihatdan korxonaga qabul qilinganligi, mehnat jamoasi tarkibi 

ro„yhatiga  kiritilganligi)dan  qat'iy  nazar,  qo„shilganligini  anglatuvchi  hamda 

boshqa shartnomalardan farqini bildiruvchi eng asosiy belgisi hisoblanadi. 

Mehnat  shartnomasiga  muvofiq,  xodim  mehnat  tartibi  qoidalariga 

bo„ysungan  holda  muayyan  ixtisos,  malaka,  lavozim  bo„yicha  ishni  bajarish 

majburiyatini  oladi.  Mehnat  intizomiga  bo„ysunish  mehnatga  oid  huquqiy 

munosabatlarigagina xosdir; 

ikkinchidan,  mehnat  shartnomasiga  muvofiq,  xodim  belgilangan  mehnat 

shartnomasini  bajarish,  ya'ni  belgilangan  ish  vaqti  davomida  ishlash,  belgilangan 




 

ishlab  chiqarish  normasini  bajarish  majburiyatini  oladi.  Korxonada  o„rnatilgan 



ichki  mehnat  tartibi  qoidalariga  bo„ysungan  holda  muayyan  ixtisos,  malaka, 

lavozimga  oid  ishni  bajarish  shu  korxonaning  xodimi  sifatida  ishlashni,  ya'ni 

mehnat shartnomasi asosida ishlashni bildiradi; 

uchinchidan,  xodimning  mehnat  shartnomasi  yuzasidan  kelib  chiqadigan 

majburiyatlari qat'iy va jiddiy xarakterga ega bo„lib, uni bajarishni boshqa shaxsga 

topshirish mumkin emas. 

Mehnat  shartnomasi  (kontrakt)ning  taraflari  Mehnat  kodeksinin  72-

moddasida ko„rsatilgan. 

quyidagilar mehnat shartnomasi (kontrakt)ning taraflari bo„lib hisoblanadi: 

xodim  -  16  yoshga  to„lgan  O„zbekiston  Respublikasi  fuqarosi,  shuningdek, 

xorijiy  fuqarolar  va  fuqaroligi  bo„lmagan  shaxslar  (boshqa  hollarda  ota-onasidan 

birining  yoki  uning  o„rnini  bosuvchi  shaxsning  yozma  roziligi  bilan  qonun 

hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 15 yoshdan; 

ish  beruvchi  -  korxona,  shu  jumladan  ularning  rahbarlari  timsolida, 

korxonaning  alohida  tarkibiy  bo„linmalari,  mulkdorning  o„zi  ayni  vaqtda  bir 

vaqtda rahbar bo„lgan xususiy korxonalar;  

qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  hollarda  18  yoshga  to„lgan  ayrim 

shaxslar. 

Umumiy qonunga binoan, 16 yoshga to„lgan shaxslar ishga qabul qilinadilar. 

Demak,  fuqarolarda  mehnatga  oid  huquqiy  layoqat  ular  16  yoshga  to„lgandan 

boshlab  vujudga  keladi.  Fuqarolarda  muomala  layoqati  va  huquqiy  layoqat 

vujudga  kelishi  xususida  ham  mehnat  huquqi  fuqarolik  huquqidan  farq  qiladi. 

Fuqarolik  huquqida  huquqiy  layoqat  bilan  muomala  layoqatining  paydo  bo„lish 

paytlari o„rtasida vaqt nuqtai nazaridan ma'lum tafovut bo„lsa, mehnat huquqida bu 

ikki  kategoriya  bir-biri  bilan  uzviy  bog„liq  va  bir  paytda  vujudga  keladi.  Buning 

sababi, har qanday jonli mehnat har bir individuidning shaxsiy o„z erkiga bog„liq 

faoliyatdir.  Shuning  uchun  ham  mehnat  majburiyatlari  vakillar  orqali  amalga 

oshirilishi  mumkin  emas.  Fuqarolik  huquqida  esa  bunga  yo„l  qo„yiladi.  Masalan, 

topshiriq shartnomasi. Bu shartnomaga binoan vakillar topshiriq beruvchi nomidan 

va uning xisobiga harakat qilish burchini olganligi sababli o„ziga berilgan vakolat 

doirasida  qilgan  barcha  ijobiy,  qonuniy  harakatlari  topshiriq  beruvchi  uchun 

bevosita huquq va burchlarni vujudga keltiradi. 

Qonunga  binoan,  yuridik  shaxs  huquqiga  ega  bo„lgan  korxonalar, 

muassasalar  va  tashkilotlar  mehnat  shartnomasining  ikkinchi  tarafi  bo„lib 

hisoblanadilar. 

Ba'zan  amalda  formal  nuqtai  nazardan  yuridik  shaxs  huquqiga  ega 

bo„lmagan, lekin mustaqil ravishda ishga qabul qilish huquqi berilgan, o„zi uchun 

ajratilgan  ish  haqi  fondi,  bankda  alohida  xisobot  schyoti  bo„lgan  va  mustaqil 

balansda turuvchi korxonalar ham mehnat shartnomasining tarafi sifatida namoyon 

bo„ladilar. Shuni ham ta'kidlash lozimki, korxonalar bilan bir qatorda xodimlarga 

haq  to„lash  sharti  bilan  shartnoma  tuzgan  jamoat  va  kooperativ  tashkilotlar  ham 

mehnat shartnomasining tarafi bo„ladilar. 

Fuqarolar  faqat  o„z  ehiyoji  uchun  boshqa  shaxslarning  mehnatidan 

foydalanish  mumkin.  Masalan,  uy  xizmatchisi,  enaga,  shofyor,  mashinistkalar 




 

bilan  mehnat  shartnoasi  tuzishi  mumkin.  qonunchilikda  o„rindoshlik  bo„yicha 



ishlash to„g„risida mehnat shartnomasi tuzilishiga yo„l qo„yiladi. 

Taraflarning  mehnat  huquqlari  va  majburiyatlari  yig„indisi  mehnat 

shartnomasi mazmunini tashkil qiladi. Mehnat shartnomasi: 1)asosiy shartlar, ya'ni 

bularsiz mehnat shartnomasini tuzilgan deb hisoblash mumkin emas; 2)qo„shimcha 

(ixtiyoriy) shartlar, ya'ni bular haqida kelishish majburiy emas. 

Mehnat  shartnomasining  mazmuni  taraflar  kelishuvi  bo„yicha,  shuningdek 

mehnat  to„g„risidagi  qonunlar  va  boshqa  normativ  hujjatlar  bilan  belgilanadi. 

Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan asosiy (zarur) shartlar belgilanadi. 

quyidagilar mehnat shartnomasi (kontrakt)ning zarur shartlari hisoblanadi: 

ish  joyi  -  xodim  ishga  qabul  qilinayotgan  korxona,  muassasa,  tashkilot 

(uning tarkibiy bo„linmasi)ning nomi; 

xodimning  mehnat  funksiyasi  mazmuni  lavozim  yo„riqnomalari,  malaka 

ma'lumotnomalari  va  boshqa  normativ  hujjatlar  bilan  belgilanadigan  muayyan 

mutaxassislik,  malaka  yoxud  lavozimga  oid  ish  (Rahbarlar,  mutaxassislar  va 

xizmatchilarning  hamda  boshqalarning  yagona  tariff  -  malaka  ma'lumotnomasi, 

malaka ma'lumotnomalariga muvofiq); 

ishning  boshlanish  kuni-qonun  hujjatlariga  muvofiq  tuzilgan  mehnat 

shartnomasi  imzolangan  paytdan  boshlab  kuchga  kiradi,  agar  ishning  boshlanish 

sanasi  qayd  etilmagan  bo„lsa,  xodim  shartnoma  imzolangan  kundan  keyingi  ish 

kunidan (smenadan) kechikmay ishga tushishi kerak. 




Download 489,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish