O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakui‟teti



Download 489,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana31.12.2021
Hajmi489,77 Kb.
#237355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
mehnat shartnomasini tuzish

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

10 


2. Mehnat shartnomasini tuzishning umumiy tartibi 

 

Mehnat  shartnomasini  tuzish  paytida  xodimlarning  qonunlar  va  boshqa 



normativ  hujjatlar  bilan  belgilangan  mehnat  huquqlari  va  kafolatlar  darajasi 

pasaytirilishi mumkin emas. 

Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. 

Mehnat  shartnomasining  shakli  O„zbekiston  Respublikasi  Hukumati 

tomonidan  1997  yil  11  martdagi  133-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  Namunaviy 

mehnat shartnomasini xisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Mazkur yozma holdagi 

mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalar tasdiqlangan. 

Mazkur Tavsiyalar va Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli 

mulkchilikning  barcha  shakllaridagi  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlarga,  ya'ni 

ish  beruvchilarga va xodimlarga  mehnat  shartnomalari  (kontrakt) tuzishda  amaliy 

yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan. 

Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo„lgan kamida ikki nusxada tuziladi 

va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi. 

Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari ko„rsatiladi. 

Mehnat  shartnomasi  xodim  va  ishga  qabul  qilish  huquqiga  ega  bo„lgan 

mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanib, uning tasdiqlangan muddati 

ko„rsatiladi. Bunday tasdiqlash imzoning haqiqiy va vakolatli ekanligini ko„rsatadi. 

Mehnat  shartnomasi  (kontrakt)  sanasi  ko„rsatilgan  holda  imzolar  bilan 

tasdiqlanadi.  Korxona,  muassasa,  tashkilot  ishga  qabul  qilish  huquqi  berilgan 

mansabdor  shaxsning  imzosini  gerbli  muxr  bilan  tasdiqlaydi  (gerbli  muxr 

bo„lmagan  taqdirda  imzoning  haqiqiyligi  va  vakolatliligini  tasdiqlovchi  boshqa 

muxr bilan tasdiqlanadi). 

Mazkur  tavsiyalarda  ko„rsatilganidek,  xodimning  talabiga  ko„ra,  mehnat 

shartnomasi (kontrakt) u biladigan tilda tuxiladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma 

(kontrakt) bilan bil xil kuchga ega bo„ladi. 

Xodim  bilan  tuzilgan  mehnat  shartnomasi  (kontrakt)  ishga  qabul  qilish 

to„g„risida buyruq chiqarish uchun asos bo„lib hisoblanadi. 

Buyruq tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mazmuniga zid bo„lmasligi 

kerak. 

Mehnat  shartnomasining  muddatlari  Mehnat  kodeksining  75-moddasida 

ko„rsatilgan.  Bunga  ko„ra:  mehnat  shartnomalari;  nomuayyan  muddatga;  besh 

yildan  ortiq  bo„lmagan  muayyan  muddatga;  muayyan  ishni  bajarish  vaqtiga 

mo„ljallab tuziladi. 

Agar  mehnat  shartnomasida  uning  amal  qilish  muddati  ko„rsatilmagan 

bo„lsa,  bunday  holda  mehnat  shartnomasi  nomuayyan  muddatga  tuzilgan  deb 

hisoblanadi. 

Nomuayyan  muddatga  tuzilgan  mehnat  shartnomasi  xodimning  roziligisiz 

muayyan muddatga mo„ljallab qayta tuzilishi mumkin emas. 

Muhimi  shundaki,  Mehnat  kodeksining  76-moddasida  muddatli  mehnat 

shartnomasi  tuzishga  yo„l  qo„yilishi  mumkin  bo„lgan  holatlar  alohida  ta'kidlab 

o„tilgan. 



 

11 


Muddatli mehnat shartnomalari bajarilajak ishning xususiyatlari, uni bajarish 

shartlari  yoki  xodimning  manfaatlarini  xisobga  olib,  nomuayyan  muddatga 

mo„ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo„lmagan hollarda, korxona 

rahbari,  uning  o„rinbosarlari,  bosh  buxgalter  bilan,  korxona  bosh  buxgalter 

lavozimi bo„lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bilan, 

shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda tuziladi. 

qonunga binoan, ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo„l qo„yiladi. 15 yoshga 

to„lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o„rnini bosuvchi shaxsning yozma 

ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. 

Yoshlarni  mehnatga  tayyorlash  maqsadida  umumta'lim  maktablari,  xunar-

texnika bilim yurtlari va o„rta maxsus o„quv yurtlarining o„quvchilarini 14 yoshga 

to„lganlaridan  keyin  ota-onasidan  birining  yoki  ular  o„rnini  bosuvchi  shaxsning 

roziligi bilan bolalarning sog„lig„iga va kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan va 

ta'lim  olish  jarayonini  buzmaydigan  yengil  ishlarni  o„qishdan  bo„sh  vaqtlarida 

bajarish uchun ishga qubul qilishga yo„l qo„yiladi. 

18  yoshga  to„lmagan  shaxslarni  ishga  qabul  qilish  Kodeksning  241-

moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. 

Kodeksning  78-moddasiga  binoan,  ishga  qabul  qilishni  g„ayriqonuniy 

ravishda rad etishga yo„l qo„yilmaydi. Ishga qabul qilishni g„ayriqonuniy ravishda 

rad etish deb quyidagilar hisoblanadi: 

ushbu Kodeksning 6-moddasi talablarini buzish; 

ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni ishga qabul qilmaslik

ish  beruvchi  qonunga  muvofiq  mehnat  shartnomasi  tuzishi  shart  bo„lgan 

shaxslarni (belgilangan kvota xisobidan ishga yuborilgan nogironlar va 18 yoshga 

to„lmagan  shaxslarni,  xomilador  ayollar  va  3  yoshga  to„lmagan  bolalari  bo„lgan 

ayollarni  tegishincha  ularning  xomiladorligi  yoki  bolasi  borligini  vaj  qilib)  ishga 

qabul qilmaslik; 

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar. 

Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bilan ish beruvchi 3 

kun  muddat  ichida  rad  etishning  sababini  asoslab  yozma  javob  berishi  shart.  Bu 

javob  ishga  qabul  qilish  huquqiga  ega  bo„lgan  mansabdor  shaxs  tomonidan 

imzolangan  bo„lishi  lozim.  Ishga  kiruvchining  bunday  asoslantirilgan  javobni 

berish  haqidagi  talabni  qondirishni  rad  etish  xodimning  ishga  qabul  qilish 

g„ayriqonuniy ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilishiga to„siq bo„lmaydi. 

Kodeksning  79-moddasiga  muvofiq,  qarindosh-urug„larning  bir  davlat 

korxonasida birga xizmat qilishlari cheklangan. 

Bu qoidaning mazmuni shundan iboratki, o„zaro yaqin qarindosh yoki quda-

anda  bo„lgan  shaxslarning  (ota-onalar,  aka-ukalar,  opa-singillar,  o„g„il  va  qizlar, 

er-xotinlar,  shuningdek  er-xotinlarning  ota-onalari,  aka-ukalari,  opa-singillari  va 

bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo„ysunib yoki uning nazorati 

ostida  xizmat  qiladigan  bo„lsa,  bir  davlat  korxonasida  birga  xizmat  qilishlari 

ta'qiqlanadi. 

O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1997  yil  11  martdagi 

133-sonli  qarori  bilan  davlat  (aksiyadorlik)  korxonalarining  birga  xizmat 




 

12 


qilishlarini cheklash qoidalaridan istisno etilishi mumkin bo„lgan xodimlari ro„yxat 

tasdiqlangan.

 

Ishga  qabul  qilish  vaqtida  ishga  kirayotgan  shaxs  quyidagi  hujjatlarni  ish 



beruvchiga taqdim etishi lozim: 

pasport yoki uning o„rnini bosadigan boshqa hujjatni, 16 yoshgacha bo„lgan 

shaxslar esa tug„ilgan to„g„risidagi guvohnoma va turar joydan ma'lumotnomani; 

harbiy  xizmatga  majburlar  yoki  harbiy  xizmatga  chaqiriluvchilar  tegishli 

harbiy bileti yoxud harbiy xisobda turganlik haqidagi guvohnomani; 

qonun hujjatlariga muvofiq, maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka 

ega  shaxslargina  bajarishi  mumkin  bo„lgan  ishlarga  kirayotganda  oliy  va  o„rta 

maxsus  o„quv  yurtini  tamomlaganligi  to„g„risidagi  diplomni  yoxud  mazkur  ishni 

bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni. 

Masalan,  O„zbekiston  Respublikasi  “Fuqarolar  sog„lig„ini  saqlash 

to„g„risida”  1996  yil  26  avgustdagi  qonunga  muvofiq,  tibbiyot  hamda 

farmatsevtika  faoliyati  bilan  shug„ullanish  uchun  oliy  va  o„rta  maxsus  o„quv 

yurtini tamomlaganlik to„g„risida diplom talab qilinadi.

 

Qonunchilikda  ayrim  lavozimlarda  ishlash  uchun  bulardan  tashqari  soxa 



bo„yicha  muayyan  mehnat  staji  hamda  shu  sohada  ishlash  huquqini  beruvchi 

litsenziya talab qilinadi. 

O„zbekiston  Respublikasining  1993  yil  7  mayda  tasdiqlangan  Xavo 

kodeksining 49-moddasiga ko„ra, xavo kemalari parvaozini amalga oshirish va bu 

parvaozlarni  ta'minlash  bilan  bevosita  aloqador  aviatsiya  xodimlari  tegishli 

faoliyatni amalga oshirish guvohnomasiga ega bo„lishlari lozim.  

Ishga  qabul  qilish  vaqtida  ishga  kirayotgan  shaxsdan  qonun  hujjatlarida 

ko„rsatilmagan hujjatlarni talab qilish ta'qiqlanadi. 

Mehnat  kodeksining  81-moddasiga  binoan,  ish  beruvchi  korxonada  besh 

kunlan  ortiq  ishlagan  barcha  xodimlarga  mehnat  daftarchasini  tutishi  shart, 

o„rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno. 

Xozirgi  kunda  O„zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida  1998  yil  29 

yanvarda  402-raqam  bilan  ro„yxatga  olingan  Mehnat  daftarchasini  yuritish  tartibi 

to„g„risida Yo„riqnoma mavjuddir. 

Mehnat daftarchalari xodimlarning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat 

bo„lib,  mulkichilik  va  xo„jalik  yuritish  shaklidan  qat'iy  nazar,  korxonalar, 

muassasalar va tashkilotlarda besh kundan ortiq ishlagan, shu jumladan, muayyan 

muddatga yollanganlarga, shuningdek davlat ijtimoiy sug„urta qilinishi ko„zlangan 

taqdirda, shtatlar jadvalidan tashqari xodimlarga ham yuritiladi. 

Ish beruvchilar har bir xodim uchun mehnat daftarchalari ochishlari, zarurat 

bo„lganda  ish  davrini  ish  stajiga  kiritish  uchun  xodimlarni  ish  davri  to„g„risida 

ma'lumotnomalar berishlari shart. 

Mehnat  daftarchalari  O„zbekiston  Respublikasining  davlat  tilida, 

Qoraqalpog„iston  Respublikasida  esa  qoraqalpoq  yoki  O„zbekiston  Respublikasi 

davlat tillarida ish beruvchi tomonidan xodimning ishtirokida to„ldiriladi. 

Mehnat daftarchasiga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi. 

Xodim  to„g„risida:  familiyasi,  ismi  va  otasining  ismi,  tug„ilgan  sanasi, 

ma'lumoti, kasbi, mutaxassisligi va lavozimi. 




 

13 


Ish  to„g„risida:  ishga  qabul  qilish,  boshqa  doimiy  ishga  o„tkazish  (jamoa 

shartnomasida  ko„rsatilgan  hollarda  ishlab  chiqarish  zaruriyati  bilan  vaqtincha 

boshqa  ishga  o„tkazish  bundan  mustasno),  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish 

to„g„risida. 

Shuningdek, xodimning iltimosiga ko„ra, mehnat daftarchasiga o„rindoshlik 

asosida  ishlaganlik  va  vaqtincha  boshqa  ishga  o„tkazilgan  davrlari  haqidagi 

yozuvlar  ham  kiritiladi.  Mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  asoslari  (sabablari), 

mehnat daftarchasida yozilmaydi. 

Mehnat daftarchasiga ishga qabul qilinishi, boshqa doimiy ishga o„tkazilishi 

kabi  barcha  turdagi  yozuvlar  ish  beruvchi  tomonidan  buyruq  berilgandan  so„ng 

kiritiladi va bu yozuv buyruqning mazmuniga mos bo„lishi shart. 

Belgilangan  tartibda  Yagona  tarif-malaka  ma'lumotnomasida  va  xizmat 

mansablarining  yagona  ro„yxati,  yoxud  lavozimlar  jadvalida  ro„y  bergan 

o„zgarishlar  yoki  qo„shimchalar  to„g„risidagi  ma'lumotlar  xodimlar  e'tiborlariga 

yetkazilib,  so„ng  ularning  mehnat  daftarchalariga  ish  beruvchining  buyrug„i 

asosida tegishli o„zgartirish yoki qo„shimchalar kiritiladi. 

Bordiyu,  xodimga  ishlab  turgan  davrida  yangi  malaka  darajasi  berilgan 

bo„lsa, unda bu haqda belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilishi shart. Xodim 

ikkinchi  va  undan  keyingi  kasblarni  o„rgangan  taqdirda,  bu  to„g„rida  mehnat 

daftarchasiga ushbu kasblarning malaka darajalari ko„rsatilib qayd qilinadi. 

Xodim  yangi  o„rgangan  kasbi  bo„yicha  ish  bajargan  taqdirda,  mehnat 

daftarchasiga bu to„g„rida tegishli yozuv kiritiladi. 

Mehnat  daftarchasida  mehnat  shartnomasi  bekor  bo„lganligi  to„g„risidagi 

yozuv amaldagi qonun talablariga mos bo„lishi, mehnat shartnomasini bekor qilish 

asoslari (sabablari) to„g„risida yozuv kiritilmasligi shart. 

Xodim bilan ish beruvchi o„rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinganda 

xodimning  mazkur  tashkilotda  ishlagan  davrida  mehnat  daftarchasiga  ishi 

to„g„risida  ma'lumot  (yozuvlar)  korxona  rahbari  yoki  uning  tomonidan  maxsus 

vakolat  berilgan  shaxsning  imzosi  va  korxona  yoki  xodimlar  bo„limining  muhri 

bilan tasdiqlanadi. 

Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimga uning mehnat daftarchasi 

va  mehnat  shartnomasining  bekor  qilinishi  haqida  buyruqning  nusxasi  berilishi 

shart.  Ish  beruvchi  aybi  bilan  mehnat  daftarchasini  berish  kechiktirilsa,  u  holda 

butun kechiktirilgan davr uchun xodimga o„rtacha oylik ish haqi to„lanadi. 

Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug„i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq 

chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo„ladi. 

Korxona rahbarini, uning o„rinbosarlari, bosh buxgalterni ishga qabul qilish 

korxona  mulki  egasining  huquqi  bo„lib,  bu  huquqni  u  bevosita,  shuningdek  o„zi 

vakil  qilgan  organlar  orqali  yoki  korxonani  boshqarish  huquqi  berilgan  korxona 

kengashi, boshqaruvi, boshqa organlar orqali amalga oshiradi. 

Korxona  rahbari  mulkdor  unga  bergan  vakolatlar  doirasida  xodimlar  bilan 

mehnat shartnomalari tuzadi. 

Ishga  qabul  qilish  haqidagi  buyruq  tuzilgan  mehnat  shartnomasining 

mazmuniga to„la muvofiq ravishda chiqarilishi kerak. 

Buyruq xodimga ma'lum qilinib, tilxat olinadi. 



 

14 


Ishga  qabul  qilish  huquqiga  ega  bo„lgan  mansabdor  shaxs  tomonidan  yoki 

uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan bo„lsa, ishga qabul 

qilish  tegishli  ravishda  rasmiylashtirilgan  yoki  rasmiylashtirilmaganligidan  qat'iy 

nazar,  ish  boshlangan  kundan  e'tiboran  mehnat  shartnomasi  tuzilgan  deb 

hisoblanadi. 

qonun  hujjatlariga  muvofiq  tuzilgan  mehnat  shartnomasi  u  imzolangan 

vaqtdan  boshlab  kuchga  kiradi.  Xodim  shartnomada  belgilab  qo„yilgan  kundan 

boshlab o„zining mehnat vazifalarini bajarishga kirishmog„i kerak. 

Agar 

mehnat 


shartnomasida 

ishning 


boshlanish 

kuni 


haqida 

shartlashilmagan  bo„lsa,  xodim  mehnat  shartnomasi  imzolangan  ish  kunining 

(smenaning) ertasidan kechikmay ishga tushmog„i lozim. 

Xodim  o„ziga  yuklatilgan  mehnat  vazifalari  bilan  tanishtirilishi  shart 

(Mehnat kodeksining 178-moddasi). 

Mehnat shartnomasi dastlabki sinov belgilash sharti bilan tuzilishi mumkin. 

Bundan  ko„zlangan  maqsad  xodimning  topshirilayotgan  ishga  layoqatliligini 

tekshirib ko„rish hamda  xodim  mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom 

ettirishning  maqsadga  muvofiqligi  haqida  bir  qarorga  kelishini  aniqlashdan 

iboratdir. 

Dastlabki  sinovni  o„tash  haqida  mehnat  shartnomasida  shartlashilgan 

bo„lishi lozim.  Bunday  shartlashuv bo„lmagan taqdirda, xodim  dastlabki  sinovsiz 

ishga qabul qilingan deb hisoblanadi. 

Ayrim  toifa  xodimlar,  jumladan,  xomilador  ayollar,  uch  yoshga  to„lmagan 

bolasi  bor  ayollar,  korxona  uchun  belgilangan  kvota  hisobidan  ishga  yuborilgan 

shaxslar  ishga  qabul  qilinganda,  shuningdek  olti  oygacha  muddatga  ishga  qabul 

qilish  haqida  xodimlar  bilan  mehnat  shartnomasi  tuzilganda  dastlabki  sinov 

belgilanmaydi. 

Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas. 

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz davri va xodim uzrli sabablarga ko„ra ishda 

bo„lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi. 

Dastlabki  sinov  davrida  xodimlarga  mehnat  qonunchiligi  va  korxonada 

o„rnatilgan mehnat shartlari to„liq tadbiq etiladi. Bu davr mehnat stajiga kiritiladi. 

Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni 3 kun oldin 

yozma ravishda ogohlatirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Taraflar 

kelishgan taqdirda ogohlantirish muddati qisqartirilishi mumkin. 

Ogohlantirish  muddati  tugagunga  qadar  taraflardan  birortasi  mehnat 

shartnomasini  bekor  qilishni  talab  qilmagan  bo„lsa,  shartnomaning  amal  qilishi 

davom  etadi,  mehnat  shartnomasi  bundan  keyin  faqat  umumiy  asoslarda  bekor 

qilinishi mumkin. 

 


Download 489,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish