O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi


Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi



Download 11,44 Mb.
bet24/60
Sana13.07.2022
Hajmi11,44 Mb.
#786300
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
Bog'liq
badiy kulol

3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.
3.2.Faol ishtirok etgan talabalarni raqbatlantiradi.
Kosa, piyola, tovoqlarni bosqich bo‘yicha loydan tartib bo‘yicha ishlash uyga vazifa qilib beriladi.
Faol talabalar baholanadi.

3.1.Eshitadi, o‘z fikrlariga aniqlik kiritadi.

3.2.Topshiriqni yozib oladi.







ХУМДОНЛАР ВА ЭЛЕКТРОПЕЧЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЁНГИНДАН САКЛАНИШ ВА ЭЛЕКТР ТЕХНИКА ХАВФСИЗЛИГИ ЧОРАЛАРИНИ КУРИШ.
Хар бир ижодкорнинг рухий холати, узи бажараётган буюмида уз аксини топмасдан колмайди. Киши рухиятини кутаришда эса хонанинг озодалиги, жихозларнинг кулайлиги мухим роль уйнайди. Кулолчилик хонасини жихозлашда хайкалтарошлик хоналарини жихозлашнинг умумий коидаларидан келиб чиккан холда жихозлаш кисман булсада фойдаланиш максадга мувофикдир. Хар бир асбоб–ускуналар, хом–ашёлар, кургазмали куроллар, талабаларнинг тайёр ишлари, дастгохлар, электропечлар тартиби билан уз жойига куйилмоги лозим.
Кулолчилик устахонасида бевосита талабанинг фойдаланадиган майдони 50-55 м2 булса, хар бир талабанинг иш урни бир–биридан 60 см, каторлар орасида 1 м дан узокликда булса, харакатланиш кулай булади. Устахонага табиий ёруглик тушишини таъминлаш, бунинг иложи булмаса, кундузги ёруглик лампалари билан таъминлаш керак.
Кулолчилик асарини ясаш учун талабадан мохир мусаввирликни, наккошликни, хайкалтарошликни талаб этади.
Хар бир асбоб ускунани ёки дастгохни, электропечни, хумдонларни ишлатишнинг конун–коидалари мавжуд. Талабанинг бу технология билан танишмагани турли бахтсиз ходисаларни келиб чикишига сабаб булади. Ишлашдан олдин албатта махсус иш кийимини кийиб олиш зарур. Хумдонда сопол буюмлар пиширишдан олдин хумдон атрофидаги буюмлар куздан кечирилади. Ёнгиндан саклаш чоралари куриб чикилади. Электроиситгичларда ишлаганда уни иситишдан олдин барча симлар, узелларнинг бутунлиги куздан кечирилади. Агар баъзи симлар изоляцияси очилиб колган булса, электропечларни ишлатишга рухсат этилмайди. Топилган камчиликлар тузатилгандан сунг ишлашга рухсат берилади. Электропеч ишлатилиб, унга буюмлар куйилиб, эшиклари ёпилгач унинг иссиклиги аста-секинлик билан кутарилиб боради. Бу вактда печнинг эшигини хохлаган вактда кайта-кайта очиш таъкикланади. Печ ва буюмлар маълум муддатда совигандан кейин олиниши мумкин. Агар сопол буюм тугри технология асосида ясалган булса, у хеч качон ёрилмай чикади. Дастгохда ва хумдонда ишлаш учун мавжуд коидаларни узлаштирган ва уларга тулик риоя киладиган талабаларнигина махсус дафтарга имзо чеккандан кейин рухсат этилади.
KULOLCHILIKDA ISHLATILADIGAN ASBOB-USKUNALAR
Reja

  1. Kulolchilikda ishlatiladigan materiallar.

  2. Kulolchilik charxi

  3. Kulolchilik buyumlari va ularning turlari.

Asbob-uskunalarni ozoda tutish va kerakli joyda saqlash. Shaxsiy gigiena. Xavfsizlik texnikasining asosida qoidalari va instruksiyalari, shikastlanishning asosiy sabablari va oldini olish yo’llari. Baxtsiz xodisa sodir bo’lganda birinchi yordam ko’rsatish. Dori quti. Yong’in va uning oldini olish. Har bir ijodkorning ruhiy holati, o’zi bajarayotgan buyumida o’z aksini topmasdan qolmaydi. Kishi ruhiyatini ko’tarishda esa xonaning ozodaligi, jihozlarning qulayligi muhim rol o’ynaydi. Kulolchilik xonasini jihozlashda haykaltaroshlik xonalarini jihozlashning umumiy qoidalaridan kelib chiqqan holda jihozlash qisman bo’lsada foydalanish maqsadga muvofiqdir. har bir asbob-uskunalar, xom-ashyolar, ko’rgazmali qurollar, talabalarning tayyor ishlari, dastgohlar, elektropechlar tartibi bilan o’z joyiga qo’yilmog’i lozim. Kulolchilik ustaxonasida bevosita talabaning foydalanadigan maydoni 50-55 m2 bo’lsa, har bir talabaning ish o’rni bir-biridan 60 sm, qatorlar orasida 1 m dan uzoqlikda bo’lsa, xarakatlanish qulay bo’ladi. Ustaxonaga tabiiy yorug’lik tushishini ta'minlash, buning iloji bo’lmasa, kunduzgi yorug’lik lampalari bilan ta'minlash kerak.Kulolchilik asarini yasash uchun talabadan mohir musavvirlikni, naqqoshlikni, haykaltaroshlikni talab etadi. har bir asbob uskunani yoki dastgohi, elektropechni, xumdonlarni ishlatishning qonun-qoidalari mavjud. Talabaning bu texnologiya bilan tanishmagani turli baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Ishlashdan oldin albatta maxsus ish kiyimini kiyib olish zarur. Xumdonda sopol buyumlar pishirishdan oldin xumdon atrofidagi buyumlar ko’zdan kechiriladi.


Yong’indan saqlash choralari ko’rib chiqiladi. Elektroisitgichlarda ishlaganda uni isitishdan oldin barcha simlar, uzellarning butunligi ko’zdan kechiriladi. Agar ba'zi simlar izolyasiyasi ochilib qolgan bo’lsa, elektropechlarni ishlatishga ruxsat etilmaydi. Topilgan kamchiliklar tuzatilgandan so’ng ishlashga ruxsat beriladi. Elektropech ishlatilib, unga buyumlar qo’yilib, eshiklari yopilgach uning issiqligi asta-sekinlik bilan ko’tarilib boradi. Bu vaqtda pechning eshigini xohlagan vaqtda qayta-qayta ochish taqiqlanadi. Pech va buyumlar ma'lum muddatda sovigandan keyin olinishi mumkin.
Agar sopol buyum to’g’ri texnologiya asosida yasalgan bo’lsa, u yorilmay chiqadi. Dastgohda va xumdonda ishlash uchun mavjud qoidalarni o’zlashtirgan va ularga to’liq rioya qiladigan talabalarnigina maxsus daftarga imzo chekkandan keyin ruxsat etiladi.
Kulolchilikda ishlatiladigan materiallar.
Kulolchilik materiallari va ularning turlari. Tuproq turlari. Sof tuproq, qora tuproq, ko’kimtir va qizil loykor. Buyumlarga mos loy tayyorlash texnikasi va uning xususiyatlari. Loyga guldon, chinni loy, koshin loy, kosagar loy, ko’zagar loy. Gulvata va rangli bo’yoqlar.
Kulolchilik buyumlarini tayyorlash usullari.
Kulolchilik buyumlari va ularning turlari. Sopol,chinni, koshin buyumlar va ularning bir-biridan farqi. Xumdon, tandir, kґza, guldon,lagan, kosa, nimkosa, piyola, likopcha, choynak, oftoba hamda o’yinchoqlar. Buyumga xos tayyorlanadigan loylar va ularning xususiyatlari. Buyum yasash uslublari va texnologiyasi. Dastgoh, charxda buyum yasash texnologiyasi. Sopol va chinni qadimiy, murakkab san'at turlari hisoblanadi. bu borada O’zbekiston, amaliy-bezak san'ati shu yo’nalishdagi yutuqlari bo’yicha dunyoda birinchi o’rinlarda turadi desak mubolag’a bo’lmaydi. O’zbekiston kulolchiilgi va amaliy san'atning boshqa turlari ham Rossiya orqali Yevropaga tarqaldi. Bizdagi ma'lumotlar Xitoy ma'lumotlari bo’lib ishlab chiqilgan joydagi buyum va uning bo’laklaridan tekshirilgan. 1958 yildan so’ng Xitoy arxeologlari turli provinsiyalarda turli davrga oid kulolchilik pechlari topilgan. Shan davri pechlari Xenandan, Sun pechlari - Fuszyandan topilgan. Szindechjenda chinni ishlab chiqarishning asosiy markazi bo’lib, chinni muzeyi tashkil qilingan, u esa Xitoyga, Saksoniya uchun Drezden muzeyi kabi, Fransiya uchun Sevr muzeylari kabi o’rin egallagan. Chinni eksporti asosan Lunsyuanni buyumlari muhim hisoblanadi. Xitoyning qadimgi sopol buyumlari neolit davriga borib taqaladi. Shan davridan xaqiqiy Xitoy kulolchiligining rivoji boshlanadi. Shan poytaxti Anyandagi qazilma ishlari buyumlarning bir necha turlarini aniqlaydi: qo’pol loydan ishlangan kulrang idishlar, kundalikda foydalanish uchun Sichjoudan keltirilgan yupqa loydan ishlangan oq rangli buyumlar qimmat idishlar sifatida foydalanilgan. Bu davrga oid turli idishlar topilib, qo’lda yoki kulolchilikka oid dastgohda ishlangan. Ularning ayrimlari geometrik yoki uslubiylashtirilgan bezaklar bilan bezatilib, bu davrning bronza idishlariga yaqin bo’lgan. Chjou davlati davridan badiiy ahamiyati jihatidan pastroq bo’lgan kulrang loydan ishlangan buyumlar saqlanib qolgan. Ularning ayrimlari geometrik shakllar bilan bezatilib loy yumshoqligi paytida mato bo’laklari yoki to’qilgan buyum yordamida izi tushurilgan. Boshqa ishlarda esa bronza buyumlariga taqlid yaqqol namoyon bo’lgan. Bu davrga oid yana bir shakl saqlanib, u bronza buyumlarini tayyorlashda qo’llanilgan - uch oyoqli idish "li" bo’lib unda ovqat tayyorlashgan.Xan sulolasi boshlanishida yuqori madaniyat davrini kuzatamiz. Kulolchilikda u sirlashni qo’llanganligi bilan mashhurdir. Bu madaniyatni xitoyliklar klassik deb nomlashadi va ikkita sulolaga bo’lishadi: harbiy Xan (Chan'an poytaxti bilan) er.av. 206 yildan eramizning 8 yiligacha, Van Man xukmronligi egallagandan so’ng - Sharqiy Xan (Loyan poytaxti bilan eramizning 25 yildan 220 yiligacha). Bu davrda Shimoliy Koreya va Tonkin egallab Rim imperiyasi bilan dengiz yo’li orhali aloqa boshlangan edi. Xan kulolchiligi - bu faqatgina bo’yalgan loy idishi emas, balki buyum sirlangan qo’rhoshinli qorishma bilan qoplanib mis eritmasi bilan bo’yalgan va go’zal yashil rangga erishilgan. Bu davrga xos idishlar shakllarining yuqori qismi yengil relefli frizlar bilan bezatilib, dinamik chizmalar mavjud bo’lgan. Xan sopol buyumlarida sirlangan buyumlar ko’p uchraydi. qabrlarga me'moriy bezak elementlari va haykalchalar qo’shib ko’milgan. Me'moriy elementlar orasida shtamp orqali bajarilgan geometrik yoki o’simliksimon shaklda ishlangan hayvonlarning ramziy tasviri ishlangan. Terrakotadan ishlangan figurachalar odamlar, hayvonlar, buyumlar o’rniga ishlangan kichik "modellar" bo’lib, haykalchalar mayidga u dunyoda ham bu dunyodagi kabi xursandchiliklar keltirsin degan maqsadda xizmat qilishlari uchun mayid bilan qo’shib ko’milgan. Bu kabi turli haykalchalar ko’rinishlari (minora, uy, quduqlarni) tasvirlab, Xan sulola me'morchiligi haqida kerakli ma'lumotlar beradi. Turli hayvonlardan otlar, itlar, o’rdak va boshqa qushlar juda aniqlik va jonli tasvirlangan. Odam figuralari orasidan birlari mag’rur bo’lsa boshqalari harakatga boy o’yinchilar, akrobatlar bo’lib o’likni xursand qilish uchun ishlangan. Bu kichikkina dunyocha bizning ko’z oldimizda birinchi Xitoy imperiyasi haqida ma'lumot beradi. Bundan so’ng to’rt yuz yillar davom etgan bo’linishlar urushlar davri boshlanadi va bu davr haqida juda kam ma'lumotlar beradi. Bu davrda "yue" kulolchiligi paydo bo’lib, protoforfor bo’lishi mumkin. Topilgan yashil va jigarrang sirlangan buyumlar Xan davriga oid bo’lishi ham mumkin. Sianda olib borilgan qazilma ishlarida imperator qabridan topilgan oh chinnidan ishlangan birinchi buyumlar 608 yilga oid. Tan davri xorijiy davlatlar bilan aloqalar rivoji va san'atdagi kosmopolitikligi bilan belgilanadi. Kulolchilikda Reya (Eron) Samarra (Messopotamiya) va Fustat (Misr) da topilgan Tan idishlari orqali boshqa davlat ta'sirlari sezilgan. Bu davrda sirlangan "san-soy" buyumlari uch xil - sariq, yashil va ko’k rangli naqshlar oq fonda marmarga o’xshash jigarrrang ornamentli buyumlar ajralib turgan. Bu davrda oq xiraroq chinni paydo bo’lgan. Bu chinni va zaytun rangi Sichtoudan topilib, ko’prangli buyumlarning mashhurligidan dalolat beradi. Bu davrda ham ko’mish uchun ishlagan figuralar yosh chiroyli musiqachi va raqqosa ayollarni tasvirlab, keyingi asrlarda bunga o’xshash haykalchalar ko’p ishlangan.Sun davri adabiyot, rangtasvir va kitob bosmasi bilan boshlanadi hamda kulolchilik san'ati ham muhim joy egallaydi. Bu davrda turli va oliy navli sopol ishlab chiqarish va ularning markazlari qisman aniqlandi. Bir rangli buyumlarga qiziqish ortadi. Rassomlar va bilimdonlar plastikani va sifatni baholashdi natijada ornament o’z ahamiyatini yo’qotdi. Konturlar oddiylashdi, ranglar mayinlashdi. Bir buyumni o’zidayoq rang to’qlikdan ochlikka o’tishi kuzatiladi. Din pechlari buyumlari oq emal bilan qoplanib, fil suyagi rangini beradi, Lunsyuandagi yashilsimon "seladon" larni misol qilish mumkin.Xitoyda Min sulolasi xukmronligi (1368-1644) davrida kulolchilikning uyg’onishi yuz beradi. Me'morchilikda sirlangan g’ishtlar va cherepisaalr qo’llanildi, chinni juda ko’p ishlab chiqarildi. Szindechjenda kaolin makoni ochilishi bois imperator manufakturasi vujudga keldi. Eslatish joizki, chinni ikkita qorishmadan ya'ni Petunszedan - u yuhori temperaturada eriydigan va olovga chidamli kaolindan tayyorlanadi va u buyumni oppoq etib ko’rsatadi. Ularning birlashuvi 1300 temperaturada yuz beradi. Texnik yangiliklar Min davri oq shaffof chinni ishlab chihishni kiritdi. Monoxromlik o’rniga rango ranglik egalladi.Manchjur sulolasi Sin davrida kulolchilik tarixida Kansi (1662-1722), Yun-chjen (1723-1736) va Syan - Lun (1736-1796) hukmronligida keng yoyildi. Szindechjenda uch ming dona pech bo’lib mahsulot yuz minglab ishlab chiqarildi. Fransiyaning birgina Lorian shahrida 1723 yili 350.000 ga yaqin mahsulot sotilgan. Bu davr XVIII asr mashhur kuloli Tan Inning faoliyati bilan bog’liq. Bu davrda kobalt asosda sapfir - ko’k mahsulotlari ishlab chiqarish yuqori cho’qqiga erishdi. Eksport uchun mo’ljallangan chinnidan tayyorlangan "tuxum po’stlog’i" idishlarini eslatib o’tish joiz - bu texnik mukammallik va noziklik namunasidir. Dunyoga shuncha durdonalar berib, Xitoy chinnisi o’z yo’lida goh cho’qqiga erishdi goh sinib keldi.


Download 11,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish