Oksidlanish reaksiyasi (Vagner reksiyasi)
Odatda, KMnO4 ning neytral muhitdagi yoki ishqoriy eritmasida foydalanish mumkin.
Reaksiya natijasida qo’sh bog’ uzilib, alken tarkibiga ikkita gidroksil guruhi kiritiladi:
3 CH2=CH2 + KMnO4 + 4H2O → 3 HOCH2-CH2OH +2MnO2 + 2KOH
Kaliy permanganatining kislotali eritmasi ta’sir ettirilganda alkn tarkibidagi qo’sh bog’ning uzilishi hisobidan karbon kislota yoki kislota va ketonlar olinadi:
H3C-C-CH=CH-CH2-CH3 + KMnO4 + H+ → H3C-C-CH3 + C2H5COOH
CH3 O
Polimerlanish reaksiyasi. Yuqori harorat va bosim ostida, kislorod ishtirokida etilen polimerlanadi:
nCH2=CH2 → -(CH2 - CH2 )n-
Hosil bo’lgan yuqori molekulyar brikma – polimer, reaksiya uchun olingan oddiy etilen esa monomer deyiladi.
Mana shu tarzda o`quvchi belgilariga qarab, uning bilimi to`g`risida xulosa qilib, unga yana qanaqa ma`lumotlarni o`rgatish kerakligi bo`yicha tasavvurga ega bo’lamiz.
So’ng, talabalarga mavzuni o’zida to’liq mujassamlashtirgan KLASTER metodi orqali tayyorlangan slaydni proyektorda doskaga tashlab mavzu to’liq yoritilib beriladi. Bu o’qituvchining tezkorligiga va tushuntirish mahoratiga qarab tahminan 30 minut vaqt davom etadi. Asosan quyidagicha KLASTER tuzish mumkin:
1-klaster
Ikkinchi bоsqich – o`rganilgan matеrialni mustahkamlash. Bu bosqichda o’qituvchi o’quvchilarning oldingi va bugungi egallagan bilimlarini mustahkamlash uchun asosan grafik organayzerlarning ikkinchi tur metodlaridan foydalanishi mumkin. Masalan, Venn diagrammasidan, bunda o’qituvchi dastlab Venn diagrammasi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tadi, keyin doskaga bir-birini kesib o’tgan ikkita aylana chizadi, ularning birinchisiga ETILEN va ikkinchisiga esa BENZOL so’zlarini yozadi va bu diagrammalarni to’ldirishda o’quvchilarga bugun o’zlashtirgan va oldin Arenlar mavzusida o’zlashtirgan bilimlaridan foydalanishini aytib o’tadi. O’quvchilar ularning o’zaro farqini yozishlari kerak, so’ng ikkita aylanani tutashtiruvchi uchinchi aylanani chizib, bunga umumlashtiruvchi tomonlarini yozishlarini aytadi. Diagramma quyidagicha shaklda to’ldirilgan bo’lsa to’g’ri hisoblanadi:
3-venn diagramma
Diagrammani to’ldirish uchun 15 minut vaqt beriladi, vaqt tugagach o’qituvchi o’quvchilar to’ldirgan diagrammalarni doskada tekshiradi.
Bu metodni qo’llash orqali nafaqat bugungi mavzu, balki o’quvchilar o’tgan yili o’tilgan ARENLAR mavzusini ham yodlariga tushirib mustahkamlaydilar.
Dars davomida qo’shimcha ravishda TOIFALASH jadvalidan ham foydalanish mumkin, bunga ham 15 minut vaqt ajratiladi. U quyidagicha amalga oshiriladi: o’qituvchi doskaga alkenlarning turli xil nomenklaturalardagi nomlarini yozib chiqadi va o’quvchilarga ularni jadvalga toifalab joylashtirishlarini buyuradi. Masalan,