O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON PEDAGOGIKA INSTITUTI
“Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi 4-kurs ______-guruh talabasi
_______________________________________ning
“Kimyo o’qitish metodikasi” fanidan
“Alkenlar mavzusini o’qitishda ,,Pinbord” metodidan foydalanish” mavzusidagi
KURS ISHI
Qabul qildi:
Farg’ona-2021
Mundarija.
KIRISH……………………………………………………………………….... 3
1-BOB Asosiy qism………………………………………………………..……..7
1.1 Ilg’оr pеdagоgik tехnоlоgiyalarning nazariy va pеdagоgik asоslari…..….. 7
1.2 Asоsiy pеdagоgik texnologiya usullari......................................................... 14
2-BOB. “Alkenlar” mavzusini o’qitishda Pinbord organayzerlardan foydalaninsh bo’yicha metodik tavsiyalar va ishlanmalar…………………………………… 18
2.2. Pinbord organayzerlarning “Alkenlar” mavzusini o’qitishdagi effektivligini o’rganish……………………………..………………………………………….. 40
ХULОSALAR………………………………………………………………….. 42
FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI……………………….….. 43
Kirish.
Hozirgi ilm-fan, texnika, sanoat jadal rivojlanayotgan bir paytda ta`lim jarayonida ta`lim mazmuning yangi loyihasi ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo`llash zarurati vujudga keldi. Ta`lim jarayoniga o`qitishning yangi texnika vositalari, eng so`nggi kompyuterlar, axborotlarning kirib kelishi nafaqat ta`lim oluvchilar, balki ta`lim beruvchilarning ham o`z ustida muntazam ishlashi, pedagogik bilim saviyasi, malaka va ko`nikmalarini doimiy ravishda oshirib borishi zarurligini ko`rsatmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifalaridan biri ta`lim jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni olib kirishdan iborat.
Har bir dars o`quvchilarning bilimga qiziqishlarini va mustaqil ravishda ishlash ko`nikmalarini rivojlantirishga yordam berishi uchun yangi pеdagоgik tехnоlоgiyalardan foydalangan holda – o`qitish samaradorligini va ish sifatini to`xtovsiz oshirish hozirgi kunning dоlzarb vazifalaridan biri hisоblanadi.
Ta’lim tехnоlоgiyalarini ishlab chiqish va kimyo fani bo`yicha mashg’ulоtlarda yangi pеdagоgik tехnоlоgiyalarni qo`llash dоlzarb ilmiy muammо sifatida maхsus tadqiqоtlar оlib bоrishni ko`zda tutadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi organik kimyo fanining alkenlar mavzusini o’qitishda grafik organayzerlarning usul va vositalaridan foydalanishga bag’ishlangan bo’lib, shu bo’yicha qilingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari, dars ishlanmalari va tavsiyalar keltirilgan.
O’quvchilar, talabalar ongida grafik organayzerlarning usul va vositalarini qo’llagan holda alkenlar bilan bog’liq tushunchalar, atamalar, qonunlar, nazariyalarni shakllantirish va rivojlantirish orqali organik kimyoga oid bilimlarni puxta o’zlashtirish va ulardan amaliyotda foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirishning ilmiy-metodik asosini yaratishdan iboratdir.
Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilarida alkenlar mavzusiga oid tushunchalarni grafik organayzerlarning usul va vositalarini qo’llagan holda shakllantirish va rivojlantirish hisoblanadi.
Kimyo o’quv qursi, [organik kimyo o`quv fanining mazmuni, o`qitish mеtоdlari, vоsitalari va shakllari].
Organik kimyoning alkenlar mavzusidan talabalar (o’quvchilar) chuqur va atroflicha puxta bilimlarga ega bo’ladilar, qachonki:
alkenlarning tabiatda uchrashi, olinishi, izomeriyasi va nomenklaturasi, fizik-kimyoviy xossalari, ishlatilishi tarzida ajratilib o’rgatilsa;
dars jarayonida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, mantiqiy tafakkurlarini rivojlantira borish ko’zda tutilsa;
alkenlar mavzusini o’rganish mobaynida grafik organayzerlarning usul va vositalaridan keng foydalanilsa;
mavzu bo’yicha berilgan kimyoviy tayanch atamalar, ularning lug’aviy ma’nosi, mazmuni sinf taxtasiga yozib va tushuntirib borilsa.
Tadqiqot olib borishdan ko’zlangan maqsad uni hal etish bilan bog’liq ilmiy farazlar tubandagi vazifalarni hal etishni taqozo etadi:
Alkenlar mavzusini o’qitishda grafik organayzerlarning usul va vositalarini qo’llangan dars ishlanmalarini qilish.
Organik kimyoning “Alkenlar” mavzusiga oid tushunchalarni shakllantirish, darslarni o’tish uchun dars ishlanmalarini yaratish.
Alkenlar mavzusini o’tish bo’yicha darslarni o’tishni sistemalashtirish.
Alkenlar mavzusi bo’yicha talaba(o’quvchi)larning o’zlashtirish ko’rsatkichini aniqlash uchun test materiallarini tuzish va maxsus programmaga o’tkazish.
O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Respublika prezidenti I.A.Karimovning yoshlarga ta’lim-tarbiya berish xaqidagi bildirilgan fikr mulohazalari, farmoyishlari, Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, darsliklar, taniqli pedagoglar, metodistlarning ilmiy tushunchalarni shakllantirishga oid asarlari hisoblanadi.
Organik kimyo fanining “Alkenlar” mavzusini o’qitishda grafik organayzerlarning usul va vositalaridan foydalanish bo’yicha qilingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari, dars ishlanmalari va tavsiyalar keltirilgan.
Talabalar bilimini odilona baholash bo’yicha dasturlashtirilgan programma bo’yicha “Alkenlar” mavzusiga oid testlar yaratilgan.
Yangi pedagogik texnologiyalar bo’yicha darslik, qo’llanma, maxsus adabiyotlar, maqola va tezisdagi adabiyotlarning tahlil natijalari:
grafik organayzerlarning usul va vositalari qo’llanilgan “Alkenlar” mavzusiga oid dars ishlanmalari va tavsiyalar;
O’quvchilar bilimini baholash uchun tuzilgan test savollari va ularning kompyuter programmasi dasturiga kiritilgan “Alkenlar” mavzusiga oid sinama test savollari to’plami.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adaniyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Uning umumiy hajmi 43 bet. Unda foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |