1.4.Dori vositalarining organizmdan chiqarilish yo‘llari.
Dori vositalari, ularning metabolitlari va kon’yugatlari organizmdan
quyidagi yo‘llar orqali ajratiladi: buyraklar orqali; o‘t orqali; ichak orqali; bezlar
orqali (so‘lak bezlari, me’da bezlari, ichak bezlari, ko‘z yosh bezlari, ter bezlari,
emizikli davrda sut bezlari); o‘pka orqali (gazsimon vositalar, ingalyatsion
narkoz
vositalari,
etil
spirti
va
Buyraklar orqali qon zardobi erigan, undagi oqsillar bilan birikmagan past
moleklyar birikmalar nefronning kapillyarlari membranasi orqali filrlanadi.
Bundan tashqari, Dori vositalarining buyrak proksimal kanalchalarida transport
tizimlari ishtirokida aktiv sekretsiya usuli bilan chiqarilishi ham muhim o‘rin
egallaydi. Ayrim lipofil birikmalar qon tomirlar devori orqali oddiy diffuziya
Dori vositasi
Klyukuron kislotasi bilan
sulfat kislotasi bilan
aminokislotalar bilan
glutation bilan bog’lanish
metillanish bilan
atsetillanish orqali
Konyugatsiya
Metabolik
transformatsiya
Oksidlanish
Qaytarilish
Gidroliz
Metabolitlar
va konyugatlar
Ekskretsiya
Qaytarilish
Levomitsetin
Gidroliz
Novokain
Paraaminobenzoy kislotasi
146
usuli yordamida buyrakning proksimal hamda distal kanalchalariga o‘tishi
mumkin.
Dori
vositalarining
chiqarilishi
ularning
buyrak
kanalchalaridagi
reabsorbsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Biologik membranalar orqali oson
o‘ta oladigan lipofil qutbsiz (nopolyar) birikmalarning reabsorsiyasi asosan
oddiy diffuziya usuli orqali amalga oshiriladi. Qutbli (polyar) birikmalar esa
buyrak kanalchalarida yomon reabsorbsiyalanadilar. Shuning uchun ham
kuchsiz kislota va asoslarning chiqarilishida siydikning pH muhiti katta
ahamiyat
kasb
etadi.
Bulardan
tashqari,
ayrim
endogen
moddalar
(aminokislotalar, glyukoza, uratkislotasi) ning reabsobsiyasida aktiv transport
usuli ham ishtirok etadi. Qator dori vositalari va ularning parchalanish
mahsulotlari ko‘pincha o‘t orqali ichakka ajratiladi. Ularning bir qismi ichak
orqali chiqarib yuboriladi, bir qismi esa ichakdan qayta so‘rilib, yana ta’sir
ko‘rsatishi mumkin va keyin yana ichakka tushib (jigar-ichak bo‘ylab aylanma
harakat) chiqarib yuboriladi. Ayrim Dori vositalari so‘lak bezlari, ko‘z yosh
bezlari, ter bezlari, me’da va ichak bezlari va Shuningdek, emizikli davrda sut
bezlari orqali ham ajratilishi mumkin. Gazsimon va uchuvchan vositalar asosan
o‘pka orqali chiqarib yuboriladi. Bunga etil spirti va ingalyatsion narkoz
vositalarini misol qilib keltirish mumkin.
Moddalarning organizmdan chiqarilish tezligiga xolisona baho berish
uchun ularning “yarim chiqarilish davri” – t
1/2
ham katta ahamiyatga ega bo‘lib,
u Moddalarning qon plazmasidagi konsentratsiyasining 50 foizga kamayishi
uchun zarur bo‘lgan vaqt orqali ifodalanadi:
Mazkur parametr Moddalarning dozalarini va dori vositalarning qondagi
konsentratsiyasini bir xilda ushlab turish maqsadida ularning kiritish oraliqlarini
tanlash uchun ishlatiladi.
- 147 -
Do'stlaringiz bilan baham: |