- 149 -
Umumiy klirensning miqdori taqsimlanish hajmi (V
d
), “yarim
chiqarilish
davri” (t
1/2
) va eliminatsiya tezligi konstantasi (C
elim
) kabi parametrlar bilan
chambarchas bog‘liq holda aniqlanadi. Buyrak klirensi filtratsiya, sekretsiya va
reabsorbsiya jarayonlariga bog‘liq. Buyrak klirensi to‘g‘risida moddaning qon
plazmasidagi va siydikdagi konsentratsiyasini o‘zaro
taqqoslash orqali xulosa
qilish mumkin.
Jigar klirensi esa Moddalarning gepatotsitlar yordamida ushlab olinishiga
va biotransformatsiya qilinishiga hamda dori vositalarning o‘t yo‘llari orqali
sekretsiya qilinishiga bog‘liq.
2.Dori vositalarining farmakodinamik parametrlari
2.1.Dori vositalarining ta’sir mexanizmi va lokalizatsiyasi. Ta’sir
turlari.
Farmakodinamikaning asosiy maqsadi – u yoki bu ta’sir samarasini keltirib
chiqaruvchi Dori vositasining qaerga va qanday qilib ta’sir ko‘rsatishini
aniqlashdan iborat. Zamonaviy tibbiyotning
kundan-kunga takomillashib
borayotganligi tufayli mazkur masalani hal etish faqat tizimlar yoki a’zolar
faoliyati orqali emas, balki hujayra,
hujayra osti, molekulyar va molekula osti
darajalar orqali hal etilmoqda. Bunda asosiy e’tibor Dori vositasining
organizmdagi ma’lum biologik substratlar hisoblanuvchi “nishon” hujayralar
bilan o‘zaro ta’sirlashishiga qaratiladi. Dori vositalari uchun “nishon”
sifatida
retseptorlar, ion kanallari, fermentlar, transport tizimi
va genlar xizmat qilishi
mumkin.
Moddalarning o‘zaro ta’sirlaShuvchi substratlari makro molekulalarining
faol guruhchalariga
retseptorlar
deyiladi. Hozirda ularning 4 turi mavjud.
- 150 -
I. Ion kanallari faoliyatining bevosita nazoratini amalga oshiruvchi
retseptorlar. Bularga misol
qilib n-xolinoretseptorlarni, GAMK
A
-retseptorlarni,
glutamat retseptorlarini keltirib o‘tish mumkin.
II. “G-oqsillar – ikkilamchi o‘tkazgichlar ” yoki “ G-oqsillar – ion
kanallari” tizimlari orqali effektor hujayra bilan birikuvchi retseptorlar.
Bunday
retseptorlar ko‘pchilik gormonlarda hamda mediatorlarda (m-xolinoretseptorlar,
adrenoretseptorlar va b.) mavjud.
III. Effektor ferment faolligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiruvchi
retseptorlar
.
Ular bevosita tirozinkinaza bilan bog‘langan holda oqsillarning
fosforlanishini boshqaradi. Insulin hamda o‘sishning qator omillari retseptorlari
mazkur tipda tuzilgan.
IV. DNKning transkripsiyasini boshqaruvchi retseptorlar.
I-III turdagi
membrana retseptorlaridan farqli ravishda ular hujayra ichi (eruvchan
sitozoldagi yoki oqsillar yadrolaridagi) retseptorlaridir. Bunday retseptorlar
bilan steroid va tireoid gormonlar o‘zaro ta’sirlashadilar.
Keyingi yillarda har bir turdagi retseptorlarning yana mayda turchalarining
aniqlanishi va o‘rganilishi farmakologiyaning rivojlanishida juda katta
yutuqlarga turki bo‘lmoqda. Masalan, M-xolinoretseptorlar (m
1
, m
2
-, m
3
-
xolinoretseptorlar), adrenoretseptorlar (α-, β-,
presinaptik va postsinaptik
adrenoretseptorlar), gistaminga sezgir bo‘lgan N-retseptorlar (N
1
-, N
2
-, N
3
-
vaN
4
-) va hakozo. Dori moddasining retseptorga o‘xshashligi natijasida
“modda-retseptor” kompleksi hosil bo‘lishi “affinitet”
2
atamasi bilan belgilanadi.
Bunda moddaning retseptor bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida uning
kuchayishi yuzaga chiqadi va u yoki bu samarani chaqiradi, bu samara esa
ichki
faollik
deyiladi.
Spetsifik retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashganda
ularda biologik samara
keltirib chiqaruvchi o‘zgarishlarga olib keluvchi moddalarni
Do'stlaringiz bilan baham: