- 349 -
6.4-Rasm. Antidepressantlarning asosiy ta’sir yo`nalishlari
I m i z i n
-
Uning
kuchli antidepressant xossasi, kuchsiz sedativ ta’siri
bilan mujassamlangan. Ba’zi holatlarda dori vosita ta’sirida psixostimulyatorlik
xossasi ham namoyon bo‘ladi (ya’ni qo‘zg‘alish, kayf, uyqusizlik). Ta’sir
mexanizmi noradrenalin va serotoninni neyronal qayta so‘rishini kamayishi va
Shu tufayli tegishli retseptorlar oldida monoaminlarning to‘planishi va ularning
ta’sirini kuchaytirishi bilan bog‘liq, deb hisoblanadi.
Serotonning limbik
sistemaga susaytiruvchi ta’sirining kuchayishida, imizinning ta’siri
katta
ahamiyatga ega. Shuningdek, preparat presinaptik α
2
-retseptorlarni (bunda
noradrenalin ajralishi oshadi), serotonin (5HT
1A-1D
)
va gistamin retseptorlarini
bloklaydi. Bu dori vositaning psixotrop ta’sir etishida,
uning M-
xolinoblokatorlik xossasi ham ahamiyatlidir. Markaziy ta’siri bilan birga Imizin
ayrim
periferik
m-xolinoblokatorlik(atropinsimon),α
1
-adrenoblokatorlik
spazmolitik va yorqin antigistamin effektlarga ega. Depressiyalarda imizinning
shifo ta’siri asta sekin yuzaga chiqadi (2-3 hafta). Periferik M-xolinoblokatorlik
xossasi ko‘pgina noxush ta’sirini rivojlanishiga olib keladi (og‘iz qurish,