- 184 -
O‘tkazuvchi anesteziyaning o‘ziga
xos turlari sifatida
orqa miya
anesteziyasi
(bunda anestetik eritmasi subaraxnoidal kiritiladi) va
epidural yoki
peridural anesteziya
(bunda anestetik eritmasi orqa miya qattiq pardasi oldidagi
bo‘shliqqa kiritiladi) tafovut qilinadi. Anesteziyaning ushbu turlarida anestetik
orqa miya kulrang moddasining oldingi yoki orqa shoxlariga ta’sir qiladi.
Amaliy tibbiyotda qo‘llanilishi bo‘yicha mahalliy anestetiklarni quyidagi
guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Yuza yoki terminal anesteziyada qo‘llaniladigan vositalar:
Kokain
Dikain
Anestezin
Piromekain
2. Infiltratsion va o‘tkazuvchi anesteziyada qo‘llaniladigan vositalar
Novokain
Bupivakain
3. Anesteziyaning barcha turlarida qo‘llaniladigan vositalar
Lidokain
Trimekain
Ayrim dori vositalarning faqat
yuza anesteziyasida
qo‘llanilishining
asosiy
sababi shundaki, ular yoki suvda yomon eriydi (anestezin), yoki o‘ta kuchli
zaharlilikka ega (kokain, dikain).
Tibbiyot amaliyotida birinchi marta qo‘llanilgan mahalliy anestetik –
k o k a i n bo‘lib, u Janubiy Amerikada o‘sadigan Erythroxylon coca
o‘simligidan olinadigan
a l k a l o i d
31
hisoblanadi. Shuningdek, uni ekgonindan
yarim sintetik usul bilan ham ajratib olinadi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha
benzoy
kislotasi
va
metil
ekgoninning
murakkab
efiri
31
Arabchadan
al-qili
– ishqor,
yunonchadan
eidos
– tur. Alkaloidlar – asosan
o‘simliklarda saqlanadigan azotli organic birikmalardir. Erkin alkaloidlar asos bo‘lib
hisoblanadilar. O‘simliklarda ular tuzlar ko‘rinishida saqlanadi. Ko‘pchilik alkaloidlar juda
yuqоri faollik namoyon qiladi (masalan, morfin, atropin, nikotin, pilokarpin va b.).
- 185 -
hisoblanadi.
ekgoninning murakkab efiri hisoblanadi. O‘ta kuchli anesteziyalovchi
xossaga ega, bu xossasi bo‘yicha novokaindan bir necha marta ustun(1.1.
jadval), ammo yuqori zaharlilikka ega bo‘lganligi
tufayli u faqat yuza
anesteziyasida qo‘llaniladi. Hatto, bunda ham o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash
kerak, chunki u shilliq qavatlardan oson so‘rilib, ko‘pchilik nojo‘ya ta’sirlar va
hatto o‘tkirzaharlanish keltirib chiqarishi mumkin. Kokainni uning gidroxloridi
sifatida asosan ko‘z amaliyotida ko‘zga tomizish uchun ishlatiladi.
Bunda u ko‘z oq pardasi qon tomirlarini toraytiradi, qorachiqni esa
kengaytiradi, tahminan 1 soatgacha davom etadigan anesteziya chaqiradi.
Odatda ko‘z ichki bosimi pasayadi. Ammo, ba’zi bemorlarda ko‘z ichki
bosimini oshirishi ehtimoli ham mavjud (aftidan, ko‘z ichki suyuqligining oqib
chiqib ketishini qiyinlashtirishi hisobiga bo‘lsa kerak).
- 186 -
Uni davomli qo‘llash oqibatida ko‘z muguz
pardasi epiteliysiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi va buning natijasida epiteliyning ko‘chib tushishi hamda yara
paydo bo‘lishi kuzatilishi mumkin. Agarda kokain shilliq qavatlar orqali so‘rilib,
rezorbtiv ta’sir ko‘satadigan bo‘lsa, unda asosan MNSning qo‘zg‘alishi yuzaga
chiqadi. Dastlab bosh miyaning po‘stloq qismi funksional holatining o‘zgarishi
kuzatiladi. Bunda eyforiya
32
, bezovtalanish, psixomotor qo‘zg‘alishlar,
charchash va och qolish sezgilarining yo‘qolishi,
gallyutsinatsiyalar
33
paydo
bo`lishi kuzatiladi. Agarda kokainning dozasi o‘ta yuqori bo‘lsa, u holda MNS
tomonidan kuchayish o‘rniga susayish yuzaga keladi. Uzunchoq miyadagi hayot
uchun zarur bo‘lgan markazlar (birinchi navbatda nafas markazi) faoliyatining
keskin susayishi natijasida o‘lim kelib chiqadi.
Kokainning adrenergik innervatsiyaga ta’siri o‘ziga xosdir. U adrenergik
innervatsiyaning qo‘zg‘atuvchi samaralarini oshiradi,
shuningdek, ayrim
adrenomimetiklarning
ta’sirini
potensirlaydi,chunki
kokain
neyronal
katexolaminlarni adrenergik nerv tolalarida ushlab turilishini buzadi.Bunga
sabab qon tomirlarni qisqartirib , arterial bosimni oshiradi(qon tomir tonisini
32
Yunonch adan
Do'stlaringiz bilan baham: