O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Anesteziyalovchi vositalar (mahalliy anestetiklar)



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Anesteziyalovchi vositalar (mahalliy anestetiklar): 
Anesteziyalovchi vositalar mahalliy sezuvchanlikni bartaraf etadilar. 
Mazkur guruh vositalari birinchi navbatda og‘riq sezgisini bartaraf etganliklari 
uchun ham ular, asosan, mahalliy og‘riqni qoldirish (anesteziya) maqsadida 
qo‘llaniladi. Anesteziyaning chuqurlashib borishi natijasida sezuvchanlikning 
haroratni sezish va boshqa turlari ham asta-sekinlik bilan yo‘qolib boradi va 
oxirgi o‘rinda taktil va bosimni sezuvchi sezgilar yo‘qoladi.
Afferent nerv tolalari oxirlariga va nerv tolalariga ta’sir etish orqali ular 
qo‘zg‘alish impulslarining o‘tkazilishiga va tarqalishiga to‘sqinlik qiladilar. 
Ularning ta’sir mexanizmi asosan potensialga bog‘liq bo‘lgan natriy kanallarini 
bloklashlari orqali yuzaga chiqadi(1.1-rasm). 
Buning natijasida esa ular harakat potensialining paydo bo‘lishiga va uning 
tarqalishiga to‘sqinlik qiladilar. Gidrofob (ionizatsiyalanmagan) birikmalar 
akson membranasi orqali o‘tib, natriy kanallarini ichki tomonidan bloklaydilar.
Gidrofil (ionizatsiyalangan) birikmalar esa ochiq natriy kanallari orqali 
o‘tib, bir muncha bloklovchi ta’sir ko‘rsatadilar. Shuning uchun ham kuchsiz 
asoslar hisoblanuvchi barcha anestetiklarning faolligi dori vositalarning 
30
Yunonchadan 
anaesthesia
– beparvo, loqayd, sezmaslik (
an
– inkorqilish, 
aesthesi
s – 
sezuvchanlik) 


- 182 -
ionizatsiyalangan va ionizatsiyalanmagan qismlari mutanosibligini belgilovchi 
pH muhitga bog‘liq. 
5.1-rasm.
Anestetiklarning nerv tolasi bo‘ylab qo‘zg‘alishlarning o‘tishiga 
ta’siri
A – anestetik qo‘llanilishidan oldingi holat;
B – anestetik qo‘llanilganidan keyingi holat. 
Masalan, turli yallig‘lanish jarayonlarida pH muhitning past bo‘lishi 
(kislotali muhit) sababli anestetiklarning faolligi pasayadi, chunki bunda 
ularning ionizatsiyalanmagan qismlari konsentratsiyasi kamayadi. 
Mahalliy anestetiklarga qo‘yiladigan talablar: 
1) yuqori darajadagi tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lishi; 

Akson membranasi 
Anestetik molekula 
Qo’zg’alish o’tishining to’silishi 
Qo’zg’alishning tarqalishi 
Akson


- 183 -
2) nerv tolalariga ham, ularning atrofidagi to‘qimalarga ham noxush ta’sir 
ko‘rsatmasligi (ta’sirlantirmasligi); 
3) latent (yashirin) davrining qisqa bo‘lishi; 
4) anesteziyaning har xil turlarida ham yuqori faollikka ega bo‘lishi; 
5) yetarli darajadagi ta’sir davomiyligiga ega bo‘lishi; 
6) qon tomirlarini toraytirishi yoki iloji boricha ularni kengaytirmasligi 
(agarda anestetik qon tomirlariga ta’sir qilmasa yoki ularni kengaytirsa, u holda 
unga adrenomimetik qo‘shib tavsiya qilini shilozim, chunki bunda qon 
tomirlarini toraytirib, anestetik ta’sir davomiyligining uzayishiga erishiladi); 
7) zaharliligining past bo‘lishi; 
8) nojo‘ya ta’sirlarining bo‘lmasligi yoki kam bo‘lishi; 
9) suvda yaxshi eruvchan bo‘lishi; 
10) saqlanganda va sterilizatsiyada buzilib ketmasligi; 
11) sanoatda olinishi yengil va oson bo‘lishi; 
12) narxining arzon bo‘lishi. 
Mahalliy anestetiklar anesteziyaning quyidagi turlarini yuzaga chiqarish 
maqsadida qo‘llaniladilar: 
– 
yuza
yoki 
terminal anesteziya
– bunda anestetik eritmasini shilliq 
qavatlarga tomizish hamda teriga, yaralar yuzasiga, jarohatlarga surtish yoki 
uning kukunini sepish uchun ishlatilganda shu joydagi sezuvchi nerv 
oxirlarining bloklanishi yuzaga chiqadi; 
– 
infiltratsion
yoki 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish