- 485 -
9.2.Me’da funksiyalarini buzilishida qo‘llanuvchi vositalar
Me’daning sekretor va motor funksiyalari adashgan nerv va MIT
gormonlari orqali boshqariladi. M-n: gastrin, gistamin. Adashgan nervni
qo‘zg‘atilsa, me’da sekretsiyasi kuchayadi. Ko‘pgina
organizmda hosil
bo‘luvchi moddalar (sekretin, xoletsistokinin–pankreozimin, prostaglandin E
2
,
ichak tomirlarini faollashtiruvchi peptid VIP va me’da sekretsiyasini
susaytiruvchi peptid GIP) aksincha me’da sekretsiyasini pasaytiradi. (VIP-
Vasoactive intestinal peptid), (GIP-Gastric inhibitory peptide)
Me’da shirasining ovqat hazm qilish xususiyatini keraklicha ta’minlash
uchun, me’da bezlariga farmakologik ta’sir ko‘rsatishi kerak.
Ushbu bezlarni
faolligi susayganda, kuchaytiruvchi vositalar yoki o‘rnini oluvchi vositalar
qo‘llashi kerak .Giperfunksiyasida esa, aksincha ingibitorlar qo‘llaniladi.
Gastrin, gistamin va ekstraktiv moddalar asosan tashxis qo‘yish
maqsadida qo‘llaniladi. Agar me’da sekretsiyasining
susayishi funksional
o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, ushbu vositalar me’da shirasini
ajralishini kuchaytiradilar, lekin organik jarohat tufayli bo‘lsa,
bunday
bo‘lmaydi. Tashxis uchun eng yaxshi vosita bo‘lib, gastrin hisoblanadi. U ovqat
qabul qilingandan keyin me’daning antral qismida hosil bo‘lib, qonga so‘riladi
va me’daning fundal qismidagi bezlarga ta’sir ko‘rsatib, ularda sekretsiya
jarayonini kuchaytiradi. Gastrin ta’sir kuchi bo‘yicha gistamindan ancha kuchli
bo‘lib, tanlab ta’sir etadi. Gastrin gistamin kabi HCl va pepsinogenni, Kaslning
ichki omilini ajralishini, hamda me’da osti bezi sekretsiyasi va o‘t hosil
bo‘lishini kuchaytiradi. Tibbiyot amaliyotida sintetik gastrin-pentagastrin
qo‘llaniladi. U 2 polipeptiddan iborat bo‘lib, har biri 5 ta aminokislotadan iborat,
gastrin molekulasi esa 17 aminokislotadan iborat.
Gistamin
– H
2
retseptorlarini qo‘zg‘atib, me’da shirasi va uning
javharliligini kuchli darajada oshiradi. Gistaminning ta’sir doirasi keng.
U qon
bosimini pasaytiradi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshiradi, bronxospazm
chaqiradi, ichak spazmiga olib keladi. Shu sababli gistaminni kiritishdan avval,
- 486 -
bemorlarga
antigistamin vosita beriladi, chunki ular gistaminning me’da
shirasiga ta’siridan boshqa o‘zgarishlarni bartaraf etadilar. CO
2
gazi bilan
gazlangan ma’danli suvlar ham me’da sekretsiyasini oshiradilar va ular davo
sifatida qo‘llaniladi. Me’da shirasini ishlab chiqarish
keskin kamaysa yoki
umuman ishlab chiqarilishi to‘xtasa, uning o‘rniga tabiiy me’da shirasi (Succus
gastricus naturalis), pepsin (Pepsin – 0.2-0.5 g), suyultirilgan xlorid kislotasini
(Acidum hydrochloridum dilutum) ishlatish mumkin. Tabuletta Acidum-pepsini
(1 qism pepsin va 4 qism atsidin–betain gidroxolidindan iborat bo‘lib, me’dada
gidrolizlanadi va erkin HCl hosil bo‘ladi). Tabobatda me’da shirasi, atsedin-
pepsin tabletkalari va pepsin asosan axiliya, gipoatsid holatlarda qo‘llaniladi .
Do'stlaringiz bilan baham: