- 483 -
kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki unda modda almashinuvi va yurak
tomir sistemasi buziladi. Semizlikni bartaraf etishning eng samarador usuli bu
ovqat iste’mol qilishni cheklashdir. Lekin buni amalga oshirishga ochlik hissi
to‘g‘onoq bo‘ladi. Ana o‘sha og‘ir kechuvchi ochlik hissini bartaraf etish uchun
anoreksigen vositalar qo‘llaniladi.
Fenamin
–
markaziy va periferik adrenomimetik xossasiga ega
bo‘lganligidan, to‘qlik markazini qo‘zg‘atib ochlik hissini susaytiradi.
Lekin
fenamin kuchli psixostimulyator bo‘lganligi sababli uyqusizlik, bezovtalanish,
taxikardiya va qon bosimini oshiradi. Bu bilan bir qatorda unga tobelik
rivojlanadi, chunki eyforiya chaqiradi. Shu sababdan bu dorini anoreksigen
vosita sifatida qo‘llash mumkin emas. Lekin fenaminning unumlari sintezlangan
bo‘lib, ular ko‘proq tanlab anoreksigen ta’sir ko‘rsatadilar.
Fepranon
– fenaminga nisbatan MNSga kuchsizroq ta’sir ko‘rsatadi
(qo‘zg‘atadi). Periferik adrenergik strukturalarga kamroq ta’sir etadi.
Qo‘llanilishi: alimentar semirish, adepozogenital distrofiya, gipoterioz va
boshqa turdagi semizliklarda. Fepranon bilan davolash quvvati past bo‘lgan
parxez va ochlik kunlarini o‘tkazish bilan birgalikda olib boriladi. Bemorlar
fepranonni yaxshi qabul qiladilar. Davolash 1,5-2 oy davom etadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: yuqori darajadagi xafaqon xastaligi
(GB), kuchli darajada miya va koronar
qon aylanishining buzilishi, miokard
infarkti, tireotoksikoz, glaukoma, gipofiz va buyrak usti bezining xavfli
o‘smalari, qandli diabet,
psixozlar, tutqanoq xastaligi, uyquning buzilishlari.
Fepranonni MAO ingibitrollari nialamid bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Dezopimon – fepranonga o‘xshash. Anoreksigen ta’siri MNS ni kuchli
qo‘zg‘atmay yuzaga chiqadi, qon bosimini kuchsiz darajada oshiradi.
Ko‘rsatmalar: fepranonnikiga o‘xshaydi.
Mazindol
–
fenamin kabi MNSni qo‘zg‘atadi. Undan 5-10 marta kuchli.
- 484 -
Ta’sir mexanizmi: adrenalin va noradrenalinni presinaptik membranadan
ajralishini oshiradi, ularni qayta neyronal shimilishini kamaytiradi. MITdan
triglitseridlarni so‘rilishini kamaytiradi,
ularni sintezini susaytiradi, xolesterin
miqdorini qonda kamaytiradi, o‘rtacha antidepressiv ta’sirga ega. Kam quvvat
parxezga rioya qilishni osonlashtiradi.
Noxush ta’siri: uyquni buzilishi, og‘iz qurishi, ko‘ngil aynash, qabziyat,
allergik reaksiyalar, asabiylashish.
Fenfluramin
– MNSga sedativ ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Qon
bosimini o‘zgartirmaydi.
Ta’sir mexanizmi: bosh miyada serotonin
miqdorini kamaytiradi, chunki
uni ajralishini oshiradi, qayta neyronal so‘rilishni kamaytiradi va almashinuvini
kuchaytiradi. Bundan tashqari fenfluramin dofamin retseptorlarini susaytiradi.
Dori vosita periferik to‘qimalarda glyukozani o‘zlashtirishini oshiradi,
triglitseridlarni MITdan so‘rilishini va ularni sintezini pasaytiradi. Lipolizni
kuchaytiradi.
Noxush ta’siri: doriga tobelik, uyquchanlik, depressiya, MITning
yallig‘lanishi. Katta dozalarda kayf beradi. Ba’zan doriga qaramlik rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: