Parkinsonizm qanday kasallik? Parkinson kasalligi nima?



Download 21,78 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi21,78 Kb.
#816493
Bog'liq
Parkinsonizm qanday kasallik


Parkinsonizm qanday kasallik?
Parkinson kasalligi nima?
— Zarifboy Rajapovich! Parkinsonizm o‘zi qanday kasallik? Nima uchun u “Parkinson kasalligi” deb ataladi?
— Keling men Sizga ushbu kasallikning tarixi haqida qisqacha so‘zlab beray. 1817 yili angliyalik vrach Jeyms Parkinson (1755-1824) “Titroq falajlik” deb nomlanmish kichik bir asar yozadi. Ushbu kitobchada u o‘sha davrgacha noma’lum bo‘lgan kasallik haqida so‘z yuritadi. Hamma gap shundaki, bu dardga uning o‘zi yo‘liqqan edi. U o‘zida kechayotgan kasallik belgilarini yon daftarchasiga yozib yuradi. Uning qo‘llari doimo titrar, boshi qaltirar va hali 60 yoshga ham yetmagan bo‘lsa-da, gavdasi bukchayib borayotgandi.

Parkinson tanasidagi barcha muskullari go‘yoki qotib borayotganini, bemalol qadam tashlab yura olmayotganidan aziyat chekardi. U yaqinlariga: “Bu qarilik emas, balki qandaydir bir kasallik” deydi siqilib. Hozirda har bir nevropatolog biladigan parkinsonizmning deyarli barcha belgilari o‘sha vaqtdayoq Parkinson tomonidan batafsil qilib yozib qoldirilgan. To‘g‘risini aytganda u yoza olmasdi, chunki ushbu kasallik uchun xos bo‘lgan fikrlar karaxtligi va muskullar qotishi bunga yo‘l qo‘ymasdi. Agar Parkinson ushbu kasallik bilan og‘rimaganida edi, balkim biz uning haqida hech narsani bilmagan bo‘lur edik. Chunki u ko‘zga tashlanadigan olim emas, balki oddiy vrach bo‘lgan. “Boshidan o‘tgan tabib” degan naqlni eshitsam, hayolimga Parkinson keladi.


Parkinsonizm faqat kattalarda uchraydimi?
— Zarifboy Rajapovich! Parkinson kasalligi faqat kattalarda uchraydimi?
— Jeyms Parkinson o‘zida bu kasallik belgilarini 50 yoshdan oshgandan so‘ng payqay boshlagan. Keyin uning o‘zi yana 6 nafar bemorda xuddi shunday kasallik alomatlarini kuzatadi. Ularning ham 50 yoshdan oshgan edi. Kasallikning kattalarda uchrashi Parkinson e’tiborini tortadi va u “ushbu kasallik 50 yoshdan oshganlarda uchraydi” deb yozadi. Shu bilan birga o‘zida va o‘zi kuzatuvga olgan bemorlarda bir xil alomatlarga, ya’ni qo‘llarning titrashi, mushaklar qotishi, harakatlarning sustlashib borishi va qadam tashlashning sekinlashuviga e’tibor qaratadi. Muskullar kuchi saqlanib qolgan bo‘lsa ham, titroqlar va muskullarning qotib qolishi sababli Parkinson bu kasallikka “Titroq falajlik” deb nom beradi.
Parkinson o‘limidan 50 yil o‘tgach, ya’ni 1874 yili mashxur fransuz nevrologi Jan Marten Sharko bu kasallikni chuqur o‘rganib, uning nomini o‘zgartiradi. Jarko shunday deb yozadi: “Biz ushbu kasallikni o‘zi shu darddan aziyat chekkan va uni batafsil yozib qoldirgan vrach nomi bilan ataymiz”. Barcha olimlar Sharkoning bu taklifini qo‘llab quvvatlashadi. O‘sha davrdan boshlab ushbu kasallik Parkinson kasalligi deb nomlanadi. Jaxon nevrologiyasi fani asoschisi J.M. Sharko ushbu kasallikdan o‘lgan bemorlarning bosh miyasini kesib o‘rganadi, biroq miya to‘qimalarida hech qanday patologik o‘zgarishlar topmaydi.
Parkinson kasalligi sabablari
— Parkinson kasalligining sabablari nima? Agar bosh miyada hech qanday o‘zgarishlar topilmagan bo‘lsa, nima uchun bu kasallik rivojlanadi?
— Parkinson kasalligidan o‘lgan bemorlarning bosh miyasini Sharko davridan (1880 yillardan) buyon olimlar kesib o‘rganib kelishgan. Biroq bosh miyada hech qanaqa o‘zgarishlar topishmagan. Bu mo‘jizadan olimlar albatta hayratda qolishadi: “nevrologik belgilar boru, biroq bosh miya esa o‘zgarmagan?!” Bu qanaqasi bo‘ldi? Balki kasallik nasliy xususiyatga egadir? Bu savol deyarli 80 yil mobaynida, ya’ni XX asrning 60-chi yillarigacha javobsiz qoladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Psixopat qanday odam?


Biroq men shu yerda bir narsani aytib o‘tishim kerak. 1918 yili Yevropada epidemik ensefalit (bosh miyaning kuchli yallig‘lanishi) bilan kasallanganlar soni juda ko‘payib ketadi. Vengriyalik olim Ekonomo ushbu kasallikning, ya’ni ensefalitning surunkali bosqichida Parkinson kasalligiga xos simptomlarni kuzatadi. Ensefalitdan o‘lgan bemorlarning bosh miyasi tekshirilganda bosh miyaning chuqur qismida patologik o‘zgarishlar topishadi. O‘sha davrdan boshlab Parkinson kasalligiga o‘xshab kechuvchi kasalliklarni parkinsonizm deb atay boshlashadi. O‘sha paytlari patomorfologik tekshiruvlar rivojlana boshlagan edi. Parkinsonizmdan o‘lgan bemorlarning bosh miyasi tekshirilganda bosh miyaning quyi qismida joylashgan qora modda xujayralari atrofiyasi aniqlanadi.


Parkinsonizm nasldan-naslga o‘tadimi?
— Parkinson kasalligining rivojlanishida nasliy omillarga katta urg‘u beriladi. Chunki kasallik nasldan-aslga dominant tipda uzatiladi. Bu kasallik to‘la ravishda farzandlarga o‘tadi, degani emas. Vaholanki, Parkinson kasalligining o‘zi emas, balki unga moyillik keyingi avlodlarga uzatiladi. Demak, ushbu kasallikka moyilligi bor odamlarda turli tashqi salbiy ta’sirlargina Parkinson kasalligini yuzaga keltirish mumkin.
Boks va parkinsonizm
— Bokschilarda ham parkinsonizm rivojlanadi deyishadi. Shu to‘g‘rimi? Boksning parkinsonizmga nima aloqasi bor?
— Albatta, boksning parkinsonizmga bevosita aloqasi yo‘q. Biz hammamiz mashxur bokschi Muxammad Alini yaxshi bilamiz. Unda bosh miyaga tekkan zarbalar keyinchalik parkinsonizm rivojlanishiga sababchi bo‘lgan. Umuman olganda, ko‘pchilik parkinsonizm kasalligini mashxur Muhammad Ali orqali biladi. Chunki uning parkinsonizm bilan kasallanganligi juda ko‘p sport ixlosmandlariga ma’lum. Boshga tekkan doimiy zarbalar miyaning chuqur tuzilmalari ezilishi va ularga nuqtali qon quyilishlarga sababchi bo‘ladi. Buning oqibatida inson harakati uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dofamin moddasini ishlab chiquvchi xujayralar soni kamaya boradi.
Bu esa parkinsonizm rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Men boks bilan shug‘ullanayotganlarni cho‘chitib ham qo‘ymoqchi emasman. Yuqorida aytib o‘tganimdek, parkinsonizmga moyilligi bor odamlarda tashqi ta’sirotlar ushbu kasallikning rivojlanishiga olib keladi. Mening fikrimcha, Muhammad Alida parkinsonizmga nasliy moyillik bo‘lgan. Chunki mashxur bokschilar juda ko‘p. Ular ham miyasiga ko‘p zarbalar olgan. Biroq yoshi o‘tgandan keyin ularda parkinsonizm rivojlanmagan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Masalan, og‘ir avtohalokatlar va h.k. Demak, bosh miya jarohati albatta parkinsonizm rivojlanishiga olib keladi, degan fikr noto‘g‘ri.
Zaharlanishlar parkinsonizmga olib keladimi?
— Asab sistemasi zaharlanishlari va infeksiyalari yoki har xil dorilarni ko‘p iste’mol qilish ham parkinsonizmga olib keladi, deb eshitganman. Shu to‘g‘rimi?
— Haqiqatan ham turli kimyoviy moddalar va vositalar bilan surunkali zaharlanish parkinsonizm rivojlanishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Masalan, oltingugurt, marganes, qo‘rg‘oshin, metil va etil spirtlari, fosfororganik birikmalar, is gazi, ya’ni miyada dofamin moddasi almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar parkinsonizm rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Asab sistemasi infeksiyalari haqida aytadigan bo‘lsam, miyaning ichki qismida joylashgan qora moddani zararlaydigan viruslar parkinsonizm rivojlanishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Masalan, yuqorida aytib o‘tganimdek ensefalit kasalligini bunga misol qilish mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Miyaga qon quyilishi sababi, belgilari va davolash usullari


Dorilarning nojo‘ya ta’siri haqida gapiradigan bo‘lsam, faqat ba’zi dorilargina parkinsonizm rivojlanishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Parkinsonizm rivojlanishiga eng ko‘p sababchi bo‘ladigan dorilar – bular aminazin, galoperidol va shu guruhga kiruvchi dorilardir. Bu dorilar asosan ruhiy buzilishlarni davolashda ishlatiladi. Ular katta miqdorda yoki uzoq vaqt tavsiya qilinsa, bemorda parkinsonizm belgilari rivojlanadi. Biroq bemor bu dorilarni ichishdan to‘xtatsa, parkinsonizm belgilari darrov orqaga qaytadi. Shuning uchun ham dorilar ta’siridan rivojlangan parkinsonizm haqiqiy Parkinson kasalligiga qaraganda tez tuzaladi. Parkinsonizmni yuzaga keltiradigan dorilarning nojo‘ya ta’sirini pasaytirish uchun siklodol dorisi beriladi.


Shu yerda alohida ta’kidlab o‘tmoqchi edim. Giyohvand moddalarni qabul qiladiganlarda parkinsonizm ko‘p rivojlanadi. Chunki giyohvand moddalar aynan qora moddada ishlab chiqariladigan dofamin moddasini parchalaydi.
Tomir parkinsonizmi
— Miya tomirlari aterosklerozi, gipertoniya kasalligi va insult o‘tkazganlarda ham parkinsonizm rivojlanadimi?
— Afsuski, bu savolga “Ha” deb javob berishim kerak. Nevrologiyada “Tomir parkinsonizmi” degan atama bor. Bosh miyada qon aylanishining surunkali buzilishlari parkinsonizm rivojlanishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Masalan, dissirkulyator ensefalopatiyaning 3-chi bosqichida deyarli 25 % bemorda parkinsonizm rivojlanadi. Agar bemor doimo yuqori qon bosimdan aziyat chekib yursa, unda tez-tez gipertonik krizlar uchrab tursa, qon bosimi yuqori bo‘lsa-da spirtli ichimliklar istyemol qilsa, ularda tomir parkinsonizmi rivojlanishi havfi yuqoridir. Shuningdek, tez-tez kichik insultlar kuzatiladiganlarda ham tomir parkinsonizmi rivojlanish havfi bor.
Parkinsonizm belgilari
— Endi bu kasallik belgilari haqida so‘zlab bersangiz.
— Bu kasallikning har bir belgisi o‘ziga xos xususiyatga ega. Ziyrak ko‘zli nevropatolog Parkinsonizmning har bir belgisiga qarab, adashmasdan tashxis qo‘yishi mumkin. Masalan, 50-60 yoshdan bemorning ko‘zlari bir nuqtaga tikilgan, qaddi biroz bukilgan, qadam tashlashlari sekinlashgan, muskullari qotishgan, qo‘l panjalari titrashi aniqlansa – bu parkinsonizm belgilaridir. Biroq yoshlarda kuzatiladigan jahl chiqqandagi titrash parkinsonizm belgisi emas. Parkinsonizm uchun biroz bukilgan qo‘l panjalarining aynan tinch holatdagi doimiy titrashi xos. Bemorda harakatlar hajmi kamaygan bo‘lsa−da, mushaklar kuchi saqlanib qoladi. Tanadagi mushaklar tonusi oshganligi sababli bemor shaxdam qadamlar tashlab ravon yura olmaydi. U kichik qadamlar tashlab yuradi. Bunday yurish “qo‘g‘irchoq yurish” deb ataladi. Bemorning yuz ko‘rinishi niqobsimon bo‘ladi, yuzi-ko‘zida hissiy alomatlar ko‘rinmaydi. U go‘yoki qotib qolgan odamni eslatadi.
— Parkinsonizmda bemorning nutqi, yuz ifodasi va xusnixati ham o‘zgargan bo‘ladi, deyishadi. Ular qanday namoyon bo‘ladi?
— Haqiqatan ham shunday. Hali aytib o‘tganimdek, ziyrak nevropatolog bemorning yuzi-ko‘zi, nutqi va qadam tashlashlariga qarab parkinsonizm tashxisini qo‘yishi mumkin. Bemorning ko‘zlari bir nuqtaga tikilgan bo‘ladi. Ularning nigohi xuddi bir muammo ustida xayol surayotgan olimni eslatadi. Yuzlarida mimik harakatlar juda sust ifodalangan bo‘ladi. Bunday bemorning yuzi o‘ta jiddiy va kam kuladigan odamni eslatadi. Bemorning yuzida ijobiy hissiy reaksiyalarni ko‘rmaysiz. Ularning nutqi ham bir xil va sekin tonda bo‘ladi. Bemor tovushini sekin chiqarib bir xil tarzda gapiradi va uzoq so‘zlamaydi. Bunday bemorlar tashqi ko‘rinishdan yoshi ulug‘, o‘ta jiddiy va dono odamni eslatadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Zo‘riqish bosh og‘rig‘i – qanday kasallik?


Parkinsonizmda bemorning yozgan xatini o‘qib ham unga tashxis qo‘yish mumkin. Buning uchun bemorni ko‘rish shart emas. Bemor xat yozayotganida katta harflar bilan boshlaydi, keyin harflar xajmi kichrayib boradi va bora−bora to‘g‘ri chiziqqa aylanadi. Bir nevropatolog armiyada xizmat qilib yurgan o‘g‘lining uyga yozgan xatlariga qarab, unda parkinsonizm alomatlarini ko‘radi va xavotir olib u xizmat qilayotgan harbiy bo‘limga boradi.


O‘g‘lini ko‘rgach uning boshi va tanasida tayoqlardan qolgan izlarni ko‘radi. “Dedlar” endi armiya xizmatiga kelgan bolani boshiga ko‘p urishgan. Shu sababli unda bir yildan so‘ng parkinsonizm alomatlari paydo bo‘lgan. Sudda askarning otasi o‘z bolasining xatlarini sudda ashyoviy dalil sifatida ko‘rsatgan. Armiya bo‘linmasi tomonidan chaqirilgan nevropatolog ham askar otasining davolarini qo‘llab-quvvatlagan. Tashxis: “Bosh miya jaroxatlari sababli rivojlangan parkinsonizm” edi. Aybdorlar va shu vaziyatga yo‘l qo‘ygan ofitserlar o‘z unvonlaridan ajralishgan. Voqea sobiq sho‘rolar davlatida ro‘y bergan.
Parkinsonizmda bemorning xarakteri va ruhiyati o‘zgaradimi?
— Har qanday asab kasalligida hulq-atvor o‘zgargani kabi parkinsonizmda ham bemorning xarakterida o‘ziga xos o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Bemor ko‘p narsalarni unutadigan bo‘lib qoladi yoki juda qiyinchilik bilan eslaydi, fikrlar karaxtligi kuzatiladi. Ba’zi bemorlar juda ezma bo‘lib qolishadi, arzimagan narsaga arazlayveradi.
Ba’zida ularning ezmachiligi oila a’zolarini juda qiynab yuboradi. Masalan, bemor shart bo‘lmagan narsaga shu darajada e’tibor qaratadiki, bundan uning o‘zi ham qiynalib ketadi. Agar u biror−bir narsani topib berishni talab qilsa, aytganidan qolmaydi, faqat o‘sha narsa topilgandan keyin tinchiydi. Bir gapni hadeb qaytaraveradi. Masalan, bemor keling ovqat yegan idishni yuvib qo‘ying desa, agar bu ish kelinning esidan chiqib ketsa, buni u kuni bilan gapirib yurishi, hafa bo‘lishi va yig‘lab olish ham mumkin. Parkinsonizm bilan kasallangan bemor depressiyaga moyil bo‘ladi, uning kayfiyati tez-tez buzilib turadi, ko‘p yig‘laydi, uyidagilarni ko‘p ayblayveradi. Ularda uyqu ham buzilgan bo‘ladi: ular kunduzi uxlab, kechasi esa uxlamay chiqishi mumkin.
Parkinsonizm kasalligini davolash
— Bemorni davolash usullari haqida ham ma’lumot bersangiz.
— Parkinsonizm tashxisini to‘g‘ri aniqlash, uning sabablari va mavjud boshqa kasalliklarni topish davolashni to‘g‘ri boshlash uchun asosiy mezon yaratadi. Davolashni faqat nevropatolog olib borishi kerak. Parkinsonizmning asl sababini aniqlanmasdan turib davolashga kirishilmaydi. Ba’zan aslida parkinsonizm kasalligi yo‘q bemorlarga ushbu tashxis qo‘yish holatlari ham kuzatilib turadi.
Kasallik sababini aniqlashda va tashxis qo‘yishda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Bu kasallikni xirurgik usullar bilan ham davolash mumkin. Parkinsonizm belgilarining orqaga chekina borishi yoki zo‘rayib borishdan to‘xtashi davolovchi vrachning mahoratiga hamda bemorning irodasiga bog‘liq. Qarindosh-tuqqanlarning yaxshi parvarishi esa kamida 30 % davo degani. Bemor har doim e’tiborda bo‘lishi kerak
Download 21,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish