- 187 -
boshqaruvchi markaz faoliyatini stimullaydi ), taxikardiya va midriaz(ko`z
qorachig`ining kengayishi) chaqiradi.Odatda kokain bilan o‘tkir hamda
surunkali zaharlanish kuzatilishi mumkin.
O‘tkir zaharlanishda
asosiy e’tibor
uning kiritilgan joydan so‘rilishini kamaytirishga qaratilishi lozim. Agarda
perparat ichilgan bo‘lsa, u holda oshqozon kaliy permanganatining 0,05-0,1
foizli eritmasi bilan yuviladi. Adsorbsiyaqiluvchi, o‘rab
oluvchi hamda tuzli
surgi vositalari tavsiya qilinadi. Agarda shilliq qavatlar orqali kiritilgan bo‘lsa, u
holda shilliq qavatlar natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuvib
tashlanadi.Agarda dori vosita organizmga inyeksiya orqali kiritilgan bo‘lsa, u
holda uning so‘rilishini kiritilgan joydan yuqoriroqqa jgut qo‘yish orqali
kamaytirish mumkin. Bundan tashqari inyeksiya qilingan joyga muzli idish
qo‘yish tavsiya etiladi. O‘ta og‘ir zaharlanishlarda sun’iy nafas oldirishga, zarur
paytlarda traxeotomiya qilishga tayyor bo‘lish kerak.
Qo‘zg‘alishlarni bartaraf etish uchun
esa diazepamning eritmasini
inyeksiya qilish lozim. Kokainni davomli qo‘llash (kukunini hidlash, barglarini
chaynash, ba’zida esa, vena orqali qayta-qayta kiritish) natijasida
surunkali
zaharlanish
kelib chiqadi. Bunda asosan ruhiy qaramlik
( k o k a i n i z m )
paydo bo‘ladi, eyforiya chaqiradi,ya`ni kayfiyati ko`tariladi,
sezuvchanligi
ortadi va noodatiy emotsional holatlar kuzatiladi.Agarda bunda kokain dozasini
keskin kamaytirsak yoki to`sattan to`xtatsak bemor og`ir psixik holatga tushib
qoladi. Jismoniy qaramlik esa kelib chiqmaydi. O‘rganib qolish yuzaga
chiqmaydi yoki juda kam miqdorda paydo bo‘lishi mumkin.
D i k a i n (tetrakain gidroxloridi) ham asosan yuza anesteziyasida
qo‘llaniluvchi vosita bo‘lib, kimyoviy tuzilishi bo‘yicha
paraaminobenzoy
kislotasining unumi hisoblanadi. Faolligi bo‘yicha kokaindan tahminan 10 marta
ustunroq, zaharliligi bo‘yicha esa 2-5 marta kuchli.
Dikain ko‘z amaliyotida qo‘llanilganda ko‘z ichki bosimiga va
akkomodatsiyaga ta’sir qilmaydi, qorachiqni kengaytirmaydi.
- 188 -
Muguz parda shilliq qavatini ta’sirlantirishi mumkin. Dikain qon
tomirlarini
kengaytiradi, shuning uchun uning eritmalarini
adrenomimetiklar
bilan birga tavsiya qilish lozim. Ayrim paytlarda uni epidural anesteziya uchun
ham ishlatiladi. Dikainni ishlatishda uning dozasiga kata e’tibor qaratish lozim,
chunki u shilliq qavatlar orqali oson so‘rilish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli
kutilmaganda undan og‘ir zaharlanishlar kelib chiqishi va hatto bu holat o‘lim
bilan yakunlanishi ehtimoli ham mavjud.
Yuza anesteziyasi uchun tuzilishi jihatidan trimekainga o‘xshash bo‘lgan
p i r o m e k a i n
dori vositai ham ishlatiladi.
A n e s t e z i n yuqoridagi dori vositalardan farqli ravishda suvda yomon
(spirda va moylarda yaxshi) eriydi. Shuning uchun ham uni asosan teriga
sepishga hamda surtma va pasta shaklida
jarohatlarga surtishga, ba’zan esa
oshqozon-ichak yo‘li kasalliklarida shilliq qavatni og‘riqsizlantirish maqsadida
sochma, tabletka va suspenziya shaklida ichishga ishlatiladi.Bundan tashqari, u
orqa chiqaruv teshigi yorilishlarida hamda gemaroyda shamcha shaklida ham
ishlatiladi. Anestezinni qo‘llashning barcha ko‘rinishlarida u faqat yuza
anesteziyasini yuzaga chiqarish uchungina qo‘llaniladi.
N o v o k a i n (prokain gidroxloridi)
asosan
qatma-qat va o‘tkazuvchi
anesteziya
uchun
qo‘llaniluvchi vositadir. U dietilaminoetanol va
paraaminobenzoy kislotasining murakkab efiridir. Amaliy tibbiyotda gidroxlorid
shaklida qo‘llaniladi. Yetarli darajadagi anesteziyalovchi xossaga ega, ammo bu
xossasi bo‘yicha boshqa dori vositalarga nisbatan ancha orqada qoladi. Uning va
metabolitlarining zaharliligi juda past, ta’sir davomiyligi 30-60 daqiqani tashkil
etadi. Novokain shilliq pardalar orqali yomon o‘tadi, shuning uchun ham yuza
anesteziyasida faqat yuqori dozalardagina (otorinolaringologiyada 10 foizli
eritmasi) kamdan-kam paytlarda qo‘llanilishi mumkin. U qon tomirlarini biroz
kengaytiradi. Shuning uchun ham uning eritmalariga adrenomimetiklar
(masalan, adrenalinnig 0,1 foizli eritmasidan novokainning har 10 ml ga 1
tomchi miqdorida) qo`shish tavsiya qilish lozim.