O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

qatma-qat anesteziya
– bunda anestetik eritmasini 
operatsiya o‘tkaziladigan joydagi teri va teriostidagi to‘qimalarga asta-sekinlik 
bilan ketma-ket, qavatma-qavat qilib kiritish orqali shu joylardagi nerv 
tolalarining hamda sezuvchi nerv oxirlarining bloklanishiga erishiladi; 
– 
o‘tkazuvchi
yoki 
regionar (sohali) anesteziya
– bunda anestetik 
eritmasini ma’lum bir nerv tolasining o‘tish yo‘li bo‘ylab kiritiladi va shu nerv 
tolasi tomonidan innervatsiya qilinuvchi sohadagi to‘qimalarga nerv impulslari 
o‘tishining bloklanishiga erishiladi.


- 184 -
O‘tkazuvchi anesteziyaning o‘ziga xos turlari sifatida 
orqa miya 
anesteziyasi
(bunda anestetik eritmasi subaraxnoidal kiritiladi) va 
epidural yoki 
peridural anesteziya
(bunda anestetik eritmasi orqa miya qattiq pardasi oldidagi 
bo‘shliqqa kiritiladi) tafovut qilinadi. Anesteziyaning ushbu turlarida anestetik 
orqa miya kulrang moddasining oldingi yoki orqa shoxlariga ta’sir qiladi.
Amaliy tibbiyotda qo‘llanilishi bo‘yicha mahalliy anestetiklarni quyidagi 
guruhlarga bo‘lish mumkin: 
1. Yuza yoki terminal anesteziyada qo‘llaniladigan vositalar:
Kokain 
Dikain 
Anestezin 
Piromekain 
2. Infiltratsion va o‘tkazuvchi anesteziyada qo‘llaniladigan vositalar 
Novokain 
Bupivakain 
3. Anesteziyaning barcha turlarida qo‘llaniladigan vositalar 
Lidokain 
Trimekain 
Ayrim dori vositalarning faqat 
yuza anesteziyasida 
qo‘llanilishining asosiy 
sababi shundaki, ular yoki suvda yomon eriydi (anestezin), yoki o‘ta kuchli 
zaharlilikka ega (kokain, dikain). 
Tibbiyot amaliyotida birinchi marta qo‘llanilgan mahalliy anestetik – 
k o k a i n bo‘lib, u Janubiy Amerikada o‘sadigan Erythroxylon coca 
o‘simligidan olinadigan 
a l k a l o i d
31
hisoblanadi. Shuningdek, uni ekgonindan 
yarim sintetik usul bilan ham ajratib olinadi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha 
benzoy 
kislotasi 
va 
metil 
ekgoninning 
murakkab 
efiri 
31
Arabchadan 
al-qili
– ishqor, yunonchadan 
eidos
– tur. Alkaloidlar – asosan 
o‘simliklarda saqlanadigan azotli organic birikmalardir. Erkin alkaloidlar asos bo‘lib 
hisoblanadilar. O‘simliklarda ular tuzlar ko‘rinishida saqlanadi. Ko‘pchilik alkaloidlar juda 
yuqоri faollik namoyon qiladi (masalan, morfin, atropin, nikotin, pilokarpin va b.). 


- 185 -
hisoblanadi.
ekgoninning murakkab efiri hisoblanadi. O‘ta kuchli anesteziyalovchi 
xossaga ega, bu xossasi bo‘yicha novokaindan bir necha marta ustun(1.1. 
jadval), ammo yuqori zaharlilikka ega bo‘lganligi tufayli u faqat yuza 
anesteziyasida qo‘llaniladi. Hatto, bunda ham o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash 
kerak, chunki u shilliq qavatlardan oson so‘rilib, ko‘pchilik nojo‘ya ta’sirlar va 
hatto o‘tkirzaharlanish keltirib chiqarishi mumkin. Kokainni uning gidroxloridi 
sifatida asosan ko‘z amaliyotida ko‘zga tomizish uchun ishlatiladi. 
Bunda u ko‘z oq pardasi qon tomirlarini toraytiradi, qorachiqni esa 
kengaytiradi, tahminan 1 soatgacha davom etadigan anesteziya chaqiradi. 
Odatda ko‘z ichki bosimi pasayadi. Ammo, ba’zi bemorlarda ko‘z ichki 
bosimini oshirishi ehtimoli ham mavjud (aftidan, ko‘z ichki suyuqligining oqib 
chiqib ketishini qiyinlashtirishi hisobiga bo‘lsa kerak). 


- 186 -
Uni davomli qo‘llash oqibatida ko‘z muguz pardasi epiteliysiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi va buning natijasida epiteliyning ko‘chib tushishi hamda yara 
paydo bo‘lishi kuzatilishi mumkin. Agarda kokain shilliq qavatlar orqali so‘rilib, 
rezorbtiv ta’sir ko‘satadigan bo‘lsa, unda asosan MNSning qo‘zg‘alishi yuzaga 
chiqadi. Dastlab bosh miyaning po‘stloq qismi funksional holatining o‘zgarishi 
kuzatiladi. Bunda eyforiya
32
, bezovtalanish, psixomotor qo‘zg‘alishlar, 
charchash va och qolish sezgilarining yo‘qolishi, gallyutsinatsiyalar
33
paydo 
bo`lishi kuzatiladi. Agarda kokainning dozasi o‘ta yuqori bo‘lsa, u holda MNS 
tomonidan kuchayish o‘rniga susayish yuzaga keladi. Uzunchoq miyadagi hayot 
uchun zarur bo‘lgan markazlar (birinchi navbatda nafas markazi) faoliyatining 
keskin susayishi natijasida o‘lim kelib chiqadi.
Kokainning adrenergik innervatsiyaga ta’siri o‘ziga xosdir. U adrenergik 
innervatsiyaning qo‘zg‘atuvchi samaralarini oshiradi, shuningdek, ayrim 
adrenomimetiklarning 
ta’sirini 
potensirlaydi,chunki 
kokain 
neyronal 
katexolaminlarni adrenergik nerv tolalarida ushlab turilishini buzadi.Bunga 
sabab qon tomirlarni qisqartirib , arterial bosimni oshiradi(qon tomir tonisini 
32
Yunonch adan

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish