O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet81/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

5.1-rasm.Anestetiklarning nerv tolasi bo‘ylab qo‘zg‘alishlarning o‘tishiga ta’siri
A – anestetik qo‘llanilishidan oldingi holat;
B – anestetik qo‘llanilganidan keyingi holat.
Buning natijasida esa ular harakat potensialining paydo bo‘lishiga va uning tarqalishiga to‘sqinlik qiladilar. Gidrofob (ionizatsiyalanmagan) birikmalar akson membranasi orqali o‘tib, natriy kanallarini ichki tomonidan bloklaydilar.
Gidrofil (ionizatsiyalangan) birikmalar esa ochiq natriy kanallari orqali o‘tib, bir muncha bloklovchi ta’sir ko‘rsatadilar. Shuning uchun ham kuchsiz asoslar hisoblanuvchi barcha anestetiklarning faolligi dori vositalarning ionizatsiyalangan va ionizatsiyalanmagan qismlari mutanosibligini belgilovchi pH muhitga bog‘liq. Masalan, turli yallig‘lanish jarayonlarida pH muhitning past bo‘lishi (kislotali muhit) sababli anestetiklarning faolligi pasayadi, chunki bunda ularning ionizatsiyalanmagan qismlari konsentratsiyasi kamayadi.
Mahalliy anestetiklarga qo‘yiladigan talablar:
1) yuqori darajadagi tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lishi;
2) nerv tolalariga ham, ularning atrofidagi to‘qimalarga ham noxush ta’sir ko‘rsatmasligi (ta’sirlantirmasligi);
3) latent (yashirin) davrining qisqa bo‘lishi;
4) anesteziyaning har xil turlarida ham yuqori faollikka ega bo‘lishi;
5) yetarli darajadagi ta’sir davomiyligiga ega bo‘lishi;
6) qon tomirlarini toraytirishi yoki iloji boricha ularni kengaytirmasligi (agarda anestetik qon tomirlariga ta’sir qilmasa yoki ularni kengaytirsa, u holda unga adrenomimetik qo‘shib tavsiya qilini shilozim, chunki bunda qon tomirlarini toraytirib, anestetik ta’sir davomiyligining uzayishiga erishiladi);
7) zaharliligining past bo‘lishi;
8) nojo‘ya ta’sirlarining bo‘lmasligi yoki kam bo‘lishi;
9) suvda yaxshi eruvchan bo‘lishi;
10) saqlanganda va sterilizatsiyada buzilib ketmasligi;
11) sanoatda olinishi yengil va oson bo‘lishi;
12) narxining arzon bo‘lishi.
Mahalliy anestetiklar anesteziyaning quyidagi turlarini yuzaga chiqarish maqsadida qo‘llaniladilar:
yuza yoki terminal anesteziya – bunda anestetik eritmasini shilliq qavatlarga tomizish hamda teriga, yaralar yuzasiga, jarohatlarga surtish yoki uning kukunini sepish uchun ishlatilganda shu joydagi sezuvchi nerv oxirlarining bloklanishi yuzaga chiqadi;
infiltratsion yoki qatma-qat anesteziya – bunda anestetik eritmasini operatsiya o‘tkaziladigan joydagi teri va teriostidagi to‘qimalarga asta-sekinlik bilan ketma-ket, qavatma-qavat qilib kiritish orqali shu joylardagi nerv tolalarining hamda sezuvchi nerv oxirlarining bloklanishiga erishiladi;
o‘tkazuvchi yoki regionar (sohali) anesteziya – bunda anestetik eritmasini ma’lum bir nerv tolasining o‘tish yo‘li bo‘ylab kiritiladi va shu nerv tolasi tomonidan innervatsiya qilinuvchi sohadagi to‘qimalarga nerv impulslari o‘tishining bloklanishiga erishiladi.
O‘tkazuvchi anesteziyaning o‘ziga xos turlari sifatida orqa miya anesteziyasi (bunda anestetik eritmasi subaraxnoidal kiritiladi) va epidural yoki peridural anesteziya (bunda anestetik eritmasi orqa miya qattiq pardasi oldidagi bo‘shliqqa kiritiladi) tafovut qilinadi. Anesteziyaning ushbu turlarida anestetik orqa miya kulrang moddasining oldingi yoki orqa shoxlariga ta’sir qiladi.
Amaliy tibbiyotda qo‘llanilishi bo‘yicha mahalliy anestetiklarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Yuza yoki terminal anesteziyada qo‘llaniladigan vositalar:

Kokain

Dikain




Anestezin

Piromekain




2. Infiltratsion va o‘tkazuvchi anesteziyada qo‘llaniladigan vositalar

Novokain

Bupivakain

3. Anesteziyaning barcha turlarida qo‘llaniladigan vositalar

Lidokain

Trimekain

A

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish