O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet82/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Lidokain

Trimekain
yrim dori vositalarning faqat yuza anesteziyasida qo‘llanilishining asosiy sababi shundaki, ular yoki suvda yomon eriydi (anestezin), yoki o‘ta kuchli zaharlilikka ega (kokain, dikain).
Tibbiyot amaliyotida birinchi marta qo‘llanilgan mahalliy anestetik – kokain bo‘lib, u Janubiy Amerikada o‘sadigan Erythroxylon coca o‘simligidan olinadigan alkaloid31hisoblanadi. Shuningdek, uni ekgonindan yarim sintetik usul bilan ham ajratib olinadi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha benzoy kislotasi va metil ekgoninning murakkab efiri hisoblanadi. ekgoninning murakkab efiri hisoblanadi. O‘ta kuchli anesteziyalovchi xossaga ega, bu xossasi bo‘yicha novokaindan bir necha marta ustun(1.1. jadval), ammo yuqori zaharlilikka ega bo‘lganligi tufayli u faqat yuza anesteziyasida qo‘llaniladi. Hatto, bunda ham o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki u shilliq qavatlardan oson so‘rilib, ko‘pchilik nojo‘ya ta’sirlar va hatto o‘tkir zaharlanish keltirib chiqarishi mumkin. Kokainni uning gidroxloridi sifatida asosan ko‘z amaliyotida ko‘zga tomizish uchun ishlatiladi. Bunda u ko‘z oq pardasi qon tomirlarini toraytiradi, qorachiqni esa kengaytiradi, tahminan 1 soatgacha davom etadigan anesteziya chaqiradi. Odatda ko‘z ichki bosimi pasayadi. Ammo, ba’zi bemorlarda ko‘z ichki bosimini oshirishi ehtimoli ham mavjud (aftidan, ko‘z ichki suyuqligining oqib chiqib ketishini qiyinlashtirishi hisobiga bo‘lsa kerak). Uni davomli qo‘llash oqibatida ko‘z muguz pardasi e
piteliysiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va buning natijasida epiteliyning ko‘chib tushishi hamda yara paydo bo‘lishi kuzatilishi mumkin.

Agarda kokain shilliq qavatlar orqali so‘rilib, rezorbtiv ta’sir ko‘satadigan bo‘lsa, unda asosan MNSning qo‘zg‘alishi yuzaga chiqadi. Dastlab bosh miyaning po‘stloq qismi funksional holatining o‘zgarishi kuzatiladi. Bunda eyforiya32, bezovtalanish, psixomotor qo‘zg‘alishlar, charchash va och qolish sezgilarining yo‘qolishi, gallyutsinatsiyalar33 paydo bo`lishi kuzatiladi. Agarda kokainning dozasi o‘ta yuqori bo‘lsa, u holda MNS tomonidan kuchayish o‘rniga susayish yuzaga keladi. Uzunchoq miyadagi hayot uchun zarur bo‘lgan markazlar (birinchi navbatda nafas markazi) faoliyatining keskin susayishi natijasida o‘lim kelib chiqadi.


Kokainning adrenergik innervatsiyaga ta’siri o‘ziga xosdir. U adrenergik innervatsiyaning qo‘zg‘atuvchi samaralarini oshiradi, shuningdek, ayrim adrenomimetiklarning ta’sirini potensirlaydi,chunki kokain neyronal katexolaminlarni adrenergik nerv tolalarida ushlab turilishini buzadi.Bunga sabab qon tomirlarni qisqartirib , arterial bosimni oshiradi(qon tomir tonisini boshqaruvchi markaz faoliyatini stimullaydi ), taxikardiya va midriaz(ko`z qorachig`ining kengayishi) chaqiradi.Odatda kokain bilan o‘tkir hamda surunkali zaharlanish kuzatilishi mumkin. O‘tkir zaharlanishda asosiy e’tibor uning kiritilgan joydan so‘rilishini kamaytirishga qaratilishi lozim. Agarda perparat ichilgan bo‘lsa, u holda oshqozon kaliy permanganatining 0,05-0,1 foizli eritmasi bilan yuviladi. Adsorbsiyaqiluvchi, o‘rab oluvchi hamda tuzli surgi vositalari tavsiya qilinadi. Agarda shilliq qavatlar orqali kiritilgan bo‘lsa, u holda shilliq qavatlar natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuvib tashlanadi.Agarda dori vosita organizmga inyeksiya orqali kiritilgan bo‘lsa, u holda uning so‘rilishini kiritilgan joydan yuqoriroqqa jgut qo‘yish orqali kamaytirish mumkin. Bundan tashqari inyeksiya qilingan joyga muzli idish qo‘yish tavsiya etiladi. O‘ta og‘ir zaharlanishlarda sun’iy nafas oldirishga, zarur paytlarda traxeotomiya qilishga tayyor bo‘lish kerak.
Qo‘zg‘alishlarni bartaraf etish uchun esa diazepamning eritmasini inyeksiya qilish lozim. Kokainni davomli qo‘llash (kukunini hidlash, barglarini chaynash, ba’zida esa, vena orqali qayta-qayta kiritish) natijasida surunkali zaharlanish kelib chiqadi. Bunda asosan ruhiy qaramlik (kokainizm) paydo bo‘ladi, eyforiya chaqiradi,ya`ni kayfiyati ko`tariladi, sezuvchanligi ortadi va noodatiy emotsional holatlar kuzatiladi.Agarda bunda kokain dozasini keskin kamaytirsak yoki to`sattan to`xtatsak bemor og`ir psixik holatga tushib qoladi. Jismoniy qaramlik esa kelib chiqmaydi. O‘rganib qolish yuzaga chiqmaydi yoki juda kam miqdorda paydo bo‘lishi mumkin.
Dikain (tetrakain gidroxloridi) ham asosan yuza anesteziyasida qo‘llaniluvchi vosita bo‘lib, kimyoviy tuzilishi bo‘yicha paraaminobenzoy kislotasining unumi hisoblanadi. Faolligi bo‘yicha kokaindan tahminan 10 marta ustunroq, zaharliligi bo‘yicha esa 2-5 marta kuchli.
Dikain ko‘z amaliyotida qo‘llanilganda ko‘z ichki bosimiga va akkomodatsiyaga ta’sir qilmaydi, qorachiqni kengaytirmaydi.
Muguz parda shilliq qavatini ta’sirlantirishi mumkin. Dikain qon tomirlarini kengaytiradi, shuning uchun uning eritmalarini adrenomimetiklar bilan birga tavsiya qilish lozim. Ayrim paytlarda uni epidural anesteziya uchun ham ishlatiladi. Dikainni ishlatishda uning dozasiga kata e’tibor qaratish lozim, chunki u shilliq qavatlar orqali oson so‘rilish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli kutilmaganda undan og‘ir zaharlanishlar kelib chiqishi va hatto bu holat o‘lim bilan yakunlanishi ehtimoli ham mavjud.
Yuza anesteziyasi uchun tuzilishi jihatidan trimekainga o‘xshash bo‘lgan piromekain dori vositai ham ishlatiladi.
Anestezinyuqoridagi dori vositalardan farqli ravishda suvda yomon (spirda va moylarda yaxshi) eriydi. Shuning uchun ham uni asosan teriga sepishga hamda surtma va pasta shaklida jarohatlarga surtishga, ba’zan esa oshqozon-ichak yo‘li kasalliklarida shilliq qavatni og‘riqsizlantirish maqsadida sochma, tabletka va suspenziya shaklida ichishga ishlatiladi.Bundan tashqari, u orqa chiqaruv teshigi yorilishlarida hamda gemaroyda shamcha shaklida ham ishlatiladi. Anestezinni qo‘llashning barcha ko‘rinishlarida u faqat yuza anesteziyasini yuzaga chiqarish uchungina qo‘llaniladi.
Novokain (prokain gidroxloridi) asosan qatma-qat va o‘tkazuvchi anesteziya uchun qo‘llaniluvchi vositadir. U dietilaminoetanol va paraaminobenzoy кislotasining murakkab efiridir. Amaliy tibbiyotda gidroxlorid shaklida qo‘llaniladi. Yetarli darajadagi anesteziyalovchi xossaga ega, ammo bu xossasi bo‘yicha boshqa dori vositalarga nisbatan ancha orqada qoladi. Uning va metabolitlarining zaharliligi juda past, ta’sir davomiyligi 30-60 daqiqani tashkil etadi. Novokain shilliq pardalar orqali yomon o‘tadi, shuning uchun ham yuza anesteziyasida faqat yuqori dozalardagina (otorinolaringologiyada 10 foizli eritmasi) kamdan-kam paytlarda qo‘llanilishi mumkin. U qon tomirlarini biroz kengaytiradi. Shuning uchun ham uning eritmalariga adrenomimetiklar (masalan, adrenalinnig 0,1 foizli eritmasidan novokainning har 10 ml ga 1 tomchi miqdorida) qo`shish tavsiya qilish lozim.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish