O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet206/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Yo’talga qarshi vositalar

Kodein fosfat –Codeini phosphas



Enteral 0,01 g



Sochma



Gloutsin gidraxlorid-Glaucini hydrochloridum



Enteral 0,05 g



Tabletka 0,05 gdan



Libeksin—Libexin



Enteral 0,1 g



Tabletka 0,1 gdan



Balg’am ko’chiruvchi

Termopsis o’ti damlamasi – Infusum herbae Thermopsidis



Enteral 15 мл



Damlama 1:300

Atsitelsistein — Acetylcysteinum



Ingalyatsiya;mushakgа



Amp. 5 и 10 ml 20% eritma Ingalyatsiya
; amp.2 ml-10% eritma mushakgа kiritiladi



Bromgeksin— Bromhexinum



Ichishgа

Tabletka 0,008 gdan



Tripsin krisstalli — Trypsinum crystallisatum



Ingalyatsiya; mushakgа



0,005 va 0,01 g preparat tutgan(qo’llashdan oldin eritiladi)ampula yoki flakonda



Broxospazmda qo’llanuvchi vositalar

Eufillin -Euphyllinum



Ichishga, rektal, mushakgа, tomirga



Kukun,Tabletka 0,15gdan; ampula 1 mldan 24% eritma(mushak ichiga) va10 мл-2,4% eritma(tomirgа)



Kromalin-natriy— Cromolynum- natrium



Ingalyatsiya (0,02 g)



0,02 g кромолин-натрия gа 0,0001 gizadrin qushilgan Kapsulalar



Ketotifen— Ketotifenum



Enteral 0,001 g



Kapsula va Tabletka 0,001 gdan



Zaferlukast -Zafirlucast



Enteral 0,02-0,04 g



Tabletka 0,02 и 0,04 gdan



Zileuton — Zileuton



Enteral 0,6 g



Tabletka 0,6 gdan





9. Me’da va ichak tizimiga ta’sir etuvchi vositalar


Ko‘pgina patologik holatlarda me’da-ichak trakti a’zolarining faoliyatini o‘zgarishi kuzatiladi. Bu holat shubhasiz xastalikning kechishi va oqibatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki me’da-ichak trakti ovqat hazm qilish va ozuqa vositalarining qonga so‘rilishida muhim ahamiyatga egadir. Me’da-ichak trakti a’zolarining funksiyalarini buzilishini bartaraf etishda ko‘pgina dori vositalari qo‘llaniladi. Ular me’da va ichakning sekretsiyasi va ekskretor funksiyalari me’daosti bezi va jigar ekskretor faoliyatiga ta’sir etadilar.


9.1.Ishtahaga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar


Ishtaha ko‘p jihatdan bosh miyaning po‘stloq qavati va limbik sistema funksional holatiga bog‘liqdir, chunki u gipotalamusning lateral yadrosida joylashgan ochlik va gipotalamusning ventromedial yadrosida joylashgan to‘yish (to‘qlik) markazi orqali boshqariladi. Ishtaha limbik tizim va po’stloqning peshona qismlari ham bunda qatnashadi. Ishtahani boshqarilishi asosan noradrenergik, dofaminergik va seratoninergik sistemalar va retseptorlar (β 1 va β2, α1 adrenoretseptorlar, dofamin D1, serotonin 5-HT1B va 5HT2C retseptorlar) bilan bog‘liq. Organizmda ishtahani oshiradigan moddalar (oreksigen ta’sir): neyropeptid Y, A va B oreksinlar, grelin, GAMK topilgan. Ishtahani bo’g’uvchi endogen moddalar esa: leptin, a-melanotsit stimullovchi gormon, neyrotenzin, serotonin, tireotrop va kortikotrop gormon ishlanishini kuchaytiruvchi gormonlar, xolesistokinin. Ishtahani o‘zgarishi 2 xil (ortishi va susayishi) bo‘ladi va shunga mos ravishda uni buzilishini bartaraf etuvchi vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Ishtahani oshiruvchi vositalar (achchiqlar, insulin, psixotrop, neyrotrop vositalar, anaboliklar va boshqalar):

  2. Ishtahani susaytiruvchi vositalar (anoreksigen vositalar):

  1. Katexolaminergik sistemaga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar (MNSni qo‘zg‘atuvchilar):

  • fenamin hosilalari va analoglari fepranon, dezopimon.

  • izoindol unumlari mazindol

  1. Serotoninergik sistemaga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar (MNS ni susaytiruvchilar): fenfluramin.

Achchiqlar o‘simliklardan ajratilgan, achchiq ta’mga ega bo‘lgan glikozidlar. Ular og‘iz bo‘shlig‘i va tildagi retseptorlarni qo‘zg‘atib, reflektor yo‘l bilan me’da shirasini ajralishini kuchaytiradilar, ishtahani oshiradilar va ovqatni hazm bo‘lishini yaxshilaydilar. Achchiqlarni gipoatsid va surunkali atrofik gastritlarda, asab xastaliklarda yuzaga kelgan anoreksiyalarda, operatsiyalardan keyingi davrda qo‘llaniladi.
Achchiq ermon tindirmasi
– tarkibida absintin alkaloidi va absentol – efir moyi bor. Ochlik (ochiqish) markazi qo‘zg‘aluvchanligini reflektor oshiradi. Undan keyin qabul qilingan ovqatga bo‘lgan me’da sekretsiyasining murakkab reflektor bosqichini kuchaytiradi. Lekin achchiqlarning o‘zlari me’da shirasini ajralishini kuchaytirmaydi. Bu guruhga erbaxo (gorichavka), zubturum (podorjnik), buznoch (bessmertnik), garmdori, apilak, ishtaha choyi va boshqalar ham kiradi.
Insulin
qonda glyukoza miqdorini pasaytiradi va ochlik hissini kuchaytiradi, chunki to‘qlik markazida maxsus «glikoretseptorlar» bo‘lib ular arteriya va vena qonidagi glyukoza miqdorining farqiga sezgirdirlar. Shu tufayli glyukagon giperglikemiya hisobiga ishtahani pasaytiradi, shirin choy ham shunday xususiyatga ega, ishtahani ba’zi psixotrop vositalar (aminazin, amitriptilin, karbonat litiy), neyrotrop gipotenziv vositalar (gemiton – klofelin) ham kuchaytiradilar. Bundan tashqari ishtahani anabolik gormonlar ham oshiradilar.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish