O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


So‘lak bezlari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar



Download 30,26 Mb.
bet208/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

So‘lak bezlari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar


So’lak bezlari faoliyatini boshqarish farmakologik asosi ularning innervatsiyasidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Xolinergik tizim qo’zg’alishi mo’l,suyuq so’lak ajralishiga olib keladi. Xolinoblokatorlar esa so’lak ajralishini susaytiradilar.
Kuchaytiruvchilar: pilokarpin, karboxolin, antixolinesteraz vositalar-prozerin;
Susaytiruvchilar: atropin.
Asosan gipersalivatsiyada qo‘llaniladi (gijjalar invaziyasi, parkinsonizm, og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanganda)

9.2.Me’da funksiyalarini buzilishida qo‘llanuvchi vositalar


Me’daning sekretor va motor funksiyalari adashgan nerv va MIT gormonlari orqali boshqariladi. M-n: gastrin, gistamin. Adashgan nervni qo‘zg‘atilsa, me’da sekretsiyasi kuchayadi. Ko‘pgina organizmda hosil bo‘luvchi moddalar (sekretin, xoletsistokinin–pankreozimin, prostaglandin E2, ichak tomirlarini faollashtiruvchi peptid VIP va me’da sekretsiyasini susaytiruvchi peptid GIP) aksincha me’da sekretsiyasini pasaytiradi. (VIP- Vasoactive intestinal peptid), (GIP-Gastric inhibitory peptide)
Me’da shirasining ovqat hazm qilish xususiyatini keraklicha ta’minlash uchun, me’da bezlariga farmakologik ta’sir ko‘rsatishi kerak. Ushbu bezlarni faolligi susayganda, kuchaytiruvchi vositalar yoki o‘rnini oluvchi vositalar qo‘llashi kerak .Giperfunksiyasida esa, aksincha ingibitorlar qo‘llaniladi.
Gastrin, gistamin va ekstraktiv moddalar asosan tashxis qo‘yish maqsadida qo‘llaniladi. Agar me’da sekretsiyasining susayishi funksional o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, ushbu vositalar me’da shirasini ajralishini kuchaytiradilar, lekin organik jarohat tufayli bo‘lsa, bunday bo‘lmaydi. Tashxis uchun eng yaxshi vosita bo‘lib, gastrin hisoblanadi. U ovqat qabul qilingandan keyin me’daning antral qismida hosil bo‘lib, qonga so‘riladi va me’daning fundal qismidagi bezlarga ta’sir ko‘rsatib, ularda sekretsiya jarayonini kuchaytiradi. Gastrin ta’sir kuchi bo‘yicha gistamindan ancha kuchli bo‘lib, tanlab ta’sir etadi. Gastrin gistamin kabi HCl va pepsinogenni, Kaslning ichki omilini ajralishini, hamda me’da osti bezi sekretsiyasi va o‘t hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Tibbiyot amaliyotida sintetik gastrin-pentagastrin qo‘llaniladi. U 2 polipeptiddan iborat bo‘lib, har biri 5 ta aminokislotadan iborat, gastrin molekulasi esa 17 aminokislotadan iborat.
Gistamin
– H2 retseptorlarini qo‘zg‘atib, me’da shirasi va uning javharliligini kuchli darajada oshiradi. Gistaminning ta’sir doirasi keng. U qon bosimini pasaytiradi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshiradi, bronxospazm chaqiradi, ichak spazmiga olib keladi. Shu sababli gistaminni kiritishdan avval, bemorlarga antigistamin vosita beriladi, chunki ular gistaminning me’da shirasiga ta’siridan boshqa o‘zgarishlarni bartaraf etadilar. CO2 gazi bilan gazlangan ma’danli suvlar ham me’da sekretsiyasini oshiradilar va ular davo sifatida qo‘llaniladi. Me’da shirasini ishlab chiqarish keskin kamaysa yoki umuman ishlab chiqarilishi to‘xtasa, uning o‘rniga tabiiy me’da shirasi (Succus gastricus naturalis), pepsin (Pepsin – 0.2-0.5 g), suyultirilgan xlorid kislotasini (Acidum hydrochloridum dilutum) ishlatish mumkin. Tabuletta Acidum-pepsini (1 qism pepsin va 4 qism atsidin–betain gidroxolidindan iborat bo‘lib, me’dada gidrolizlanadi va erkin HCl hosil bo‘ladi). Tabobatda me’da shirasi, atsedin-pepsin tabletkalari va pepsin asosan axiliya, gipoatsid holatlarda qo‘llaniladi .

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish