6.4-jadval.Monoaminlarni neyronal so’rilishini ingibirlovchi antidepressantlar farmakokinetikasi
Preparat
|
Enteral yuborishda biokirish%
|
Qonning plazmasida moddaning maksimal konsentratsiyasi yig’ilish vaqti
|
Qon plazmasining oqsillar bilan aloqasi %
|
Qon plazmasida moddalar konsentratsiyasi 50%ga kamayishi
|
Buyrak orqali chiqarilishi
|
Aktiv metabolitlar
|
Imizin
|
40-45
|
2-6
|
90-92
|
14-18
|
<2
|
Dezipramin
|
Amitriptilin
|
25-70
|
2,2-5
|
92-95
|
16-26
|
0
|
Nortriptilin
|
Fluoksetin
|
~70
|
6-8
|
~94
|
20-90
|
<2,5
|
Norfluoksetin
|
Paroksetin
|
~50
|
5-5,5
|
~95
|
12-20
|
<2
|
|
Maprotilin
|
66-75
|
9-16
|
~90
|
43-50
|
<1
|
Dezmetilmaprotilin, maprotilin N-oksid
|
MAO ingibitorlari
Bu guruh dorilarining antidepressiv xossasining zaminida ularning MAO fermenti faolligini keskin susaytirishi tufayli bosh miyaning ba’zi qismlarida neyromediator NA, serotonin va dofaminning dezaminlanishi to‘xtatilib, katta miqdorda to‘planishi yotadi. Bu vositalarning ko‘pchiligi MAO faolligini qaytmas bloklaydi va Shuning uchun 2 haftadan keyin yangi ferment molekulasi qayta sintezlangandan keyingina MAO faolligi avvalgi darajasiga etadi. Yuqori zaharliligi va bir talay noxush ta’sirlari mavjudligidan MAO intibitorlari hozirgi vaqtda antidepressant sifatida kamdan kam qo‘llanilmoqda. MAO ingibitorlari yorqin psixostimullovchi effektlarga ega(eyforiya,qo’zg’alish,uyqusizlik)
MAO ingibitorlari tomirlarni toraytiruvchi monoaminlar (tiramin, fenil-etilamin) pressor ta’sirini kuchaytiradi. Pishloq, qaymoq, kofe, vino, pivo kabi ovqat mahsulotlaridagi monoaminlar MAO ishtirokida ichakda parchalandi. MAO faolligi keskin susayganda monoaminlar parchalanmaydi va ichakda so‘rilib tomirlarni toraytiradilar va qon bosimini oshib ketishiga olib keladi («pishloq sindromi»). MAO ingibitorlarining yuqori zaharliligi ularning MAOdan boshqa ko‘pgina fermentlar faolligini (masalan, jigar MOSning fermentlarini) susaytirishlari bilan bog‘liq.. Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida juda oz gidrazin unumlari MAO ingibitorlari sifatida qo‘llaniladi.
Nialamid– samaradorligi anchagina past bo‘lgan antidepressant, lekin dori vosita jigarga kam zaharli ta’sir etadi, noxush asoratlari kam. Nialamidning terapevtik ta’sir 7-14 kundan keyin yuzaga chiqadi. Davolash 1-6 oy davom etadi. Dori vositasing terapevtik ta’siri yaxshi rivojlangandan keyin dori vositaning dozasi asta-sekin kamaytiriladi. Bemorlar bu dori vositani odatda yaxshi qabul qiladilar, lekin ba’zi hollarda dispeptik o‘zgarishlar, sistolik bosimning pasayishi, bezovtalanish, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, og‘iz qurishi kabilar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llanilishi: har xil formalardagi bo‘shashganlik, sustkashlik, tashabbussizlik bilan kechadigan depressiyalarda, ayniqsa nevrotik, invalyusion va siklotamik depressiyalarda, uch boshli nervning yallig‘lanishi va og‘riq bilan kechadigan boshqa sindromlarda. Nialamid stenokardiya xurujlari sonini va kuchini kamaytiradi.
Miya qon aylanishi buzilgan, yurak tomir yetishmovchiligining dekompensatsiya bosqichida, buyrak va jigar funksiyalarning buzilgan, kuchli psixomotor qo‘zg‘alish kuzatiladigan bemorlarda ishlatib bo‘lmaydi. Nialamidni rezerpin bilan birgalikda qo‘llash mumkin emas, chunki kuchli qo‘zg‘alish rivojlanadi. Nialamid insulin, peshob haydovchi dorilar, barbituratlar, analeptiklar, mahalliy anestetiklar, gipotenziv vositalar ta’sirini kuchaytirishni yodda tutmoq lozim.
Transamin(traniltsipromin,parnat)- nogidrazin guruhga kiradi, tuzilishi bo’yicha fenilsiklopropilamin hisoblanadi. fenilalkilaminlarga o’xshaydi(fenaminga). Kuchli va qaytmas MAO ingibitoridir. Shu guruhning eng effektiv dori vositalariga kiradi. Terapevtik ta’siri 2-7 kunda yuzaga chiqadi.
Nogidrazin birikmalarning gepatotoksiklik xususiyati gidrazin guruhidagi birikmalarga qaraganda kam ifodalangan.
Keyingi yillarda MAO-A fermentini qaytar ingibirlovchi birikmalar e’tiborni tortmoqda. Ularga moklobemid (auroriks),pirazidol va boshqalar kiradi. Ular MAO ning qaytmas ingibitorlariga nisbatan qisqaroq ta’sir qiladi. Bundan tashqari ularni qo’llaganda MAO ning qaytmas ingibitorlarini qo’llagandagi ovqat tarkibidagi simpatomimetiklar bilan o’zaro ta’sirlaShuv natijasida kelib chiqadigan gipertenziv kriz ehtimoli kamayadi.
Pirazidol-indol hosilasi. Antidepressiv ta’sirining zaminida noradrenalinni neyronal qayta shimilishining kamaytirishi va MAO faolligini susayishi yotadi. MAO faolligini susayishi qaytar bo‘lib, 6-24 soatdan keyin butunlay tiklanadi. Pirazidol periferik va markaziy xolinoblokatorlik ta’siriga ega emas, yuqoridagi antidepressantlardan ko‘ra kam zaharli, yurak tomir va qon bosimini o‘zgartirmaydi. Noxush ta’siri kam.
Pirazidolning psixotrop xossasi ta’sirining muvozanatlashganligi bilan belgilanadi, ya’ni sustlik bilan kechadigan depressiyalarda (bo‘shashganlik, ruhiy tushkunlik, kam harakatlik) u qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi, ammo havotir, qo‘rqinch, taxlika bilan kechadigan depressiyalarda tinchlantiruvchi, sedativ ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir kuchi imizindan va amitriptilindan pastroq.
Nomi
|
Kattalar uchun o‘rtacha terapevtik doza va kiritish yo‘li
|
CHiqarish shakli
|
Imizin – Imizinum
|
Ichishga 0,025 – 0,05 g;
m/o 0,025 g;
|
Qobiqli tabletka 0,025 g; ampula 2 ml 1,25% li eritma
|
Amitriptillin – Amitripyilinum
|
Ichishga 0,025 – 0,05 g;
m/o va v/i 0,02 g;
|
Tabletka 0,025 g; ampula 2 ml 1% li eritma
|
Azafen
Azafenum
|
Ichishga 0,025-0,05 g
|
Tabletka 0,025 g
|
Fluoksetin
Fluoxetine
|
Ichishga 0,02 g
|
Kapsula 0,02 g
|
Etsitalopram
Escitalopram
|
Ichishga 0,005-0,02
|
Tabletka 0,005, 0,01 va 0,02 g
|
Maprotilin
Maprotiline
|
Ichishga 0.05-0,3 g; v/i 0,05-0,15 g
|
Draje 0,01; 0,025 va 0,05 g; ampula 2 ml 1,25% li eritma
|
Nialamid – Nialamidum
|
Ichishga 0,025 – 0,05 g;
|
Tabletka (draje) 0,025 g
|
Pirazidol
Pirazidolum
|
Ichishga 0,075 – 0,15 g;
|
Tabletka 0,025 va 0,05 g
| 1>2>2>
Do'stlaringiz bilan baham: |