O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


-Rasm. Antidepressantlarning psixotrop ta’siri spektri xarakteristikasi



Download 30,26 Mb.
bet157/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

6.5-Rasm. Antidepressantlarning psixotrop ta’siri spektri xarakteristikasi.

Terapevtik dozalarida imizin qon bosimini tushirishi mumkin, hatto ortostatik kollaps bo‘lishi mumkin. Ruhiy holat tomonidan yuzaga chiqadigan noxush ta’sir ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: - kuchli rivojlangan sedativ ta’sir yoki bilaks, gallyusinatsiya, uyqusizlik, ruhiy qo‘zg‘alish. Imizin allergik dermatit, jigar xastaligi, tremor, bosh og‘rig‘i chaqirishi, tana massasini oshirishi mumkin.


Glaukoma, peshob xaltasining va MITning atoniyasida imizinni qo‘llash mumkin emas.
Bu dori vositani MAO ingibitorlari bilan birgalikda qo‘llanganda og‘ir zaharlanish rivojlanadi. Ketma-ket ishlatilganda esa orada interval 1,5-2 hafta bo’lishi kerak.
Amitriptilin (triptizol)-kimyoviy tuzilishi bo‘yicha imizinga o‘xshash. Farmakologik xossalari ham o‘xshash, lekin amitriptilinning ruhiyatni ko‘taruvchi (qo‘zg‘atuvchi) ta’siri yo‘q, yorqin psixosedativ ta’siri bor. Bundan tashqari amitriptilin M-xolinoblokatorlik va gistaminga qarshi ta’siri bo‘yicha imizindan ustun keladi. Amitriptilining kuchli antidepressiv xossasi, kuchli sedativ ta’sir bilan mujassamlangandir. Amitriptilin eng faol antidepressantdir. Ta’siri 10-14 kundan keyin yuzaga chiqadi. Noxush ta’siri va qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar imizinga o‘xshash.
Azafen (pipofezinum) – mo‘tadil antidepressiv va yorqin sedativ ta’sirga ega. Boshqa tritsiklik antidepressantlardan atropinsimon ta’sirining yo‘qligi bilan farq qiladi. Bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Noxush ta’siri juda oz. Azafen asosan yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi depressiyalarda qo‘llaniladi (ko‘proq qariyalarda).
Fluoksetin (prozak,frameks) kimyoviy tuzilishi bo`yicha fenoksipropilamin unumi hisoblanadi. Yuqori depressiyaga qarshi faollikka ega, uchsiklik antidepressant analogidir. Tasir effekti sekin yuzaga chiqadi(1-4 hafta). Fluoksetin uchsiklik antidepressantlardan sedativ tasiri yo`qligi, psixostimullovchi effekti yuzaga chiqishi, M-xolinoblakatorlik tasiri yo`qligi va adrenoretseptorlarga tasiri yo`qligi bilan farq qiladi. Fluoksetin qo`llanilganda gemodinamikada o`zgarish bo`lmaydi.Tana vaznini oshirmaydi, kam zaharli. Ichga qabul qilinganda MIT yaxshi so`riladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Metabolitlaridan biri norfluoksetin yuqori antidepressantlik faolligiga ega. Fluoksetinning ta’sir davomiyligi t1/2=1-3 kun (norfluoksetin 7-15 kun). Metobolitlari o`zgarmagan holda buyraklar orqali ajraladi. Nojo`ya tasirlaridan ishtahaning buzilishi, ko`ngil aynishi, serjahllik, bosh og`rig`i, uyqusizlik, terida toshmalar toshishi kuzatiladi. Flouksetinni MAO ga tanlamasdan tasir etuvchi preparatlar bilan qo`llash mumkin emas(serotonin sindromi-serotonin konsentrasiyasining oshib ketishi). Buning oqibatida hayot uchun xavfli bo`lgan mushaklar rigidligi, gipertermiya va yurak qon tomir kollapsi kelib chiqishi mumkin. Ovqat ingridientlari bilan fluoksetinning o`zaro tasiri kuzatilmaydi (MAO ga tanlamasdan ta`sir etuvchi preparatlardan farqli ravishda). Fluoksetin tibbiyot amaliyotida depressiv holatlarni davolashda keng qo`llaniladi.
Tibbiyot amaliyotida serotoninni neyronlararo qamal qilinishini ingibirlash uchun bir qancha yangi preparatlar-essitalopram, setralin, peroksiten va boshqa dorilar taklif qilingan. Essitalopram (siproleks, leksapro) yuqori tanlab ta’sir etish xususiyatiga ega. Ko’p retseptorlarga (serotoninli, dofaminli, adrenergik, gistaminli, muskarinli, opioidli, benzodiazepinli) ta’siri sezilmaydi. Ion kanallarining funksiyasini buzmaydi. Yaxshi so’riladi, ma’lum bir qismi jigarda metabolizmga uchraydi. Jigar yoki buyrakda preparat va uning metabolitlari chiqarib tashlanadi. Antidepressant effekti 2-4 haftadan keyin yuzaga chiqadi. Yaxshi o’kaziladi. Yomon ta’sirlaridan: ko’ngil aynishi, uyqu buzilishi, charchoqni yuzaga keltirishi kuzatilishi mumkin. Depressiya va vahima xurujlari holatlarida keng qo’llanishi mumkin. Setralin preparatining terapevtik effekti essitalopramnikiga o’xshash. Paroksetin (paksil) ham tanlab ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega. In vitro tajribalari Shuni ko’rsatdiki, paroksetin noradrenalinga qaraganda seratonni qayta so’rilishini 320 marta kuchliroq susaytiradi.(setralin 190 marta, fluoksetin 20 marta) Paroksetin yuqori antidepressantlik va anksiolitik aktivligiga ega. Unchalik katta bo’lmagan M-xolinoblokatorlik ta’sirga ega. Enteral yuborilganda to’liq so’riladi. Effekti 1-4 haftada yuzaga chiqadi. Davolash muolajalari oylab davom etishi depressiya tipiga bog’liq. Paroksetin yaxshi uzatiladi. Yomon effektlari kamdan-kam hollarda yuzaga chiqadi. Ko’ngil aynishi, bosh og’rig’i, ba’zan og’iz qurishi, uyquchanlik, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin. Shuningdek noradrenalinning neyronal qayta so’rilishini tanlab bloklovchi preparati -Maprotilin(ludiomil) sintezlangan. Farmokologik xususiyati, foydalanish uchun ko’rsatmalar imizinga o’xshash. Oshqozon ichak trakti orqali sekin so’riladi. Jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Maprotilin va uning metobolitlari asosan buyrak orqali chiqariladi. Shuningdek noradrenalinni neyronal so’rilishiga dezipramin ham ta’sir ko’rsatadi. Yuqorida aytib o’tilgandek, bu imizinning metobolitidir. Ta’sir ko’rsatish xarakteri ikkinchisiga analogdir. Oz miqdorda M-xolinoblokatorlik va sedativ ta’sirga ega.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish