O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


β adrenoretseptorlarni qamallovchi vositalar



Download 30,26 Mb.
bet115/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

β adrenoretseptorlarni qamallovchi vositalar


(β -adrenoblokatorlar)
Bu guruh moddalarning ko‘pchiligi kimyoviy tuzilishi jihatidan izadringa (β-adrenomimetik) o‘xshab ketadilar, lekin ular β-adrenoretseptorlar bilan birikib, qo‘zg‘atish chaqirmaydi, aksincha bloklaydilar va shu tufayli NAni retseptorlarga ta’sir qilishga yo‘l qo‘ymaydilar.
Anapirlin - β1 va β2 adrenoretseptorlarni qamal qiladi. Yurakdagi β-adreno­retseptorlarni qamal qilish tufayli yurakning urish tezligi va kuchini pasaytiradi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni va avtomatizmni susaytiradi. Skelet mushaklari, jigar va boshqa tomirlarning β-adrenoretseptorlarni qamal qilgani uchun, tomirlarning umumiy periferik qarshiligini kamaytiradi, qon bosimini pasaytiradi. Bunda dori vositaning yurak sistolik hajmini kamaytirish, renin miqdorini kamaytirish va MNS faolligini susaytirish kabi ta’sirlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bronxlarning β2-adreno­retseptorlarni bloklanishi tufayli anaprilin bronxospazmni rivojlantiradi, lekin miokardni kislorodga bo‘lgan talabini kamaytiradi. Dori vosita bachadon qisqarishini kuchaytiradi, glikoliz va lipolizni sekinlashtiradi. MITdan anaprilin tez so‘riladi. Qonda maks. konsentratsiyasi 1-1,5 soatdan keyin yuzaga chiqadi. Platsentar baryerdan oson o‘tadi. Anaprilin bilan davolash davomli bo‘ladi.
Qo‘llanilishi:

  • supraventrikular bo’lmacha hilpillovchi aritmiyasida

  • yurak ishemik xastaligida;

  • xafaqonlik xastaligida;

  • sinus va paraksizmal taxikardiya kabi aritmiyalarda;

  • ekstrasistoliyalarda;

  • tireotoksikoz (taxikardiyani bartaraf etishda);

  • diffuz toksik buqoq xastaligida (yurak-tomir, neyro-psixik o‘zgarishlarni bartaraf etishda);

  • bachadonni birlamchi xolsizligida, uni qisqarishini kuchaytirish va qo‘zg‘atish maqsadida;

  • tug‘ishdan keyingi asoratlarni oldini olish maqsadida (qon ketishini);

  • ochiq burchakli glaukomada, suyuqlik ishlab chiqarish susaytiradi (alohida dori formasi TOPIM ko‘z tomchisi).

Noxush ta’siri: umumiy xolsizlik, ko‘ngil aynash, qayt qilish, diareya, bradikardiya, bosh aylanishi, broxospazm, allergik reaksiyalar (teri qichishi) parishonxotirlik va fikr tezligini susayishi (mashina xaydash mumkin emas).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollar: Sinus bradikardiyasi, atrioventrikulyar qamal, gipotenziyalyar, kuchli rivojlanagan yurak yetishmovchiligida, bronxial astma, qandli diabet, homiladorlik, periferik qon aylanishining buzilishida, spastik kolitlarda. Oksprenolol (trazikor) - Ta’siri ji- xatidan anaprilinga yaqin, lekin yurak qisqarishining tezligi va kuchiga ta’siri sustroq. Simpatolitik faollikka ega. Bronxospazmni kamroq yuzaga keltiradi. Anaprilinga qaraganda, oksprenololni bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Anaprilinga o‘xshab qo‘llaniladi, noxush ta’siri ham unga o‘xshash.
Metoprolol-(korvitol, egilok) β1-adrenoreaktiv strukturalarni tanlab qamallovchi hisoblanadi. (kardioselektiv ta’siri). MITdan yaxshi so‘riladi. Ta’siri tahminan 5-6 soat davom etadi. jigardan o‘tish jarayonida ko‘p qismi parchalanadi, metabolitlari peshob tarkibida chaqiriladi.
Qo‘llanilishi: xafaqonlik, stenokardiya, aritmiyalar (supraventrikulyar taxikardiya-lar, bo‘lmachalar fibrilyatsiyasi, qorinchalar ekstrasistoliyasi), gipertireoidizm, infarktni oldini olish.
Noxush ta’sirlari: bosh og‘rig‘i, charchash, uyquni buzilishi, bronxlar tonusini oshishi, ayniqsa bronxial astmada.
Shunday xususiyatga ega moddalarga yana talinolol (kordanum), atenolol (tenormin) va bisoprolol (konkor) kiradi. β1-adrenoretseptorlarni qamal qilish davomiyligiga ko’ra moddalar quyidagicha ketma-ketlikka ega:bisoprolol (t1/2=10-12 s)>atenolol (t1/2=6-9 s) >talinolol (t1/2=6.6 s) >metoprolol (t1/2=3-3.5 s). Ko’rsatilganlardan bisoprolol kuniga 1 marta, qolgan vositalar 2-3 marta qabul qilinadi. β1-adrenoblokatorlardan-nebivolol (nebilet) qon tomirlarni kengaytirish xususiyatiga ega shuning uchun arterial gipertenziyada qo’llaniladi. β1-adrenoblokatorlar ochiq burchakli glaukomani davolashda muhim rol o’ynaydi. Mahalliy qo’llanilganda ular ko’z ichi suyuqligi produksiyasini susaytiradi unga bog’liq ko’z ichi bosimi ham pasayadi.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish