O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Adrenoretseptorlarni qo’zg’atuvchi vositalar(α, β -adrenomimetiklar)



Download 30,26 Mb.
bet111/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Adrenoretseptorlarni qo’zg’atuvchi vositalar(α, β -adrenomimetiklar).
Bu guruhning tipik vakili adrenalin (epinefrin) hisoblanadi. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra fenilalkilaminlarga kiradi. Adrenalin - buyrak usti bezining miya qismidagi xromaffin hujayralarida hosil bo‘ladigan gormon. Sintetik yo‘l bilan ham olingan. So‘yilgan qora mollarning buyrak usti bezidan ajratib olinadi.
Adrenalin α va β-adrenoretseptorlarni bevosita qo‘zg‘atadi. Fiziologik konsentratsiyalarida faqat β-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atadi, katta konsentratsiyalarda α adrenoretseptorlarni ham qo‘zg‘atadi. Buning natijasida yurak qisqarishlarining soni va kuchi ortadi (yurakning minutlik va sistolik hajmi ortadi), qon bosimi ko‘tariladi, ko‘z qorachig‘i kengayadi, lekin ko‘zning ichki bosimi oshmaydi, chunki tomirlar torayadi va suyuqlik ishlab chiqish pasayadi. Bronxlarning silliq musqo’llari bo‘shashadi. Agar bronxospazm bo‘lsa yo‘qo­ladi, MITning sfinkterlari tonusi oshadi, lekin a’zolar tonusi va harakati pasayadi. Qorataloq qisqaradi, undagi qon tomirlarga o‘tadi. Teri, ichak, buyrakning qon tomirlari torayadi, bosh miya, o‘pka, skelet mushaklar, yurak qon tomirlari kengayadi. Giperglikemiya va giperlipidimiya rivojlanadi. Yurak mushaklarining O2 ga bo‘lgan talabi ortadi. Qonda sut kislotasi miqdori ortadi. MNSni adrenalin qo‘zg‘atadi (bezovtalanish, tremor yuzaga keladi), MITda adrenalin parchalanib ketishi tufayli, uni faqat mahalliy yoki parenteral yo‘l bilan kiritiladi - (t/o, m/i, t/i), adrenalinning ta’siri davomli emas (5 min tomirga, 30 min mushakga kiritilsa), chunki ekstraneyronal yutiladi va parchalanadi.
Qo‘llanilishi:

  • anafilaktik shok (bronxlarni kengayishi, qon bosimi ko‘tarish uchun)

  • bronxial astma hurujlarini daf etish

  • gipoglikemik koma

  • mahalliy anesteziyada (qon tomirlarni toraytirish uchun)

  • ochiq burchakli glaukomada, ko‘z qorachig‘ini kengaytirish uchun.

Adrenalin yurak qorinchalari ekstrasistoliyasiga olib kelishi mumkin, ayniqsa miokardni unga sezgirligini oshiruvchi moddalar ta’sirida (ftorotan, siklopropan).
Noradrenalin – (levarterenol, noepinefrin) α va β adrenoretseptorlarni (kuchsizroq β2) bevosita qo‘zg‘atadi. qon bosimi kuchli, lekin qisqa vaqt oshadi (bir necha minut), chunki teri, shilliq qavatlari, MIT a’zolarini, buyrak qon tomirlarini toraytirib, ularning umumiy periferik qarshiligini oshiradi. β2-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atmaganligi sababidan NA ta’sirida adrenolinnikiga o‘xshab keyinroq qon bosimi pasaymaydi.
NA bradikardiyaga olib keladi, chunki karotid koptokchasidagi baroretseptorlar qo‘zg‘alib, reflektor yo‘l bilan adashgan nerv markazi qo‘zg‘aladi, lekin yurakning sistolik hajmini oshiradi. MNS, ichki a’zolarning mushaklariga va modda almashinuviga NA adrenalinga o‘xshab, lekin kuchsizroq ta’sir ko‘rsatadi. MITda NA parchalanganligi uchun uni parenteral yo‘l bilan kiritiladi. Teri ostiga kiritilganda, tomirlarni kuchli toraytirganidan, nerkozga olib keladi, shuning uchun tomir ichiga tomchilab, qon bosimini e’tiborga olgan holda kiritiladi.
Organizmda NA tez parchalanadi va uning qoldiqlari buyrak orqali peshob tarkibida ajraladi.
Organizmdagi NAning asosiy miqdori presinaptik membranada hosil bo‘ladi. Faqat 15% buyrak usti bezining miya qismida sintezlanadi.
Qo‘llanilishi: qon bosimini keskin pasaygan holatlarida (travmatik shoklar, xirurgik muolajalar va hokazo).
Noxush ta’sirlar: kamdan kam uchraydi (bosh og‘rig‘i, aritmiya, nafas olishning buzilishi).

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish