II. XUSUSIY FARMAKOLOGIYA Xususiy farmakologiyada har bir guruh dori vositalariga alohida tavsif beriladi, hamda ularning amaliy tibbiyotda ko‘proq ishlatiladigan vakillarining har birini farmakodinamikasi va farmakokinetikasiga yetarlicha to‘xtalib o‘tiladi.
NEYROTROP VOSITALAR Xususiy farmakologiyaning kata qismini markaziy hamda periferik nerv tizimi faoliyatini boshqaruvchi – neyrotrop vositalar tashkil etadi. Ular MNS va periferik innervatsiyaning sezuvchi (markazga intiluvchi) – afferent va bajaruvchi (markazdan qochuvchi) – efferent yo‘llarida qo‘zg‘alishlarning o‘tkazilishiga ta’sir etuvchi vositalardir. Ularning guruhlarga bo‘linishi (ta’snifi) asosan ta’sir lokalizatsiyasiga, ya’ni markaziy va periferik nerv tizimiga ta’sir qilishiga qarab amalga oshiriladi.
5.Periferik nerv tizimiga ta’sir etuvchi vositalar Periferik nerv tizimidagi reflektor yoyning tuzilishiga bog‘liq holda ushbu guruh vositalarini afferent va efferent innervatsiyaga ta’sir etuvchilar vositalarga bo‘lish mumkin.
5.1 Afferent nerv tizimiga ta’sir etuvchi vositalar Mazkur guruh vositalarining o‘zlari yana susaytiruvchi hamda kuchaytiruvchilarga bo‘linadi.
Afferent innervatsiyani bo’g`uvchi vositalar ta`siri quydagicha bo`lishi mumkin:
– Afferent nervlar oxirlarining sezuvchanligini pasaytiradi
– Ta`sirlovchi agentdan nerv oxirlarini himoya qiladi
–Afferent nerv tolasini o`tkazuvchanligini buzadi.
Rag`batlantiruvchi tipdagi vositalar esa, nerv oxirlarini tanlab qo`zg`atish xossasiga egalar.
5.1.1. Afferent nervlar oxirlarining sezuvchanligini susaytiruvchi yoki ularning qo‘zg‘alishiga to‘sqinlik qiluvchi vositalar Mazkur guruhga anesteziyalovchi30, burishtiruvchi, o‘rab oluvchi va adsorbsiyalovchi vositalar kiradi.
Anesteziyalovchi vositalar (mahalliy anestetiklar): Anesteziyalovchi vositalar mahalliy sezuvchanlikni bartaraf etadilar. Mazkur guruh vositalari birinchi navbatda og‘riq sezgisini bartaraf etganliklari uchun ham ular, asosan, mahalliy og‘riqni qoldirish (anesteziya) maqsadida qo‘llaniladi. Anesteziyaning chuqurlashib borishi natijasida sezuvchanlikning haroratni sezish va boshqa turlari ham asta-sekinlik bilan yo‘qolib boradi va oxirgi o‘rinda taktil va bosimni sezuvchi sezgilar yo‘qoladi.
Afferent nerv tolalari oxirlariga va nerv tolalariga ta’sir etish orqali ular qo‘zg‘alish impulslarining o‘tkazilishiga va tarqalishiga to‘sqinlik qiladilar. Ularning ta’sir mexanizmi asosan potensialga bog‘liq bo‘lgan natriy kanallarini bloklashlari orqali yuzaga chiqadi(1.1-rasm).