O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Dori bilan davolashning asosiy turlari



Download 30,26 Mb.
bet76/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

3. Dori bilan davolashning asosiy turlari.
Odatda dori bilan davolashning 4 ta turi tafovut qilinadi:
1. Profilaktik22 terapiya – bu kasallik kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan davo turi bo‘lib, bu maqsadda asosan dezinfeksiyalovchi va ximioterapevtik vositalar qo‘llaniladi. Shuningdek, turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan profilaktik emlashlarni ham mazkur davolash turiga misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin.
2. Etiotrop23 (kauzal24) terapiya – kasallikni keltirib chiqargan omilga qarshi kuraShuvchi davo turi bo‘lib, unga antibiotiklarni, silga, zahmga, gijjaga, sodda jonivorlarga qarshi va turli kimyoviy tuzilishli antibakterial vositalarni qo‘llashni misol qilib keltirish mumkin.
3. Simptomatik terapiya – asosan kasallik yoki patologik holat keltirib chiqaradigan turli noxush simptomlarni (belgilarni) bartaraf etish uchun qo‘llaniladigan davo turi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, og‘riqni bartaraf etish. Og‘riqning kelib chiqishida asosan prostaglandinlar sintezlanishi asosiy o‘rinni egallaydi. Dori vositalar ta’sirida ular sintezining buzilishi esa patogenetik25 terapiya bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun u ko‘pincha patogenetik terapiya rolini ham bajaradi.
4. O‘rin bosuvchi terapiya – organizmdagi biogen tabiatli moddalar yetishmasligida qo‘llaniluvchi davo turi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, qandli diabetda insulinning, gipotireozda yod dori vositalarining, gipo- yoki avitaminozda vitamin dori vositalarining qo‘llanilishi. Bunda o‘rin bosuvchi dori vosita kasallikning turiga bog‘liq holda oylar yoki yillar davomida qo‘llanilishi ham mumkin.
4.Dori vositalari bilan o‘tkir zaharlanishlarni davolashning umumiy tamoyillari.
Turli kimyoviy birikmalar bilan, Shu jumladan dori vositalari bilan ham, o‘tkir zaharlanish holatlari juda ham ko‘p uchrab turadi. Bunday zaharlanishlar yoki dori vositalarining bilmasdan, yoki qasddan o‘z o‘zini o‘ldirish (suitsidal26) maqsadida dozasini oshirib yuborish natijasida, yoxud kasbga bog‘liq holatlarda yuzaga chiqishi mumkin. Ko‘pincha o‘tkir zaharlanishlar nikotindan, etil spirtidan, narkotik va nonarkotik analgetiklardan, narkotik turdagi uxlatuvchi hamda psixotrop vositalardan va Shuningdek, hasharotlarga qarshi qo‘llaniladigan fosfor organik birikmalardan va b. kelib chiqishi mumkin.
Hozirgi kunda turli kimyoviy birikmalardan zaharlangan bemorlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida va uning viloyatlardagi filiallarida toksikologiya bo‘limlari tashkil qilingan. O‘tkir zaharlanishlarda shifokorning asosiy vazifasi zaharlovchi moddani iloji boricha zudlik bilan organizmdan chiqib ketishiga erishishdir. O‘ta og‘ir zaharlanishlarda dastlab reanimatsiya bo‘limlarida bemorni jonlantirish ishlari umumterapevtik davo bilan birgalikda olib boriladi va keyin zaharlovchi moddaning organizmdan chiqib ketishiga qaratilgan majmuaviy davo muolajalari o‘tkaziladi. Bunda asosiy e’tibor hayot uchun zarur bo‘lgan a’zolar (yurak-qon tomir va nafas tizimi) faoliyatini saqlab qolishga qaratiladi.
Zaharli moddalarni organizmdan chiqarib tashlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • Zaharlovchi moddaning asosiy so‘rilish joylaridan qonga o‘tishiga to‘sqinlik qilish;

  • Agarda zaharlovchi modda qisman yoki to‘liq so‘rilgan bo‘lsa, u holda uning organizmdan chiqarib yuborilishini tezlashtirish;

  • Zaharlovchi moddaga nisbatan ziddizahar (antidot) larni qo‘llash orqali uning faolsizlanishiga erishish;

  • Zaharlovchi modda keltirib chiqargan salbiy oqibatlarni bartaraf etish;

  • Har qanday sharoitlarda dori moddalar bilan o‘tkir zaharlanishlarning oldini olish.

Talabalarga tushinish oson bo‘lishi uchun sanab o‘tilgan har bir tamoyil to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish