Silga qarshi III guruh vositalari
(Sintetik vositalar)
Bu silga qarshi zahira vositalar har xil kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan birikmalar bilan namoyish etilgan. Ularga PASK va tioatsetazon (moddalarning tuzilishaga qarang) talluqli. Ushbu moddalarni har birini boshqa dori vositalar bilan birgalikda qo‘llashadi.
Para-aminosalitsilat natriy (PASK) sil mikobakteriyasiga bakteriostatik ta'sir ko‘rsatadi. Uning ta'sir mexanizmi sil mikobakteriyasining rivojlanishi va ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan paraaminobenzoy kislotasi bilan raqobatiga asoslangan. Boshqa mikroorganizmlarga u ta'sir etmaydi. PASK ning faolligi yuqori emas. Shu sababli uning faqat boshqa, unga nisbatan faolroq bo‘lgan dori vositalar bilan birgalikda (kombinatsiya) qo‘llashadi. Qayd etilganidek, PASK ga turg‘unlik sekin rivojlanadi.
PASK ovqat hazm qilish traktidan yaxshi so‘riladi. Seroz bo‘shliqlarida keraklicha miqdorda to‘planadi. GEB dan oz darajada o‘tadi. Qon zardobida 6 soatdan keyin juda kichik konsentratsiyada aniqlanadi. Organizmdan o‘zgarmagan holda, hamda metabolitlar va kon'yugatlar (asosan PASK ning atsetillangan hosilasi) ko‘rinishida buyrak orqali ajraladi. Kiritilgan dozani 6 soat mobaynida tahminan 60 %, 24 soat ichida esa tahminan 90 % ajraladi. Silning hamma shakllarida qo‘llaniladi. Odatda ichiladi, ba'zida tomirga kiritishning zaruriyati tug‘iladi. Noxush ta'sirotlaridan eng ko‘p uchraydigani, mahalliy qo‘zg‘atuvchanlik xossasi bilan bog‘liq dispepsiyadir. Bunda ko‘ngil aynash, qayt qilish, diareya, qorin sohasida og‘riq, ishtahani buzilishi, kamdan kam hollarda, agranulotsitoz, gepatit, kristalluriya rivojlanadi. Ko‘pgina bemorlarda gipotireoz belgilar bilan kechuvchi bo‘qoq aniqlanadi. Allergiya bilan bog‘liq terida o‘zgarishlar, istmalash, artritlar, eozinofiliya va boshqalar bo‘lish mumkin.
Tioatsetazon (tibon, konteben)ning mikroblarga qarshi ta'sir spektri sil mikobakteriyasi va moxov qo‘zg‘atuvchisi bilan chegaralangan. Silga qarshi faolligi bo‘yicha tioatsetazon I va II guruh dori vositalaridan kuchsiz. Tioatsetazonga sil mikobakteriyasining chidamliligi nisbatan sekin rivojlanadi.
MIT dan dori vosita yaxshi so‘riladi. Qisman jigarda faolsizlanadi. Organizmdan 1 sutka davomida ajraladi. Dori vositaning ko‘p qismi buyrak orqali chiqariladi.Tioatsetazonni enteral yo‘l bilan asosan o‘pkadan tashqaridagi silni davolashda (shilliq qavatlar va seroz pardalar, limfatik tugunlar sili) qo‘llaniladi. Bir qator hollarda tioatsetazonni moxovni davolash uchun buyuriladi.
Tioatsetazonni qo‘llash qon hosil qilish, jigar va buyrak funksiyalarining holatini muntazam nazorat qilib borishni talab qiladi.
Dori vositalar
Nomi
|
Kattalar uchun o‘rtacha terapevtik doza, kiritish yo‘li
|
Chiqarish shakllari
|
Izoniazid - Isoniazidum
|
Enteral 0,3 g. Tomirga tomchilab 0,02-0,15 g/kg (0,2% eritma)
|
Sochma,tabletka - 0,1; 0,2 va 0,3 g
10 % eritma amp. 5 ml dan
|
Rifampitsin -Rifampicinum
|
Enteral 0,45 g
Tomirga 0,3-0,9 g
|
Kaps. 0,05 va 0,15 g
Amp. 0,15 g (ex temporae)
|
Etambutol - Ethambutolum
|
Enteral 0,025 g/kg
|
Tabl. 0,1; 0,2 va 0,4 g
|
Etionamid - Ethionamide
|
Enteral 0,25 g
|
Tabl. 0,25 g (qobiqli)
|
Protionamid - Protionamide
|
Enteral 0,25 g
|
Tabl.(draje) 0,25 g
|
Sikloserin - Cycloserinum
|
Enteral 0,25 g
|
Tabl. kapsula - 0,25 g
|
Pirazinamid - Pirazinamide
|
Enteral 1 g
|
Tabl. 0,5 va 0,75 g
|
Kanamitsin sulfat - Kanamycini sulfas
|
Mushakga 1 g
Ingalyatsiya 0,25-0,5 g
|
Flakonda 0,5 va 1 g (ex temporae)
Ampulada 5% - 5 va 10 ml
|
Florimitsin sulfat – Florimycini sulfas
|
Mushakga 0,5-1 g
|
Flakonda 0,5 va 1 g
|
Para-aminosalitsilat natriy – Natrii para-aminosalicylas
|
Enteral 3-4
Tomirga 3 % - 250 ml
|
Tabl. 0,5 g
Flakonda 3%-250 va 500 ml
|
Tioatsetazon – Thioaceta zonum
|
Enteral 0,05 g
|
Tabl. 0,025 va 0,05 g
|
Tioatsetazonning zaharliligi ancha yuqori. U qon hosil qilish (anemiya, leykopeniya, agronulotsitoz), buyrak (albuminuriya, silindruriya) va jigar (sariq atrofiyagacha) tomonidan nisbatan ko‘p noxush o‘zgarishlar rivojlantiradi. Bundan tashqari uni qo‘llaganda dispepsiya, allergiya va boshqa salbiy ta'sirotlar yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |