O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet301/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Biguanidlar guruhidan tabobat amaliyotida m e t f o r m i n (siofor) qo‘llaniladi. Uning ta'sir mexanizmi aniq emas. Metforminni jigarda glyukoneogenezni to’xtatish xossasi asosiy hisoblanadi. U mushaklarni glukozani shimib olishiga imkon beradi deb hisoblashadi, ammo bu glikogen hosil bo‘lishiga olib kelmaydi. Mushaklarda sut kislotasi to‘planib qoladi (anaerob glikolizni kuchaytirishi tufayli bo‘lsa kerak). Glyukozani yog‘ to‘qimasiga shimilishi ham kuchayadi. Metformin ichakda uglevodlarni so‘rilishini oz miqdorda bo‘lsa ham kamaytirishi haqida ma'lumot mavjud.
Anoreksigen ta'siri hisobiga metformin tana vaznini kamytiradi. Qon zardobida triglitserid va xolesterini miqdorini biroz kamaytiradi. Ichakdan yaxshi so‘riladi. Qonga dori vositaning 50-60 % o‘tadi. Organizmda metabolizmga uchramaydi, zardob oqsillari bilan bog‘lanmaydi. O‘zgarmagan holda asosan buyrak orqali ajraladi. T½ = 1,5 – 3 soat. Kuniga 2-3 marta kiritiladi. Noxush asoratlari tez-tez me'da ichak trakti tomonidan yuzaga chiqadi (ko‘ngil aynash, qayt qilish, dispepsiya, og‘izda temir mazasini sezish, diareya va boshqalar). Sulfanil mochevina hosilalaridan farq qilib metforminni qo‘llaganda gipoglikemiya juda kam hollarda qayd etiladi.
Sut kislotasi ortishi tufayli rivojlanadigan atsidoz sanoqli bemorlarda kuzatilsa ham jiddiy asorat hisoblanadi. Bundan xoli bo‘lish uchun dori vositani minimal samarador dozalarda qo‘llash va buyrak yetishmovchiligida qo‘llamaslik lozim.
Metmorfin 2-tip qandli diabetda qo‘llaniladi. Metmorfin ko‘pincha ta'sir mexanizmi boshqacha bo‘lgan gipoglikemik vositalar bilan birga qo‘llaniladi. Masalan, glibenklamid va metmorfindan iborat g l i b o m e t dori vositasi ishlab chiqariladi.
Hozirgi vaqtda yangi tipdagi yangi tipdagi diabetga qarshi vositalarda qo‘llanila boshlandi, ular hujayralarning insulinga nisbatan sezgirligini oshirish xususiyatiga ega. Ushbu dori vositalar (tiazolidindion unumlari bo‘lmish r o z i g l i t a z o n va p i o g l i t a z o n ) endogen insulin hosil bo‘lishini yetishmovchiligida va unga rezistentlik4 rivojlanganda ahamiyatlidirlar. Bu dori vositalar yadroda joylashgan maxsus retseptorlar bilan bog‘lanib, ba'zi insulinga sezgir genlar transkripsiyasini oshiradilar va natijada insulinga bo‘lgan rezistentlik kamayadi. To‘qimalarda glyukozani, yog‘ kislotalarini yutib olish ortadi, lipogenez kuchayadi, glyukoneogenez kamayadi.
Ichakda uglevodlarni so‘rilishini qiyinlashtiruvchi dori vositalar yaratilishi qandli diabetni davolashda yangi yo‘nalish hisoblanadi. Shunday dori vositalardan biri a k a r b o z a d i r . Uning ta'sir printsipi ichak fermenti α-glyukozidazani qamallashdir. Bu (laktozadan boshqa) ko‘pgina uglevodlarni so‘rilishini to‘xtatadi. Hazm bo‘lmagan uglevodlarning (kraxmal, sukraza, dekstrinlar, maltozalar) ortig‘idan ko‘p miqdori yo‘g‘on ichakda to‘lanadi va u yerdagi mikroorganizmlar ta'sirida gaz hosil bo‘lishi bilan parchalanadilar. Odatda 20-30% bemorlarda meteorizm kuzatiladi. Tahminan 3% bemorlarda kuchli diareya rivojlanadi.
Akarboza bilan monoterapiya (ovqatlanishning avvalida qabul qilinadi) o‘tkazilganda yuqori darajadagi gipoglikemiya rivojlanmaydi. Ammo uni insulin yoki sulfonilmochevina unumlari bilan birgallikda qo‘llaganda gipoglikemik ta'sir kuchayadi. Akarboza ichakdan yomon so‘riladi. Shu sababli u metformin absorbsiyasini buzadi, Shunga ko‘ra ularni birgalikda qo‘llash samarasizdir.
Gipoglikemik vositalarni qonda va peshobdagi qand miqdorini o‘zgarishiga qarab dozalanadi. Har bir bemor uchun dori vositalarning muntazam qo‘llaganda qondagi miqdorini kerakli miqdorda turg‘un bo‘lishini ta'minlovchi dozasini individual tanlash lozim. Gipoglikemik vositalarni uglevodlar miqdori cheklangan parhez taom bilan birgallikda qo‘llash lozim.
Ko‘pgina diabetga qarshi vositalarni qo‘llashda yuzaga chiquvchi asosiy asorat –gipoglikemiya hisoblanadi. U asosan dori vosita dozasi oshirib yuborilishi yoki parxezni buzilishi tufayli yuzaga keladi. Og‘ir holatlarda gipoglikemik shok rivojlanishi mumkin. yengil darajadagi gipoglikemiyani qand yoki uglevodlarga boy bo‘lgan taom bilan bartaraf etish mumkin. Kerak hollarda parenteral yo‘l bilan glyukoza kiritiladi. Adrenalin va glyukagonlar ham giperglikemiyani rivojlantiradilar.
_____________________________________
1 ingizchada prandial –ovqatlanish bilan bog‘liq. Post prandial – ovqatlanishdan so‘ng rivojla nuvchi.
2 GIP –glucose-dependent insulinotropic peptide – so‘zidan olingan
3 GLP-1 – glucogon – lice peptide – so‘zidan olingan.
4 Jigarga Idiosinkraziya bilan bog‘liq gepatotoksik ta'sirga ega bo‘lgan troglitazon bu guruhning birinchi dori vositasi hisoblanadi. Shu sababli ushbu dori vosita samarador bo‘lishiga qaramay uni qo‘llash to‘xtatilgan. Ingliz tilidagi adabiyotlarda bunday dori vositalar ko‘pincha “insulin sensitizers” nomi bilan atalgan.
Qandli diabetda glyukozaning zaharli ta'sirlarini (neyropatiya, retinopatiya, nefropatiya) kamaytiruvchi vositalarni izlab topish dolzarb yo‘nalishlardandir. Noxush asoratlar glyukozadan organizmda fruktozaga va keyinchalik sorbitolga aylanishi bilan bog‘liq ekanligini hisobga olganda ushbu metabolitik yo‘lni qamallash maqsadga muvofiqdir. Shu maqsadda aldozreduktoza (qandlarni poliollarga aylantiruvchi ferment) ning birinchi ingibitorlari yaratilgan bo‘lsa ham, ularning klinik ahamiyatini baholash Hozircha qiyin. Me'da osti bezining gormoni bo‘lmish glyukogonni Langergans orolchalarining maxsus A-hujayralari ishlab chiqaradi. 29 ta aminokislotalarning qoldiqlaridan iborat polipep-tiddir. Glyukagonga o‘xshagan enteroglyukagon 12 barmoqli va ingichka ichak, hamda me'da devorida aniqlangan. Glyukagonni ishlab chiqarilishi qonda glyukoza miqdori, ovqat tarkibi va ichak gormonlari bilan boshqariladi. Glyukagon qisqa ta'sirga ega, chunki jigar, buyrak, qon va boshqa to‘qimalarning glyukagonazasi bilan tez parchalanadi (qon zardobidagi konsentratsiyasi 50% gacha 7 min.dan kamroq vaqtda tushadi) Glyukagonning uglevod almashinuviga ta'siri giperglikemiyada namoyon bo‘ladi. Bu jigarda glikogenoliz va glikoneogenezni kuchayishi bilan bog‘liq. Glyukagonning ta'siri uning Gs oqsillari bilan bog‘liq spetsifik retseptorlar bilan bog‘lanish xossasiga asoslangan. Bunda adenilatsiklaza faollashib s-AMF miqdori ortishi natijasida fosforilaza faollashadi va glikogensintaza susayadi. Jigardan glyukozani ajralishi ko‘payadi. Bir vaqtning o‘zida glikoneogenez-glyukozani uglevod bo‘lmagani prekurzorlaridan (laktat, piruvat, bir qancha aminokislotalar va boshqa birikmalardan) hosil bo‘lishi kuchayadi.
Glyukogon yurak-tomir sistemasiga ham kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Glyukagonning asosiy ta'sirlari: ijobiy inotrop, taxikardiya, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni yengillashishidir. Glyukagon miokardning qisqarish faollligini oshiradi.U esa yurakni siqib chiqarayotgan qon hajmini ko‘payishiga olib keladi. Glyukagon ta'sirida qorinchalar aritmiyasi rivojlanmaydi.
Glyukagon miokardda s-AMF miqdorini oshiradi. Glyukagon miokard adenilatsiklazasiga rag‘batlantiruvchi ta'siri α-adrenoblokatorlar bilan daf etilmasligi glyukagon va katexolaminlar uchun alohida-alohida retseptorlar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, glyukagon buyrak usti bezining miya qismidan adrenalin ajralishini oshiradi, o‘sish gormoni va kalsitonin sekretsiyasini kuchaytiradi (gipokaltsemiya va giperkaltsiuriya rivojlanadi).
Glyukagon kam qo‘llaniladi. Gipoglikemik komada parenteral kiritiladi, yurak yetishmovchiligida va kardiogen karaxtlikda kon tomirga kiritiladi. Keyingi ikki holda glyukagon ta'sirining qisqaligi hal etuvchi omil hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda kardiotonik ta'siri yurak tomonidan kislorod sarflanishini ortishi bilan kechishini nazarda tutmoq lozim.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish