O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet297/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Kalsitonin (tirokalsitonin)
Kalsitonin asosan qalqonsimon bezning maxsus hujayralarida ishlab chiqariladi. U 32 ta aminokislotalardan iborat bo‘lgan polipeptid. Kalsitoninning sekretsiyasi qondagi kalsiy ionlari miqdoriga bog‘liq. Kalsitonin kalsiy almashinuvini boshqarishda qatnashadi (8.4-rasm). Uning asosiy ta'siri – suyaklarda dekalsifikatsiya jarayonini susaytirishdir. Ichakdan kalsiy ionlarini so‘rilishiga va ularni buyrak orqali ajralishiga kalsitonin ta'sir ko‘rsatmaydi. Sintetik, odam organizmi kalsitonini (sibakalsin) olingan.

Lasosning kalsitonini sintezlangan bo‘lib, m i a k a l s i k nomi bilan chiqarilmoqda. Faolligi bo‘yicha insonning kalsitoninidan 30-40 marta ustun keladi va davomliroq ta'sir etadi.


Kalsitonin cho‘chqalarning qalqonsimon bezidan olinadigan k a l s i t r i n dori vositai tarkibida ham bor. Kalsitoninni ostioporozlarda (m-n: davomli immobilizatsiya tufayli, qariyalardagi, glyukokortiko-idlarni davomli qo‘llaganda) hamda nefrokalsinozda qo‘llaniladi.
Qalqonsimon oldi bez dori vositalari
Qalqosimon bez yonidagi bezlar paratgormonni ajratadilar. U 84 ta aminokislota qoldig‘idan iborat polipeptid bo‘lib, uni ishlab chiqarilishi qondagi kalsiy ionlarining miqdori bilan belgilanadi.
Paratgormon ta'sirining asosiy ko‘rinishi - kalsiy va fosfor almashinuviga ta'sir etish bo‘lib, suyaklarda dekalsifikatsiya jarayonini kuchaytirib ajralgan kalsiy ionlarini qonga o‘tkazadi hamda me'da-ichak traktidan kalsiy ionlarini so‘rilishini osonlashtiradi. Ichakdan kalsiy ionlarini so‘rilishini kuchayishi paratgormoning bevosita emas, balki bilvosita ta'siri bo‘lib, uning ta'sirida kalsiytriol hosil bo‘lishining ortishi bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Ma'lumki kalsitriol vitamin D3 (xolekalseferol) ni eng faol metobolitidir. Paratgormon buyrak naychalarida kalsiy ionlarini qayta so‘rilishini kuchaytiradi (4-rasmga qarang). Natijada qonda kalsiy ionlarining miqdori ortadi.
Qonda fosfor miqdori ozayadi1, chunki uni buyrak naychalarida qayta so‘rilishi kamayadi.
Tabobat amaliyotida so‘yilgan qora mollarning qalqonsimon bez yonidagi bezlaridan olinadigan p a r a t i r e o d i n dori vositai qo‘llaniladi. Ushbu dori vositaning biologik faolligini itlarda qonda kalsiy ionlari miqdorini oshirish xossasi asosida aniqlanadi.
Paratireoidinning ta'siri tahminan 4 soatdan keyin boshlanib, 24 soatgacha davom etadi. U asosan surunkali gipoparatireozda, spazmafiliyada2 qo‘llaniladi. Teri osti va mushak ichiga kiritiladi. Ta'sir birligida (TB) dozalanadi. O‘tkir gipoparatireoz (tetoniya) ni kalsiy dori vositalari (tomir ichiga) ni paratireodin bilan birgallikda qo‘llash bilan davolash maqsadga muvofiqdir. Ta'siri ancha kech boshlanishini e'tiborga olganda ushbu xastalikni faqat paratireodin bilan davolash kerakli natija bermaydi.
______________________________________________
1 Bir qancha olimlar fosfor (fosforlar nazarda tutilmoqda) almashinuvidagi o‘zgarishlar birlamchi bo‘ladi deb hisoblaydilar
2 Bolalarda uchraydigan xastalik bo‘lib, gipokalsemiya va tirishish bilan kechadi.
Dori vositalar

Nomi

Kattalar uchun o’rtacha terapevtik dozasi va qo’llash usuli

Chiqarish shakllari

Qalqonsimon bez gormonlarining dori vositalari

L- Tiroksin-
L-Thyroxine

Ichishga 0,000025–0,0001 g

Tabletkalar 0, 00005 va 0,0001g

Triyodtironin gidroxlorid-Triiodthyronini hydrochloridum

Ichishga 0,00001 – 0,00002 g

0,00002 va 0,00005 g li tabletkalar

Treoidin-Thyreoidinum




0,5 g dan tabletka va kukunlar, 0,1 va 0,2 g maxsus qobiqli tabletka

Kalsitrin-Calcitrinum

Mushak orasiga va teri ostiga 1-5 TB

10 – 15 TB steril, liofillangan kukun tutgan flakonlar (in'eksiya uchun mo‘ljallangan suvda eritiladi).

Antireoid vositalar

Merkazolil - Mercazolilum

Ichishga 0,005 g

0,005 g dan tabletkalar

Qalqonsimon bez oldi bezlar dori vositai

Paratireoidin –
Parathyreoidinum

Teri ostiga va mushak orasiga 1-2 ml

1 ml (20 TB) dan ampulalarda



Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish