O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Butamid 2. Ta'siri davomli bo‘lgan dori vositalar (24- 60 s) Xlorpropamid, Glibenklamid, Glipizid



Download 30,26 Mb.
bet299/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Butamid
2. Ta'siri davomli bo‘lgan dori vositalar (24- 60 s)
Xlorpropamid, Glibenklamid, Glipizid
P. Biguanid unumlari
Metformin
Sulfanil mochevina hosilalarining gipoglikemik ta'sir mexanizmi ularning ATFga tobe bo‘lgan K+ - kanallarini qamal qilish xossalari bilan bog‘liq (2 chizma). Bu potensialga bog‘liq Ca2+ kanallarini ochilib hujayra ichida kalsiy ionlari miqdorini ko’payishiga va B-hujayralardan insulin ajralishini kuchayishiga olib keladi. Bunda B-hujayralarning insulinni ishlab chiqarilishini rag‘batlantiruchi glyukoza va aminokislotalarga bo‘lgan sezgirligi ortadi. Shunday qilib, ushbu dori vositalar insulin sekretsiyasini bilvosita ta'sir tufayli kuchaytiradilar. Sulfonil mochevina unumlari ovqat hazm qilish traktidan tez va to‘liq so‘riladilar. Bu guruh dori vositalarining birinchisi b u t a m i d (tolbutamid, rastinon) hisoblanadi. 6-12 soat ta’sir qiladi, lekin aktivligi pastroq.
Butamidni bemorlar yaxshi qabul qiladilar, ammo uni qo’llaganda noxush ta'sirotlar rivojlanishi mumkin (dispepsik o‘zgarishlar, allergik reaksiyalar, kamdan-kam holatlarda – leykopeniya, trombotsitopeniya, gepatotoksik ta'sir). Butamidga o‘rganish (ko‘nikish) rivojlanishi mumkin.
Sxema. Sulfonil mochevina unumlarining gipoglikemik ta'sirining mexanizmlari

Sulfonilmochevina unumlari
(xlorpropamid va boshqalar)


Langergans orolchalarining
B-hujayralarini ATFga tobe
bo‘lgan K+ kanallarini qamallanishi

B-hujayralar membranasining
depolyarizatsiyalanishi

B-hujayralarning potensialga tobe
bo‘lgan Ca2+ kanallarini ochilishi

Ca2+ ni B- hujayra ichiga kirishi


Insulinni ajralishi

Xlorpropamid (diabaril, oradian) butamiddan faolligini yuqoriligi va ta'sirini davomliligi bilan farq qiladi. Organizmda faol metabolitlar hosil qilish bilan kechuvchi biotransformatsiyaga uchraydi. Xlorpropamid va uning metabolitlari buyrak orqali ajraladi. Xlorpropamid boshqa sulfanilamidlarga nisbatan ko‘proq turli xil noxush asoratlar keltirib chiqardi. Jumladan, etil spirtini metabolizmi buzilishi tufayli uni qabul qilganda yuz terisini qizarib ketishi va boshqa ko‘tara olmaslik belgilari yuzaga keladi. Organizmda suvni ushlanib qolishi va giponatriyemiya, dispepsik buzilishlar, terida allergik reaksiyalar, xolestaz, kamdan-kam holatlarda qon hosil bo‘lishini susayishi kuzatiladi.



Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish