O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar



Download 30,26 Mb.
bet288/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar.
Preparat komponentlariga bo'lgan yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo'llash.
Neyromultivit qo'llashni tajribasi chaklangan bo'lganligi uchun uni homiladorlik davrida va emizishda buyurish tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ko'rsatmalar. Preparatni yuqori dozalari bilan 4 haftadan ortiq muddat davomida davolash tavsiya qilinmaydi.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri.
Neyromultivit levodopani parkinsonizmga qarshi samarasini pasaytiradi. Etanol tiamin so'rilishini keskin pasaytiradi. Neyromul`tivit qabul qilish vaqtida tarkibida V guruhi vitaminlari bo'lgan polivitamin komplekslarini qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Qo'llash usuli va dozalari.
Tabletkalar ovqatdan keyin, chaynamasdan va ko'p bo'lmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinad. Odatda 1 tabletkadan sutkada 1-3 marta buyuriladi. Kurs davomiyligi –shifokor tavsiyasi bo'yicha.
Nojo'ya ta'siri. Neyromul`tivit bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. Yakka hollarda ko'ngil aynashi, taxikardiya, qichishish va urtikar toshmalar ko'rinishidagi teri reaktsiyalari uchrashi mumkin.
Dozani oshirib yuborish. Amalda ehtimoli kam, hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborish hollari haqida xabarlar berilmagan.


12.Moddalar almashinuvini boshqaruvchi dori vositalari
12.1.Oqsil popipeptid tuzilishga ega bo’lgan gormonal dori vositalar
Gormonlar­ (hormao-grekcha so‘z bo‘lib, qo‘zg‘ataman ma'nosida qo‘llaniladi) – endokrin bezlar va har xil to‘qimalardagi maxsus hujayralar to‘plami ishlab chiqaradigan biologik faol moddalardir. Ular organizmning turli xil funksiyalarini gumoral boshqarishda juda muhim rol o‘ynaydilar. Bundan tashqari ayrim gormonlar neyromodulyatorlar bo‘lib xizmat qiladilar.Ushbu bobda faqat endokrin bezlarda ishlab chiqariladigan gormonlar ko‘rib chiqiladi. Gormonlarning ahamiyati ayniqsa u yoki bu endokrin bezining gipofunksiyasida yorqin namoyon bo‘ladi. Jumladan me'da osti bezi Langergans orolchalarining yetishmovchiligida qandli diabet, qalqonsimon bez oldidagi bezlar yetishmovchiligida tirishish bilan kechuvchi gipokalsemiya, gipofizning orqa bo‘lagidan ajraluvchi antidiuretik gormon yetishmovchiligida – qandsiz diabet rivojlanadi.
Shu bilan bir qatorda gormonlarni ortiqcha ishlab chiqarilishi tufayli rivojlanadigan xastaliklar ma'lum. Jumladan, qalqonsimon bezning giperfunksiyasi gipertireoz (Bazedov xastaligi), gipofizning oldingi bo‘lagidan somatotrop gormonni ortiqcha ajralishida gigantizm, akromegaliya rivojlanadi.
Ichki sekretsiya bezlarining yetishmovchiligida odatda gormon dori vositalarini qo‘llash tavsiya etiladi. Ushbu holatda o‘rnini olishga asoslangan davolash zarurati tug‘iladi va dori vositani berish davomiyligi endokrin bez gipofunksiyasining davomiyligi bilan aniqlanadi. Bundan tashqari gormonlar ishlab chiqarishni kuchaytiruvchi vositalar ham qo‘llaniladi.
Gormon dori vositalarini sintetik yo‘l bilan hamda hayvonlarning a'zolari va peshobidan olinadi (keyingi yo‘l bilan olinsa, ko‘pgina dori vositalarning faolligi biologik standartlashtirish orqali aniqlanadi va ta'sir birligida TB-belgilanadi). Hozirgi vaqtda gormonlarni olish uchun gen muxandisligi uslubi keng qo‘llanilmoqda. Shu bilan bir qatorda tabiiy gormonlarning ko‘p miqdorda hosilalari yoki tuzilishi jihatdan tabiiy gormonlardan farq qiluvchi sintetik birikmalar yaratilgan. Qator gormonlarning antagonistlari olingan bo‘lib, ular kerakli retseptorlar bosqichida gormonlar ta'sirini bartaraf etadilar (masalan, jinsiy gormonlar antagonistlari).
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha gormonlar quyidagi guruhlarga bo‘linadilar.
1) oqsil va peptid tuzilishiga ega moddalar- gipotalamus, gipofiz, qalqonsimon bez oldi va me'da osti gormonlari dori vositalari, kalsito nin;
2) aminokislotalar hosilalari- qalqonsimon bez, epifiz gormonlarining dori vositalari;
3) steroid tuzilishli – buyrak usti bezining po‘stloq qavati va jinsiy bezlar gormonlarining dori vositalari;
Endokrin bezlar giperfunksiyasida tegishli retseptorlarni qamal qiluvchi yoki gormonlar sintezini susaytiruvchi antagonistlar qo‘llaniladi.
Gormonlarning birlamchi ta'siri sitoplazmatik membrana yoki hujayra ichi darajasida amalga oshadi. Ba'zi gormonlar (oqsil va peptid tuzilishli) hujayra membranasining tashqi yuzasida o‘rnashgan faqat o‘ziga xos retseptorlarga ta'sir ko‘rsatadilar. Bu retseptorlarning ko‘plari adenilatsiklaza bilan bog‘liq bo‘lib, uning faolligini o‘zgarishi hujayra ichidagi sAMF miqdorini belgilaydi. Ko‘proq gormonlar adeniladsiklaza faolligini kuchaytirib, sAMF miqdorini oshiradilar. SAMF miqdorini fosfodiesteraza faolligini susaytirish hisobiga ham oshirish mumkin, chunki fosfodiesteraza sAMF ni parchalaydi. Ammo bunday ta'sir triyodtironinga xosdir, shunda ham uning juda katta dozasida yuzaga chiqadi. SAMF o‘z navbatida proteinkinazani faollashtiradi va turli xil intratselyulyar jarayonlarga ta'sir etadi. Gormonlar deb, endokrin bezlar hujayralarida sintezlanib bevosita qonga ajratiladigan biologik faol moddalarga aytiladi. Ular endokrin bezlardan uzoqda joylashgan to‘qimalar va a'zolarga ta'sir ko‘rsatadilar. Bundan tashqari parakrin sekretsiya ham aniqlangan. Bunday holatda hujayralar yaqin joylashgan boshqa hujayralarga ta'sir etuvchi lokal gormonlar (yoki autokoidlar)ni ishlab chiqaradilar (masalan, semiz hujayralar ishlab chiqaruvchi gistamin). Shu bilan bir qatorda “autokrin sekretsiya” iborasi mavjud bo‘lib, bunda o‘zini biosintezi kechgan hujayraga ta'sir ko‘rsatuvchi faol birikmalar ishlab chiqarish tushuniladi (bunday holat ko‘pgina sitokinlar uchun juda xosdir). Lekin bunday ajrati-lish absolyut emas. Ko‘pincha modda faqat bitta guruhga mansub bo‘lmasligi ham mumkin. (masalan: NO ham autokrin, ham parakrin effekt rivojlantirishi mumkin.)
Kortikotropin, tirotropin, gipofizning gonadatrop gormonlari, melaninni kuchaytiruvchi gormonlar, parat gormon, kalsitonin, glyukagon ana shunday ta'sir etadilar.
Gormonlar membranalardagi retseptorlar va hujayra ichidagi jarayonlar orasida “vositachi” vazifasini o‘tovchi kalsiy ionlarining tutib olinishi, ajralishi va hujayra ichida taqsimlanishiga ham ta'sir etishi mumkin. Bundan tashqari s̵AMF va kalsiy ionlarining kinetikasi orasida ma'lum o‘zaro bog‘lanishlar mavjudligi aniqlangan.
Ba'zi gormonlar (oqsil va peptidlar) adenilatsiklaza bilan bog‘liq bo‘lmagan membrana retseptorlariga ta'sir ko‘rsatadilar (o‘sish gormoni, gormon).Ushbu holatda “vositachi” masalasi ochiq qolgan. Ayrim gormonlar fosfatidilinozitol sikliga ta'sir etishlari mumkin va shu tufayli inozitoltrifosfat va dia-silglitserolni ishlab chiqarilishini oshiradilar (m-n, gonadotrop gormonlarni ajralishini kuchaytiruvchi gipotalamus gormoni, vazopressin).
Gormonlarning hujayra membranalariga ta'siri ularni boshqa endogen moddalar uchun o‘tkazuvchanligini o‘zgartirishda ham namoyon bo‘lishi mumkin (masalan, insulin glyukozani hujayra ichiga kirishiga imkoniyat yaratadi).
Bir qator hujayra membranasidan o‘ta oladigan gormonlarning ta'siri hujayra ichida yuzaga chiqadi (masalan, steroidlar, qalqonsimon bez gormonlari). Steroidlar sitoplazmatik retseptorlar bilan kompleks hosil qiladilar va shu holda ularning asosiy ta'siri namoyon bo‘luvchi hujayra yadrosiga olib o‘tiladi. Hujayra yadrosida ular DNK hamda iRNK ni faollashtiradilar, bu esa o‘z navbatida oqsil sintezini induksiyasiga olib keladi. Ammo bular gormonlar ta'sirining bo‘lishi mumkin bo‘lgan prinsip laridir. Ushbu masalani ko‘p tomonlari to‘liq aniqlanmagan bo‘lib, chuqur o‘rganishni talab etadi.


Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish