Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar. D vitamini va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezgirlik;
- qon va siydikda kal`tsiyning yuqori kontsentratsiyasi (giperkal`tsiemiya va giperkal`tsiuriya);
- buyrak-tosh kasalligi (kal`tsiy toshlarini hosil bo'lishi);
- davomli immobilizatsiya oqibatidagi osteoporoz.
Qo'llash usuli va dozalari.
Davolashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
O'rtacha sutkalik doza: Sutkada 2 ta tabletka, ya'ni 1 tabletkadan ertalab va kechqurun, agarda shifokor boshqacha buyurmagan bo'lsa. Tabletkalarni shimish yoki chaynash kerak. Davolash kursi shifokor tavsiyasiga ko'ra belgilanadi.
Nojo'ya ta'siri. Allergik reaktsiyalar va me'da-ichak yo'llari tomonidan noxush xolatlar (qabziyat yoki ich ketishi, qorinni dam bo'lishi, me'da soxasida o?riq, ko'ngil aynishi) bo'lishi mumkin. Kam hollarda uzoq vaqt davolanganda qonda yoki siydikda kal`tsiyning miqdori oshishi mumkin (giperkal`tsiemiya va giperkal`tsiuriya).
Dozani oshirib yuborilishi. Ideos preparatining dozasi oshirib yuborilganida quyidagi simptomlar paydo bo'lishi mumkin: ko'ngil aynishi, qusish, chanqoqlik, qabziyat. Bunday hollarda preparat qabul qilishni to'xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim, u zarur choralarni ko'radi. Uzoq vaqt davomida dozani oshirib yuborilshi tomirlar va to'qimlarda kal`tsiyni ko'p miqdorda to'planib qolishiga olib kelishi mumkin. Agarda siz 1 marta qabul qilishni o'tkazib yuborgan bo'lsangiz navbatdagi dozani 2 marta oshirmang.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri.
Dorilarni o'zaro ta'siriga yo'l qo'ymaslik uchun, Siz yana qaysi preparatlarni qabul qilayotganingiz haqida shifokorga xabar berishingiz lozim.
Dozani oshirib yuborishga yo'l qo'ymaslik uchun, D3 vitaminini boshqa manbalardan qo'shimcha ravishda tushishini hisobga olish lozim.
Kal`tsiy va D3 vitaminini saqlaydigan vitamin majmualari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
A vitamini D3 vitaminining zaharliligini susaytiradi.
Fenitoin, barbituratlar, glyukokortikosteroidlar va D3 vitaminining ta'sirini pasaytiradi.
Glyukokortikoidlar kaltsiyni so'rilishini pasaytiradi.
Kolestiramin, surgi vositalari (parafin moyi) D3 vitaminining so'rilishini pasaytiradi. Ideos bifosfonatlarni, natriy ftoridini so'rilishini pasayishiga olib keladi, shuning uchun bu preparatlarni qabul qilish o'rtasidagi interval kamida 2 soat bo'lishi kerak.
Ideos tetratsiklinlar guruhiga mansub antibiotiklarning so'rilishini pasayishiga olib keladi, shuning uchun bu preparatlarni qabul qilish orasidagi interval kamida 3 soat bo'lishi kerak. Ideos preparati bilan bir vaqtda qo'llanganida yurak glikozidlarining zaharligi oshadi. EKG va klinik holatni muntazam nazorat qilish lozim. Ideos tiazid diuretiklari bilan qo'llanganida giperkal`tsiemiya rivojlanishi xavfi oshadi, furosemid va boshqa «xalqali» diuretiklar buyraklar orqali kal`tsiyning chiqarilishini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |