O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


MELATONIN RETSEPTORLARI AGONISTLARI



Download 30,26 Mb.
bet129/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

MELATONIN RETSEPTORLARI AGONISTLARI
Ma’limki epifiz gormoni bo’lmish melatonin kunlik ritmni, ayniqsa uyquni boshqarishda ishtirok etadi. Uning bunday ta’siri MNS da joylashgan melatonin MT1 va MT2 retseptorlari bilan bog’lanishi tufayli yuzaga keladi. U melaksen dori vositasi ko’rinishida uyqu buzilishlarida qo’llanilgan. Keyingi vaqtda melatoninning sintetik analogi – ramelton (rozerem) sintezlangan. U melatoninga nisbatan samaraliroq, tez ta’sir qiladi (30 minutdan keyin). Dori vositasi enteral yol bilan kiritiladi. Biosinguvchanligi < 2%. So’rilgan dori vositasining 80% yaqini qon plazmasi oqsillari bilan bog’lanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Uning metabolitlaridan biri ham melatonin retseptorlarining agonisti hisblanadi, lekin samaradorligi rameltondan sustroq. Rameltonning T1/2 – 1-3 soat, faol metabolitiniki esa 5 soatga yaqin.
Rameltonni odatda uyqudan 30 daq. oldin uyquga ketishni osonlashtirish maqsadida beriladi. Dori vositasini muntazam qabul qilishni tavsiya etish mumkin, unga o’rganib qolish va qaramlik rivojlanmaydi. Doridan foydalanishni to’xtatish bemorlarda fiziologik funksiyalarning buzilishiga olib kelmaydi (“Qaytish” sindromi es-hush, hatti-harakat va boshqalarning buzilishlari rivojlanmaydi, ).
Nojo’ya ta’sirlari sifatida allergik reaksiyalar bo’lishi mumkin.

Narkotik tipda ta’sir etuvchi uxlatuvchi vositalar


Barbiturat kislotasining hosilalari. Bu guruhga fenobarbital, barbamil, barbital, barbital-natriy, etaminal kiradi.
Barbitur kislotasi hosilalarining uyqu chaqirish hususiyalari ularning GAMK-A retseptorlarining faolligini oshishi bilan bog‘liq. Bunda nafaqat xlor, balki boshqa ionlar (K+, Na+, Ca2+) kanallarning ham ishi o‘zgaradi. Bundan tashqari avtonom nerv sistemasini boshqaruvchi gipotalamik markazlarning faolligi susayib, retikulyar formatsiyaning bosh miya po‘stloq qismini qo‘zg‘atuvchi ta’siroti susayadi. Yana barbituratlar bilan qo‘zg‘atuvchi mediatorlar (glutamat va boshqa) orasida qarama-qarshilik borligi ahamiyatga ega.
Uxlatuvchi vositalar sifatida asosan o‘rtacha va uzoq ta’sir etuvchi barbituratlar qo‘llaniladi, tahminan 6-8 soat. Ta’sir davomliligi ularning jigarda parchalanish va buyrak orqali ajralish tezligiga bog‘liq. Barbituratlar o‘zlarini parchalovchi MOS faolligini keskin kuchaytiradilar. Shuning uchun ularga tolerantlik ortadi. Shu bilan bir qatorda jigar va buyrakning yetishmovchiligida barbituratlarni qo‘llash noxush oqibatlarni keltiradi. Barbituratlarni qabul qilingandan keyingi kun bir qancha asoratlar yuzaga chiqadi. Jumladan bo‘shashish, kuchli charchoq, psixomator o‘zgarishlar,ayniqsa organizmda yarim yashash davri katta va ajralish sekin bo‘lgan dori vositalar ta’sirida (fenobarbital), jumladan, uning t1/2 ajralish davri 3,5 kun (asoratlar ko‘p), etaminal natriyniki 1,5-2 kun (asoratilari kam). Davomli qabul qilganda, barbituratlar organizmda to‘planadi kumulyatsiya (ayniqsa, fenobarbital, barbital natriy), ruhiy va jismoniy tobelik rivojlanadi. Barbituratlar uyqu fazalarini (davrlarini) buzadilar, tana haroratini tushiradilar, me’da shirasini ajralishini sekinlashtiradilar, peshob ajralishini buzadilar.
Tobelik rivojlanganda barbituratlar qabul qilinmasa, abstinensiya sindromi yuzaga chiqadi. Barbituratlar uyqudan 30-60daqiqa avval ichiladi. Fenobarbital tutqanoq xurujlarini oldini olishda ham qo‘llaniladi. Terapevtik dozalarda barbituratlar ichki a’zolar tomonidan sezilarli o‘zgarishlar chaqirmaydilar (ba’zan allergik reaksiyalar).
Barbituratalar bilan o‘tkir zaharlanish tasodif tufayli yoki o‘z joniga qasd qilish tufayli bo‘ladi. Bunda koma rivojlanadi, ya’ni bemorning es-xushi yo‘qoladi, reflekslar so‘nadi, nafas olish keskin buziladi, qon bosimi pasayadi, buyrak ishdan chiqadi. Agar vaqtida yordam ko‘rsatilsa, o‘lim kam bo‘ladi. Yordam ko‘rsatish maqsadida me’da yuviladi, surgilar beriladi, tomirga ishqoriy eritmalar quyish kerak. Bemerid, kofein qo‘llaniladi.
Noksiron
(Noxiron) piperidin hosilasi, kimyoviy tuzilish bo‘yicha fenobarbitalga o‘xshash (ortiqcha NH2 guruhi bor). Uxlatuvchi va tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Uyqu 8 soat davom etadi. Barbituratlarga nisbatan faolligi past. Uyquning “tez” davrini qisqartiradi. Atropinsimon ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. MITdan yaxshi so‘riladi. Gematoensefalik barerdan oson o‘tadi. Uxlashdan 15-30 daqiqa oldin ichiladi. Bemorlar bu dori vositani ta’sirini yaxshi o‘tkazadilar. Kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar rivojlanadi.
Xloralgidrat (Chlorali hydras) - birinchi bo‘lib qo‘llanilgan ishonchli uxlatuvchi birikma. Kuchli uyqu chaqirish vositasidir. MITdan oson so‘riladi. Ta’siri 5-10 daqiqadan keyin boshlanadi, 6-7 soat davom etadi. Ta’siri tugagach, noxush oqibatlar rivojlanmaydi, lekin unga o‘rganish rivojlanadi. Organizmda to‘planmaydi (kumulyatsiya bo‘lmaydi).
Xloragidratning kamchiliklari mavjud, ular quyidagilardir: mahalliy kuydiruvchi ta’sirga ega (ichilganda og‘iz bo‘shlig‘ini juda achishtiradi) shuning uchun shilliqlar bilan qo‘shib beriladi.

  • parenximatoz a’zolarga zaharli ta’sir qo‘rsatadi.

  • qon aylanish markazi faolligiga salbiy ta’sir etadi.

Organizmdan xloralgidrat peshob orqali faqat glyukuronid holatida ajraladi. Xloradgidrat uxlatuvchi va tutqanoqa qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Bromizoval (bromizovalum) - mochevina hosilasi. Juda kam zaharli, kuchsiz tinchlantiruvchi va mo‘tadil uyqu vositasi. Uyquni boshlanish davrini buzilishida qo‘llaniladi.
Bromizoval xloralgidratga o‘xshab tana harorati, me’da-ichak sekretsiyasiga, buyrak faoliyatiga barbituratlarga nisbatan kam ta’sir etadi.




Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish