O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet125/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Ingalyatsion narkoz vositalari

Ftorotan-Phthorothanum



3-4 % narkozni hosil qilishda;
0.5-2% xirurgik operatsiyada narkozni saqlashda

Flakon-50ml



Sevofluran- Sevoflurane

8 %narkozni hosil qilishda;


0.5-2% xirurgik operatsiyada narkozni saqlashda

Flakon-100 va 250 ml

Azot (I) oksid – Nitrogenium oxydulatum-

70-80 hajm %

Metall ballonlar

Ksenon-Xenon

60-80 hajm %

Metall ballonlar

Noingalyatsion narkoz vositalari



Propanidid —
Propanidid

v/i 0,005-0,01 g/kg

Ampula 10 ml 5% li eritma

Propofol-Propofol

v/i 4-12 mg/kg 1soatda

1% suvli (izotonik) emulsiya 20ml li ampulalarda

Tiopental-natriy -
Thiopentalum-natrium

v/i 0.4-0.6 g

Flakon 0,5 va 1 g

Natriy oksibutirat
Natri oxybutyras



v/i 0,07-0,12 g/kg; Ichishga 0,1-0,2 g/kg



Kukun; ampula 10 ml 20% li eritma; 5% sirop flakonda 400 ml



Ketamin gidroxlorid – Ketamini hydrochloridum



m/o 0,006 g/kg; v/i 0.002 g/kg

Flakon 20 ml (1 ml 0,05 g dori vosita bilan birga); ampula 2,5 va 10 ml 5% li eritma





Etil spirti


Etil spirti rangsiz, oson alangalanadigan, o‘ziga xos hidli, yengil suyuqlik. Tibbiyot amaliyotida asosan antiseptik vosita sifatida qo‘llaniladi. Lekin spirtli ichimliklarni hayotda qo‘llanilishi uni organizmga ta’sirini (rezorbtiv) chuqur bilishni taqozo qiladi.
Etil spirti MNSga umumiy susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi (narkotik ta’sir turi). Och qoringa ichilgan spirt tez so‘riladi. (20 % me’dada, qolgani ichakda). Ovqat mahsulotlari, yog‘ va uglevodlar spirtni so‘rilishini susaytiradilar. Lekin spirtning juda oz miqdorini ham miyaning po‘stloq qismida tormozlanish jarayonini susaytiradi va shuning natijasida soxta qo‘zg‘alish yuzaga chiqadi (qo‘zg‘alish davri-mast bo‘lish). Bundan insonlarning o‘ziga nisbatan tanqidiy qarashi kamayadi, yoki umuman yo‘qoladi, his-hayajon va harakat kuchayadi, fikrlash va xotira keskin susayadi.
Alkagol ta’sirining boshida analgeziya chaqiradi. Lekin alkogolning qondagi miqdori ortishi bilan uzoq davom etuvchi qo‘zg‘alish davri yuzaga chiqadi, undan keyin jarrohlik davri boshlanadi. Bunda MNSning faolligi, harakatni boshqarish keskin kamayadi. Es-xush chalkashadi keyin butunlay yo‘qoladi.
Alkogolning narkotik ta’sir kengligi juda tor bo‘lganligidan jarrohlik davri tez agonal davriga o‘tadi: nafas va qon aylanish markazlarning falajlanish belgilari yuzaga chiqadi, nafas olish qiyinlashadi, qon bosimi pasayadi. Keyinchalik bu markazlarning faoliyati to‘xtaydi. Shu sababli alkogol narkoz chaqirish uchun qo‘llanilmaydi.
Alkogol ta’sirida teri tomirlari kengayadi va issiqlikni ajratish (tarqatish) kuchayadi (bemor qizib ketganga o‘xshaydi) va tana harorati pasayadi (sovuq kunda muzlab qolish alkogol ichgan odamlarda tezroq bo‘ladi).
Alkogolning mahalliy ta’siri uning konsentratsiyasiga bog‘liq: 40% mahalliy tomirlarni kengaytirib giperemiya chaqiradi, 95%-burushtiradi (jarroh) qo‘lini ishlov berishda (antiseptik sifatida) qo‘llaniladi. Kesuvchi asboblarni dezinfeksiyalashda ham foydalaniladi.
Organizmda alkogolning 90% suv va CO2 ga parchalanadi, bunda katta miqdorda energiya ajraladi (7,1 kkal/g). Bu uglevod parchalanishidan ko‘proq va yog‘lar parchalanishiga teng keladi. Lekin hosil bo‘lgan quvvat to‘planmaydi (zaxira qilinmaydi) va u organizimdan bekorga ajraladi. O‘zgarmagan alkogol o‘pka orqali, peshob va ter tarkibida ajraladi. Gipofizdan antidiuretik gormonni ishlab chiqarishni susaytirganligi sababidan alkogol peshob ajralishini oshiradi. MIT a’zolariga ham kuchli ta’sir etib, (ruhiy, reflektor va bevosita) me’da shirasini ishlab chiqarishini oshiradi. Lekin alkogolning konsentratsiyasi 20% dan ortgandan keyin shira tarkibida xlorid kislotasini va pepsinni ishlab chiqarish susayadi, ovqat hazm qilish buziladi. Bundan tashqari oshqozon xarakati keskin kamayadi, 12 barmoqli ichakka ochiladigan qism mushaklari tirishadi (spazm).
Alkogol ozuqa va plastik material bo‘lib xizmat qilmaydi va shu bilan bir qatorda zaharli bo‘lganligidan organizmga faqat zarar etkazadi. Davomli ichilsa, unga o‘rganish va qaramlik (ruhiy va jismoniy) rivojlanadi.
Agar qonda alkogolning miqdori 300-400 mg% etsa o‘tkir zaharlanish kuzatiladi, 500-800 mg% bo‘lganda inson halok bo‘ladi. Mast bo‘lgan odamda spirtning qondagi miqdori 100-200 mg% bo‘ladi. O‘tkir zaharlanishni davolash uchun oshqozon yuviladi, analeptiklar, kislorod kiritiladi. Og‘ir hollarda gemodializ va simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Alkogolizm-bu spirt bilan surunkali zaharlanishdir. Bundan MNS funksional holati keskin buziladi. Odamning aqliy mehnat qobiliyati, xotirasi, fikrlash qobiliyatlari susayib, ruhiy o‘zgarshlar yuzaga chiqadi (Korsakov psixozi, belaya goryachka-oq istmalash). Bundan tashqari polinevrit, surunkali gastrit, surunkali gepatit, sirroz, yurak va buyrakning yog‘li distrofiyasi rivojlanadi. Alkogolizmda insonning ruhiy va jismoniy emirilishi rivojlanadi. Uning birinchi belgisi rashk bo‘lib, oilaning buzilishiga sabab bo‘ladi. Davolash statsionarlarda olib boriladi. Alkogolizmni davolashda asosiy preparatlardan biri teturam(antabus disulfiram) hisoblanadi. Dori vositasi biroz miqdor etil spirti bilan qo’shib beriladi. U aldegiddegidrodenazani faoliyatini susaytiradi va qonda atsetaldegid miqdori ko’payadi natijada u qusish markazini qo’zg’atadi va bemorni ko‘ngli aynab, davomli qayt qiladi. Bu bir necha marta takrorlansa, shartli refleks paydo bo‘ladi va bemor aroq hidi kelsa qusadi.. Teturam (antabus) etil spirtini atsetaldegid hosil bo‘lish bosqichida to‘xtatagani uchun u yig‘ilib-zaharlanishga olib keladi: o‘lim havfi, yurakda og‘riq, nafas siqish, qon bosimining pasayishi, kuchli terlash, qusish, kuchli bezovtalanish kuzatiladi. Teturamni 50 yoshdan oshgan, yurak qon-tomir xastaliklarida , jigar va buyrak patologiyalarida qo’llash tavsiya etilmaydi.
Espiral -(ratoder)-teturamning davomli ta’sir etuvchi shakli bo‘lib, teri ostiga tikib (implantatsiya) qo‘yiladi.
Ba’zida alkogolizmda markaziy qustiruvchi ta’sirga ega apomorfin (u ham etil spirti bilan birga beriladi) qo’llaniladi.
Bundan tashqari alkogolizmni davolashda opioid analgetik antagonisti naltroksendan keng foydalaniladi. Psixotrop vositalar ham alkogolizmda samarali ta’sirga ega.
Afsuski, alkogolizmni davolashda har tomonlama samarali vosita yo‘q.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish