Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


 Kredit tizimi va uni oliy ta’lim muassasalarida joriy etish tamoyillari



Download 5,41 Mb.
bet17/23
Sana01.03.2022
Hajmi5,41 Mb.
#476698
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
BMI Safarov 2021

2.2. Kredit tizimi va uni oliy ta’lim muassasalarida joriy etish tamoyillari


Ma’lumki, oliy ta’lim sohasida kredit koʻpchilikka bank va moliya sohasi orqali tanish boʻlgan qarzdorlik yoki moliyaviy majburiyat tushunchasini anglatmaydi. Shuning uchun oliy ta’lim sohasida kredit soʻzi koʻpincha “akademik” soʻzi bilan birga ishlatiladi.


Akademik kredit deganda, oliy ta’limning muayyan bosqichida ushbu ta’lim darajasini qoʻlga kiritish maqsadida talaba tomonidan muntazam ravishda toʻplab boriladigan ramziy oʻlchov birligi tushuniladi.
Bu birlik talaba ma’lum miqdordagi oʻqish yuklamasini bajarganligi va muayyan oʻqish natijalarini muvaffaqiyatli tarzda egallaganligini anglatadi.
ECTS tizimida oʻquv dasturi bir necha modullardan tashkil topadi. Talaba kreditlarni faqat modullar orqali qoʻlga kiritishi mumkin.
Akademik modul deganda, yaxlit, muayyan oʻquv natijalariga erishishga qaratilgan, oʻzining baholash mezonlariga ega bulgan tizimli, izchil oʻqish va oʻrganish harakatlari jamlanmasi tushuniladi.
Akademik modul odatda bir semestr davom etadi, lekin ayrim hollarda bir necha soatdan iborat boʻlishi ham mumkin. ECTS tizimida har bir modul oʻzida muayyan miqdordagi kreditlarni aks ettiradi.
Yuqoridagi ta’rifga koʻra, oʻquv dasturidagi har bir fan bu modul hisoblanadi. Chunki u yaxlitlikka ega, muayyan oʻqish natijalariga erishishga yoʻnaltirilgan, oʻzining tizimi va baholash mezonlariga ega boʻlgan izchil oʻqish va oʻrganish harakatlari jamlanmasidir. Lekin modullar faqat fanlarning oʻzidangina iborat emas. Yuqoridagi ta’rifga mos keladigan va tegishli miqdorda kreditlarni oʻzida aks ettiradigan har qanday tizimli va izchil oʻrganish va mashg’ulotlar jamlanmasini modul deyish mumkin. Bunga oʻquv dasturiga kiritilgan amaliyot ishi, diplom ishi yoki dissertatsiya ishini misol tariqasida keltirish mumkin.
ECTS kredit-modul tizimi muayyan tamoyillar asosiga qurilgan. Ular quyidagilar:

  • talabaga yoʻnaltirgan ta’limni tashkil etish (student-centered education);

  • ta’limda shaffoflikka erishish (transparent education);

  • ta’limda moslashuvchanlikni kuchaytirishi (improving flexiblity);

  • talabalar mobilligini kuchaytirish (improving student mobility).

Quyida har bir tamoyil tafsilotlariga qisqacha toʻhtalib oʻtamiz.
Ta’lim tizimilarini odatda ikki toifaga ajratish mumkin: oʻqituvchiga yoʻnal­tirilgan va talabaga yoʻnaltirilgan ta’lim.
Oʻqituvchiga yoʻnaltirilgan ta’lim tizimida ta’limga, oʻquv dasturlariga, dars jarayonlariga qat’iy ravishda oliy ta’lim muassasasi uni nazorat qiluvchi tashkilot va oʻqituvchi xohishi nuqtayi nazaridan yondashiladi. Bunda talabalar nimani, qancha, qanday usulda oʻrganishi kerakligi masalalarini belgilashda mehnat bozori vakillari va talabalarning ehtiyojlari, fikrlari koʻp ham e’tiborga olinmaydi. Ta’lim jarayonini boshqarish va tashkil etish ancha markazlashgan tarzda amalga oshiriladi.
Bunda yana oʻqituvchiga bilimning yagona manbayi sifatida qaraladi. Talabalar asosan nofa’ol tinglovchi sifatida shakllanadi, chunki ta’lim jarayonlari ularni faollikka undamaydi (darslar asosan ma’ruza shaklida tashkil etiladi). Bunday ta’lim tizimida talabalarda mustaqil fikrlash, oʻz fikrlarini ifoda etish, munozaraga kirishish, muammolarga tanqidiy yondashish, oʻzlari uchun oʻzlari qaror qabul qilish salohiyatlari shakllanmaydi.
Talabaga yoʻnaltirilgan ta’lim bu oʻqituvchiga yoʻnaltirilgan ta’limning teskarisi, desak toʻg’ri boʻladi. Ushbu tizimda ta’limga oliy ta’lim muasasasi uni nazorat qiluvchi tashkilot yoki oʻqituvchilar nuqtayi nazaridan emas, balki talabalar nuqtayi nazaridan yondashishni talab etadi. Oliy ta’lim muassasalari ularni nazorat qiluvchi tashkilotlar va oʻqituvchilar ta’lim jarayonlarini tashkil etuvchisi boʻlsalar-da, ular asosan muvofiqlashtiruvchi vazifasini oʻtaydilar, ya’ni oʻquv dasturlari, xususan talaba nimani, qancha, qanday usulda oʻrganishi kerak­ligi talabalarning qiziqishlari, ehtiyojlari, mutaxassislik va mehnat bozori talabla­rini chuqur tahlil qilgan holda, ya’ni “pastdan tepaga” qarab (bottom up) shakllan­tiriladi.
Bunda yana oʻqituvchiga bilimning yagona manbai sifatida qaralmaydi. Talabalar ta’lim jarayonlariga faol jalb etiladi. Ta’lim tizimi talabalarda mustaqil fikrlash, oʻz bilimini boshqalar bilan ulashish, oʻzi uchun oʻzi qaror qabul qila olish salohiyatlarini shakllantirishga yoʻnaltiriladi.
Talabaga yoʻnaltirilgan ta’lim ECTS kredit-modul tiziming quyidagi qoida­larida oʻz aksini topgan:
1. Ta’lim olish vaqti tushunchasi talabaning darsda oʻtirgan vaqti bilan emas balki uning fan boʻyicha oʻqish va oʻrganishga sarflagan umumiy vaqtidan kelib chiqib belgilanadi.
Bunda talabaning ta’limi oʻqituvchining “oʻrgatish” uchun sarflagan soatlaridan kelib chiqib emas, balki talabaning “oʻrganish” uchun sarflagan soatlaridan kelib chiqib oʻlchanadi. Ya’ni 1 kredit oʻzida 25-30 soat oʻqish yuklamasini aks ettirsa, u oʻz ichiga talabaning fanni oʻzlashtirish boʻyicha u auditoriya va auditoriyadan tashqarida sarflagan umumiy vaqtini qamrab oladi. Ta’limga bunday yondashuv ma’lumot manbalari tobora kengayib borayotgan internet zamoniga ham xosdir.

Download 5,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish