Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Download 5,41 Mb.
bet18/23
Sana01.03.2022
Hajmi5,41 Mb.
#476698
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
BMI Safarov 2021

2. Oʻquv dasturlari va oʻquv rejalari ta’limdan kutilayotgan aniq oʻqish natijalari asosida shakllantiriladi.
Ya’ni oliy ta’lim muassasasi oʻquv dasturlarini va oʻquv rejalarini yaratish jarayonida oʻz oldiga talaba mazkur oʻquv dasturi soʻngida nimalarni bilishi, tushunishi va qila olishi kerak degan, savollarni qoʻyadi va oʻquv dasturlarni shu savollarning javoblari asosda shakllantiradi. Oʻqish jarayonlari ancha maqsadli tashkil etiladi. Bunda oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga u talabalarga nimalar “oʻrgatilganligi” ga qarab emas, balki talabalar undan nimalarni “oʻrganganligi” ga qarab baholanadi. Bunda yana oliy ta’lim muassasalarning vazifasi talabalarga nafaqat bilim berish, balki ularda koʻnikma va mahoratlar shakllantirish ham ekanligi belgilgan.
3. Talabalar fanlarni ma’lum darajada oʻzlari tanlash huquqiga ega boʻlish orqali oʻzlarining oʻquv dasturiga ega boʻlishadi.
Ta’limdagi bu xususiyat orqali talabalar oʻzlari qiziqqan fan va yoʻnalishlar­ni chuqurroq oʻrganish, talabalik davridan samarali foydalanish, oʻz salohiyatlari toʻliq roʻyobga chiqarishga va oʻzlari uchun oʻzlari qaror qabul qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.
4. Ta’limda shaffoflikka erishish. ECTS kredit-modul tizimi talabalarning ta’lim jarayonlariga taalluqli boʻlgan barcha ma’lumotlarni talabalarga oldindan, tushunarli, toʻliq va shaffof tarzda yetkazishni talab qiladi. Bunda oliy ta’lim muas­sa­sasi talabalarga ular butun oʻqishlari davomida qaysi fanlarni oʻzlashtirishlari zarur yoki mumkinligi, ulardan kutilayotgan oʻqish natijalari, talabalar qanday usul va mezonlar asosida imtihon qilinishlari haqida oldindan toʻliq va shaffof tarzda ma’lumot berishi kerak boʻladi. Oliy ta’lim muassasalari sonining koʻpayishi, oʻquv dasturlariga tanlov fanlarini kirib kelishi ham ta’limda shaffoflikka boʻlgan ehtiyojni yanada kuchaytiradi. Chunki talaba oʻz tanlov huquqini tom ma’noda amalga oshirishi uchun u dastur va undagi fanlar haqida yetralicha dastlabki ma’lumotga ega boʻlishi kerak. Zero, talaba oʻz tanlov huquqini faqat fakultet nomini yoki fan nominigina bilgan holda amalga oshira olmaydi.
ECTS kredit-modul tizimida ta’lim shafoffligi ta’minlash quyidagi qoidalar­da oʻz aksini topadi:
Oʻquv dasturidagi har bir fanni ma’lum miqdordagi kreditlarda aks ettiriladi. Yani har bir kredit oʻrtacha 25-30 soat oʻqish yuklamasini anglatishini hisobga olinsa, talaba muayyan fanga taqsimlangan kreditlar miqdoriga qarab, ushbu fanning oʻqish yuklamasi haqida dastlabki ma’lumotga ega boʻladi.
• Har bir oliy ta’lim muassasasi oʻquv yili boshida oʻzining oʻquv dasturlari boʻyicha dastur katalogini ishlab chiqishi va uni talabalarga taqdim etadi. Dastur katalogi oliy ta’lim muassasasi Web-sahifasiga joylashtirish yoki boshqa usulda talabalarga taqdim qilinishi mumkin.
• Oʻquv dasturidagi har bir fan muayyan ma’lumotlarni oʻzida aks ettirgan holda kodlanadi. Oʻquv dasturida har bir fan uning darajasi, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, tanlov yoki majburiy fan ekanligi va shu kabi ma’lumotlarni oʻzida aks ettirgan holda kodlanadi va bu kodlar mazmuni haqida talabalarga tushuntiriladi.
• Oʻqituvchilar tomonidan oʻz fanlari boʻyicha fan dasturlarini tayyorlanishi va talabalarga taqdim etilishi. ECTS kredit-modul tizimida har bir oʻqituvchi oliy ta’lim muassasasi oʻquv dasturdagi u oʻqitishi kerak boʻlgan har bir fani boʻyicha “fan dasturini” ishlab chiqadi va uni semestrning dastlabki haftasida talabalarga taqdim etadi.
5. Ta’limda moslashuvchanlikni kuchaytirish. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ECTS kredit-modul tizimi oliy ta’lim muassasalari oʻzlarining oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda muayyan qoidalarga amal qilishni talab etadi. Bu degani oʻquv dasturlari, oʻquv rejalari oliy ta’lim muassasasi darajasida tayyorlanadi. Bu oliy ta’limni boshqarishning markazlashgan tizimiga qaraganda ancha samarali, rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan usullaridan biridir. Chunki oliy ta’lim muassasalari individual tarzda zamon, mehnat bozori talablariga tezroq moslashish, ushbu ehtiyojlarga tezroq javob qaytarish imkoniyatiga ega boʻladi. Qolaversa oliy ta’lim muassasalari oʻzlarining imkoniyatlarini, afzallik tomonlarini, ta’lim tizimida oʻz oʻrinlariga ega boʻlish uchun aynan qaysi yoʻnalishlarga sarmoya qilishlari kerakligini oʻzlari yaxshi bilishadi.
6. Talabalar mobilligini kuchaytirish. ECTS kredit-modul tizimida faoliyat yuritadigan oliy ta’lim muassasalari ta’limni tashkil etish, uning hisobini yuritish boʻyicha standart tamoyillar asosida ishlaganligi, ta’lim jarayonlari shaffoflikka asoslanganligi tufayli talabalar bir oliy ta’lim muassasasida qoʻlga kiritgan kreditlari boshqa oliy ta’lim muassasasida tan olinishi imkoniyati kengayadi. Shu tufayli ECTS kredit-modul tizimiga oʻtgan va uning tamoyillariga (tom ma’noda) amal qilayotgan oliy ta’lim muassasalarining halqaro jozibadorligi oshadi, ularning xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari kengayadi.
Ta’limning kredit tizimi talabalar almashinuvini oshiradi. Chunki bitta universitetda olingan kreditlar ikkinchisida hisobga olinadi va talabalar kredit yo‘qotmasdan bir universitetdan boshqasiga o‘tishi mumkin. Aynan ushbu tizim o‘zbekistonlik talabalarning ilg‘or xorijiy universitetlarda o‘qishini davom ettirishiga hamda murakkab byurokratik to‘siqlarni olib tashlashga imkoniyat yaratadi.
Ya’ni ushbu tizim bizning dunyoqarashimiz, shart-sharoit, barkamol insonni voyaga yetkazishga qaratilgan qadriyatlarimizga to‘la-to‘kis mos keladi, degani ham emas. Shu sababli, o‘quv jarayonining faol elementlari hisoblanmish professor-o‘qituvchi va talabaning ham bu boradagi qarashlarini o‘zgartirishimiz, mazkur tizim talablarini ularga singdirishimiz, o‘ziga xos madaniyatni shakllantirishimiz darkor.
Zero, mehnat bozori talabiga mos kadrlarni tayyorlamas ekanmiz, raqobatda o‘z o‘rnimizni, mavqeimizni yo‘qotishimiz muqarrar ekanligini his qilishimiz lozim. Ammo oldimizda bundan yaxshiroq yo‘l ham, tanlov ham yo‘q. Nega deganda, barcha rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari ushbu yo‘ldan yurib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqda.
An’anaviy oliy ta’lim tizimimiz dunyoda tan olinmaganidan keyin, biz ilg‘or standart va tizimlarni oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etishga majburmiz. Shunday ekan, yangilikka intilish, oliy ta’lim tizimini tubdan qayta isloh qilish bo‘yicha boshlangan harakatlarni davom ettirish har tomonlama to‘g‘ri qarordir.



Download 5,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish