Fayl formatlari. Gmail, Drive va Google+ Photos-ning barcha talab qilinadigan Google xizmatlarining chegaralarini mustahkamlash bilan bir qatorda, qoʻllab-quvvatlanadigan formatlar soni kengaytirilgan. Maxsus yaratilgan Drive Viewer, Google xizmatlarida ishlatiladigan barcha formatlarni va koʻplab taniqli boʻlganlarni tushunadi, masalan, Adobe Photoshop va Illustrator, hatto mos kelmaydiganlar oʻrnatilmagan boʻlsa ham.
Google Diskni kompyuterga bepul yuklab olishga qaror qilganlar uchun Microsoft Word, Excel, PowerPoint, TXT, PDF va boshqalar ofis formatlari bilan tezkor va qulay ishlash mumkin. Mavjud grafikalarni koʻrish JPG, GIF, PNG, SVG, TIFF, PS, EPS, shuningdek Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Autodesk AutoCad va boshqalar. AVI, MPEG4, MOV, WMV, FLV va boshqa formatlarda videoni ijro etadi. Pochta va RAR ma’lumotlaridan arxivlash bilan ishlashni qoʻllab-quvvatlaydi. HTML, PHP, CSS, C, C++, JS, JAVA formatlarida TTF, OTF fontlari, formatlash va dastur kodi toʻgʻri talqin etiladi. Agar biror format aniqlanmasa, tegishli dasturni uchinchi tomon ishlab chiquvchilaridan oʻrnatishingiz kerak - va har qanday fayl ochiladi.
1.3. Bulutli texnologiyalar asosida oliy ta’limdagi oʻquv jarayoni va axborot resurslarini takomillashtirish tamoyillari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlanish konsepsiyasi tuzildi. Konsepsiya doirasidagi mazmuni Oʻzbekistonning milliy tiklanishdan milliy yuksalish bosqichida oliy ta’lim vazifalari, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning normativ-huquqiy hujjatlari, ilg’or ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta’lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash, oʻquv jaroyonini tashkil etishning zamonaviy uslublari boʻyicha soʻnggi yutuqlar, pedagogning kreativ komponentligini rivojlantirish, global Internet tarmog’i, multimediya tizimlaridan foydalanish va masofaviy oʻqitishning zamonaviy shakllarini qoʻllash boʻyicha tegishli bilim, koʻnikma, malaka va kompitentsiyalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan [].
Bulutli hisoblash (ing. cloud compyuting) odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va quvvatini internet-xizmat koʻrinishida taqdim etadi. Shunday yoʻl bilan foydalanuvchiga “sof” koʻrinishidagi hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi oʻzining qanday kompyuter ishlov berayotganligini va qanday turdagi operatsion tizim (OT) boshqaruvida amalga oshirilayotganligi kabi savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida, bu savollarga javob izlashning zarurati boʻlmaydi [].
Ish yuritilishida oʻxshashlik va umumiylik topib, bulutli texnologiyani “maynfreym”lar bilan taqqoslash mumkin. Biroq “bulut”ning “maynfreym”dan tamoyil jihatdan ajralib turuvchi farqlari mavjud, xususan “bulut” hisoblash quvvatlarining nazariy jihatdan cheklanmaganligidir.
Biz bilamizki, ma’lumotlar axborotga aylanishi uchun quyidagi uch sifatga ega boʻlishi kerak []:
ma’lumotlar toʻliq boʻlishi kerak;
ma’lumotlar ishonchli boʻlishi kerak;
ma’lumotlar ma’lum ma’noda qimmatli boʻlishi kerak.
Dastlab paydo boʻlgan ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari orasida grid-hisoblash (1990-yillarda) bir muncha keng tarqalish koʻrinishiga ega boʻldi. Bu yoʻnalish texnik vosita prossesorining boʻsh turgan resurslaridan unumli foydalahish va hisoblash quvvatlarini ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati bilan qaraldi. Grid texnologiya bilan “bulut” texnologiya koʻpgina oʻxshashliklarga ega, lekin uzoqdagi hisoblash resurslaridan foydalanish uchun yetarlicha egiluvchan platformaga ega boʻlganligi bois bulutli hisoblash modeli istiqbolli texnollogiya deb tan olindi [].
Bulutli texnologiyadan foydalanish uzluksiz muvaffaqiyatga erishib borayotganligining sababi oddiy: ularni qoʻllash turli imkoniyatlarga ega hamda, infra tuzilish, xizmat koʻrsatish va xodimlarga sarflanadigan xarajatlarni tejaydi. Masofadagi ma’lumotlar markazida ma’lumotlarga ishlov berish va axborotlarni saqlashga imkon beruvchi texnik ta’minot yetarli darajada soddalashtirilishi mumkin [].
Ommaviy bulut (public cloud) – bunday infratuzilmadagi bulutli hisoblash xizmatlaridan ta’lim jarayonlarida masofali oʻqitish tizimida foydalanish mumkin, yetkazib beruvchilar tomonidan ma’lumotlar taqdim etiladi va korporativ tarmoqdan tashqarida joylashtiriladi. Bunday bulut foydalanuvchilari bulutdagi ma’lumotlarni boshqarish yoki unga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlmaydi, barcha ma’suliyat bulut egasiga yuklatiladi. Bunday usullarni foydalanuvchilarga Amazon YEC2 Amazon Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com, Microsoft Office Web onlayn-xizmatlarini misol sifatida keltirib otish mumkin [].
Bulutli tarmoq platformasini tashkillashtirish uchun koʻplab serverlar bugungi kunda dunyo boʻylab tashkil etilgan. Masalan, ommalashgan bulutli tizimlarga яндекс.disc va disc google misol keltirishimiz mumkin. Ushbu bulutli serverlar orqali dunyoning istalgan joyidan serverga ma’lumot joylash, saqlash va boshqarish mumkin. Dropbox bulutli server xizmati asosida ta’lim tizimida masofali oqitishni tashkillashtirishni ketma-ket koʻrib chiqamiz. Dropbox bulutli xizmat tizimi https://www.dropbox.com/ sayti asosida tashkilashtiriladi. Ushbu saytda tizimni tashkillashtirish va unga ma’lumotlarni joylashtirish quyidagi ketma-ketlik asosida amalga oshiriladi.
yangi papkalar yaratish;
yangi fayllarni yuklash;
yangi kataloglar yaratish va qoʻshish;
umumiy ulanishni tashkillashtirish;
fayllarni tahrirlash va oʻchirish.
Shunday qilib, ushbu texnologiyalar ta’limda masofali oqitish tizimini samarali tashkillahtirish imkoniyatini beradi. Ta’lim tizimida elektron resurslarni boshqarish va foydalanish imkoniyatlarini ochib beuvchi zamonaviy texnologiya sifatida qarash mumkin.
Bulutli hisoblash (Cloud computing) masalalarni yechish jarayonida apparat va dastur resurslarini onlayn xizmat sifatida foydalanuvchiga taqdim etadi. Bulut hisoblash texnologiyasidan foydalanishning asosiy afzalligi axborotlarga kirishni ta’minlaydigan yashirin murakkab infrastrukturaga egaligi va uni oxirgi foydalanuvchi tomonidan qayta ishlash vositasi hisoblanishida. Bu foydalanuvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalarining nozik farqlari toʻg’risida oʻylamasdan oʻzlarining majburiyatlarini bajarish imkoniyatini beradi.
Bulut resurslarini tashkilot xodimlarining ishlarini tashkil qilinishiga oʻxshash koʻrinishda talabalarning oʻqish jarayonini ratsional tashkil qilish imkoniga ega boʻlish maqsadida ta’limda samarali foydalanish mumkin. Ta’limda bulut texnologiyasidan foydalanishga misol sifatida talabalar, professor-oʻqituvchilar va boshqalar uchun shaxsiy kabinetlar, elektron kundalik va jurnallarni koʻrsatish mumkin.
Bulutli texnologiya axborot texnologiyalarining barcha afzalliklaridan foydalanib, turli xil ijtimoiy dasturiy ta’minotlarga kirishni tashkil qilish imkonini beradi, ular mobil oʻqishni tashkil qilish uchun platforma sifatida xizmat qilishi mumkin. Shu bois bulutli texnologiyadan foydalanish oʻqish jarayoniga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish, oʻquv materiallarini shakllantirish, unga kirishni ta’minlash, oʻquv rejalarini tezkor oʻzgartirish hisobiga oʻqish sifatini oshirish imkonini beradi.
Bulutli hisoblash texnologiyasidan foydalanilganda quyidagi afzalliklarga ega boʻladi:
zaxira nusxa koʻchirish (ma’lumotlar bulutda saqlab qolinadi, hatto kompyuter ishdan chiqqan taqdirda ham);
saqlash (bulut barcha turdagi ma’lumotlarni saqlash imkoniyatini foydalanuvchiga taqdim etadi);
kirish huquqi (bulutdagi ma’lumotlarga kirish, mobil vositasidan kirish);
hamkorlik (bulut bir vaqtning oʻzida bir nechta foydalanuvchilarning birgalikda ishlash imkoniyatini yaratadi, bu funksiya yordami bilan guruh boʻlib loyihalarni yaratish, darslarda professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida hamkorlikda ishlashini optimal rejalashtirish imkoniga ega boʻlinadi);
vaqtlar va resurslarga ongli munosabatni shakllanishi (professor-oʻqituvchilarga oʻquv materiallarni nusxa olishga vaqt va resurslar sarflashga zaruriyat boʻlmaydi, talabalar esa oʻquv materiallarga onlayn kirish huquqiga ega boʻladilar);
topshiriqlar (talabalar bulutda oʻzining topshiriqlarini saqlashi, professor-oʻqituvchilar esa oʻziga ma’qul boʻlgan vaqtda ularga kirish huquqiga ega boʻladilar).
Bulutli hisoblash quyidagi model koʻrinishlarida joriy qilinishi mumkin:
Storage as a Serviсe (SaaS) – talab boʻyicha disk koʻrinishida taqdim etilishi mumkin.
Software-as-a-Service (SaaS) – dasturiy ta’minotga kirish huquqini taqdim etadi, ya’ni olisda joylashgan serverlarni shaxsiy provayderlar orqali sozlash va boshqarish imkonini beradi.
Platform as a Serviсe (PaaS) – platforma asosida qurilgan ma’lumotlarni qayta ishlash fizik vositalar toʻplami (serverlar, qattiq disk va boshqalar).
Ta’lim berish jarayonida samarordorlikni oshirishda bulut texnologiyasining SaaS modeli ham istiqboli hisoblanadi. Bulutli xizmatlar asosida ta’lim berish muhitini shakllantirish. Ta’lim berishda onlayn-xizmatlardan foydalanish orasida inovatsion kompaniyalarda axborotlarni yaratishni tadqiq qilish mualifligi ostida Ikujiro Nonaka tomonidan ishlab chiqilgan SECI (Socialisation, Externalisation, Combination, Internalisation) modeli keng tarqalgan.
Model doirasida bilim olishning toʻrt fazasi aniqlaniladi:
sotsiallashtirish (Socialisation) – faqat tajribalarni almashish orqali bilim olish mumkin boʻlgan oshkoro boʻlmagan holda bilimlarni almashish.
eksternalizatsiyalash (Externalisation) – noaniq bilimlarni aniq bilimlar bilan mustahkamlash jarayoni, ya’ni yangi bilimlarni olishga asoslanadi.
kombinatsiya (Combination) – oshkora bilimlarni nisbatan murakkab va kombinatsiyalashganr tizimlarni oshkora bilimlar bilan toʻldirish jarayoni.
internalizatsiyalash (Internalisation) – noaniq bilimlarni aniq bilimlar bilan mustahkamlash jarayoni.
Bulutli hisoblash xizmatlari SaaS oʻquv jarayoni doirasida foydalanishi mumkin. Buning uchun xarakterli boʻlgan xususiyatlarga ega vositani yaratishda bulutli xizmatlar disk muhitidan foydalaniladi:
oʻquv jarayoni qatnashuvchilari uchun birgalikda kirish imkoniyati: oʻqituvchi va talabalar;
axborotlarni toʻldirish va boyitish boʻyicha axborotlarni almashish imkonini beradigan matnlarni birgalikda tahrirlash imkoniyati;
oʻqituvchilar va talabalarni shaxsiy axborot resurslariga chiqishi (ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta) oʻquv jarayonining har bir ishtirokchisi uchun alohida shaxsiy yoʻnaltirilgan resursni tayyorlash imkonini beradi.
Bulutli xizmatlar bunday shaklda yangi bilimlarni shaklantirish uchun sharoitlar yaratishi mumkin boʻlgan kontekstli ta’lim vositalarini yaratish vositalari boʻlishi mumkin. Madomiki talabalar uchun yangi subyektlarni yaratish bilim ijodiy topshiriqlarni bajarish orqali sodir boʻladi, biz ijodiy topshiriqlarni bajarish orqali bulutli xizmatlardan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |