O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta′lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Qishloq mehnatkashlarining oqilona ovqatlanishi



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/252
Sana31.12.2021
Hajmi3,73 Mb.
#230343
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   252
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Qishloq mehnatkashlarining oqilona ovqatlanishi 
Respublikamiz  aholisining  ko‘pchiligi  qishloq  joylarida  yashab,  asosan 
qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ularning mehnati 
serunum,  o‘zlari  sihat-salomat  bo‘lishlari  hamda  uzoq  umr  ko‘rishlarida 
ovqatlanish  omili  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Qishloq  xo‘jaligi  sohasida 
ishlaydiganlar aholining boshqa guruhlaridan bajaradigan mehnatining quvvat 
nuqtai  nazaridan  xilma-xilligi  hamda  bevosita  mehnat  qilish  jarayonida 
vujudga turli-tuman noqulay tashqi muhit omillari (issiq, sovuq harorat, chang, 
zaharli  moddalar,  kuchli  vibratsiya  va  boshqalar)  ta‘sir  etishi  bilan  ajralib 
turadi. Yana shu narsa ma‘lumki, ularning ishlashi va dam olishini aniq bir vaqt 
bilan belgilab qo‘yish qiyin, kimlardir kunduzgi, boshqalar esa kechki soatlarda 
faoliyat  ko‘rsatishadi.  Mana  shu  holatlar  qishloq  xo‘jaligining  turli  sohalarida 
mehnat  qiladiganlar  orasida  oqilona  ovqatlanishni  tashkil  qilishi  bo‘yicha 
umumiy  tavsiyalar  berishni  ancha  qiiinlashtiradi.  Shuning  uchun  bu  toifadagi 
aholining maqsadga muvofiq ovqatlanishi haqida gapirilganda avvalo ularning 
qanday mehnat bilan shug‘ullanishlarini, qaysi soatlarda, qancha davomlilikda 
hamda  qanaqa  texnika  vositalaridan  foydalanilgan  holda  ishlashlarini  aniq 
bilish kerak. 
Qishloq  xo‘jalik  mehnatkashlarining  oziq  moddalariga  bo‘lgan  talabini 
aniqlashda  ularning  bevosita  quvvat  sarflash  bo‘yicha  qaysi  guruhlarga 
mansubligini  aniqlab  olish  lozim.  Masalan,  agronomlar  va  brigadirlar  bu 
borada  III  guruhga  mansub  bo‘lsa,  shirkat  va  jamoa  xo‘jaliklarida  bevosita 
jismoniy ish qiladiganlar hamda mexanizatorlar IV guruhga kiradi. 
Hisob-kitoblardan  ma‘lum  bo‘lishicha,  qishloq  xodimlarining  kunlik 
quvvat sarfi o‘rtacha 3600 - 4000 kkalni tashkil qilar ekan. Ekish va hosilni o‘rib-
yig‘ib olish paytlari esa bu ko‘rsatkich 4560 kkal va undan ham yuqori bo‘lishi 
mumkin.  B.O.Do‘stjonov  o‘z  tadqiqotlarida  O‘zbekistonda  paxtakor 
ayollarning  bir  kunda  o‘rtacha  3350  kkal,  g‘allachilik  bilan  shug‘ullanuvchi 
dehqonlarning 3965,4 kkal energiya sarflashini aniqlagan. 
Respublikamizda  fermer  xo‘jaliklar  vujudga  kelishi  bilan  dala 
mehnatkashlarining  to‘g‘ri  ovqatlanishini  tashkil  kilish  va  amalga  oshirish 
bo‘yicha ayrim muammolar ham paydo bo‘ldi. Bunday xo‘jaliklarda transport, 
mexanizatsiya, texnika ta‘minoti turlicha bo‘lib, ishni qachon va qanday tashkil 
qilish  bevosita  fermer  rahbar  xodimlari  ixtiyorida.  Eng  muhimi,  mehnatkash 
xalqning  ko‘pchiligi  oqilona  ovqatlanish  nima  ekanligi  haqida  nihoyatda  kam 


249 
 
tushunchaga  ega.  Bu  holat  kelajaqda  ular  sog‘lig‘ini  saqlash  va  serunum 
mehnat  qilishini  ta‘minlash  borasida  katta  salbiy  omil  bo‘lib  hisoblanadi. 
Shuning  uchun  tegishli  mutaxassislarning  tibbiyot  xodimlari  bilan  birgalikda 
qishloq mexnatkashlarining oqilona ovqatlanishini batafsil o‘rganib chiqishi va 
ular  orasida  to‘g‘ri  ovqatlanish  bo‘yicha  keng  ko‘lamda  tushuntirish  ishlarini 
olib borishi shu kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. 
O‘zbekiston  sharoitida  qayd  qilingan  aholi  guruhlari  orasida  aniq 
ovqatlanish holatiga tegishli bo‘lgan tadqiqot ishlari kam olib borilgan, borlari 
ham sobiq ittifoq davridagi kolxoz va sovxozlar sharoitida o‘tkazilgan, shu bois 
bu sohada ilmiy izlanishlarni davom ettirish dolzarb masaladir. 
Qishloq  xo‘jalik  mexnatkashlarining  ovqatlanishi  borasidagi  kuzatuvlar 
Rossiya  va  Ukraina  mamlakatlarida  birmuncha  batafsilroq  olib  borilgan, 
masalan,  V.  I.  Smolyarning  ta‘kidlashicha,  Ukrainada  turli  xil  qishloq  xo‘jaligi 
ishlari 
bilan 
shug‘ullanuvchi 
mehnatkashlarning 
iste‘mol 
qiladigan 
taomlaridagi umumiy quvvat miqdori o‘rtacha sarflanadiganiga qaraganda 8 - 
16%  ko‘p  bo‘lib,  bunday  ovqatlanish  bu  toifadagi  odamlar  orasida  tana 
vaznining me‘yor darajasidan yuqori bo‘lishiga moyillikni oshirib yubormoqda. 
Ularning  50%  oshiqcha  tana  vazniga  (me‘yorga  nisbatan  15-29%  ko‘p)  ega 
ekanligi  ko‘rsatilgan.  Mehnatkashlarning  kunlik  ovqatida  hayvon  yog‘lari  va 
uglevodlarning  me‘yoridan  ko‘pligi,  oqsillar,  poliz  mahsulotlari,  ko‘katlarning 
esa ancha kamligi aniqlangan. 
Qishloq  xo‘jalik  mehnatkashlari  ovqatlanishining  o‘ziga  xos  tomonidan 
biri  shuki,  ular  ovqati  ko‘pincha  bir  xil  bo‘ladi  (har  xil  oziq  moddalardan 
foydalanib,  turli  taomlar  tayyorlashning  imkoniyati  kam  bo‘lganida  ham 
kishilar  qanday  ovqatga  o‘rganishgan  bo‘lsa  qayta-qayta  shu  taomlarni 
tayyorlashadi).  Ularning  tarkibida,  ayniqsa,  qish  va  erta  bahor  paytlari 
vitaminlar  juda  kamayadi.  Ushbu  fasllarda  oziq-ovqat  mahsulotlari  tarkibida 
vitaminlar  keskin  kamayib  ketadi,  lekin  bizning  sharoitda  har  qanday  faslda 
ham sabzi, karam, sholg‘om kabi sabzavot va ko‘katlar yetarli bo‘lib, ular uzoq 
muddat saqlansa-da, tarkibidagi vitaminlar u qadar kamaymaydi. Faqat ularni 
davomli  qaynatish  yoki  qovurish  vitaminlarning  ancha  qismini  (uchdan  bir 
qismidan  yarmigacha)  yo‘qolishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun  aytilgan 
mahsulotlarni  pishirmasdan  yoki  kamroq  qaynatib,  iloji  boricha  «tirik»  holda 
iste‘mol  qilishning  foydaliligini  tushuntirish  va  unga  har  bir  kishi  to‘liq  amal 
qilishi kerak. 


250 
 
Vitaminli  mahsulotlar  bilan  qishloq  aholisini  uzluksiz  ta‘minlab  turish 
imkoniyatlari  bor,  chunki  har  xil  ko‘katlarni  qish  faslida  ekib  hosil  olish  va 
ulardan keng ko‘lamda foydalanish respublikamiz sharoitida mumkin. Buning 
uchun  alohida  issikxonalar  qurish  shart  emas,  ozgina  yerni  polietilen  plyonka 
bilan  yopib,  ko‘katlar  urug‘i  sepib  qo‘yilsa  bas.  Mana  shunday  sharoitda 
yerqalampir (xren) yaxshi o‘sadi, uning ildizi tarkibida esa askorbin kislotasi (S 
vitamini)  limon  va  apelsinga  nisbatan  ancha  ko‘p.  Shuning  uchun  bozordan 
qimmat  narxda  sitrus  mevalarini  sotib  olmasdan  ham  vujudning  ko‘pgina 
vitaminlarga ehtiyojini to‘liq va osongina qondirish mumkin. Buning uchun bir 
oz  e‘tibor  va  ovqatlanish  madaniyati  haqida  tegishli  tushunchaga  ega  bo‘lish 
talab qilinadi, xolos. 
Yozning issiq kunlarida tushlik ovqat yog‘li, sergo‘sht bo‘lmagani ma‘qul, 
chunki  bunday  paytlarda,  bir  tomondan,  havoning  yuqori  harorati,  ikkinchi 
tomondan,  ovqatning  spetsifik-dinamik  ta‘siri  mehnat  unumdorligining 
pasayib  ketishiga  hamda  kishini  ancha  bezovtalanishiga  olib  kelishi  mumkin. 
Oldin ko‘kat, pomidor va bodringlardan tayyorlangan salat iste‘mol qilib, keyin 
bir  oz  issiq  ovqat  tanovul  qilish  kerak.  Yaxshisi,  toza  va  sovuq  suvda  ayron 
tayyorlab, uning ichiga pishgan no‘xat, loviya, kartoshka, bodring, pomidor va 
ko‘katlar solib non bilan iste‘mol qilish maqsadga muvofiq.  

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish