O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta′lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Homilador ayollarning asosiy oziq moddalari va quvvatgabir kecha-



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/252
Sana31.12.2021
Hajmi3,73 Mb.
#230343
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   252
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Homilador ayollarning asosiy oziq moddalari va quvvatgabir kecha-
kunduzlik ehtiyoji 
 
Mahsulotlar 
Homiladorliknin
g birinchi 
yarmida 
Homilador- 
likning 
ikkinchi 
yarmida 
Eslatma 
Oqsillar, g 
100-110 
110-120 
  
O
zi
q
-mod
dal
ar
in
in
g u
shbu me
‘y
ori
 o‘
rtac
ha
 b
o‘
y (
155
-1
6
5)
 v
a ta
n
a v
az
n

(55
-6
0
 k
g
) ga
 e
ga
 a
yol
la
r uch
un
 m
o‘
ljal
la
b hi
sob
la
b chi
qi
lga
n

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Yoglar, g 
75 
85 
Uglevodlar, g 
300-350 
400 
S  vitamini,  mg  (askorbin 
kislota) 
70 
72 
V
1
( vitamini, mg (tiamin) 
1,5 
1,7 
V
6
 
vitamini, 
mg 
(piridoksin) 
2,0 
2,0 
V
2
 vitamini, mg (riboflavin) 
2,0 
2,0 
RR  vitamini,  mg  (nikotin 
kislota) 
15,0 
19,0 
V
5
  vitamini,  mg  (kalsiy 
pantenat) 
15,0 
20,0 
V
9
  vitamini,  mkg  (foliy 
kislota) 
600,0 
600,0 
V
12
 
vitamini, 
mkg 
(tsianokobalamin) 
4,0 
4,0 
A vitamini, mkg (retinol) 
1200 
1250 

vitamini, 
MYe 
(kaltseferol) 
500 
500 
Е 
vitamini, 
MYe 
(tokoferol) 
15 
15 
Umumiy  quvvat  mikdori, 
kkal 
2400-2700 
2800-3000 
 
Homilador  ayollar  uchun  oqsillarning  ahamiyati  juda  katta,  chunki  ular 
hisobidan  bachadon,  yo‘ldosh,  sut  bezlari  o‘sadi,  qon  miqdori  ko‘payadi. 


254 
 
Shuning uchun agar bunday ayol tegishli miqdorda oqsil qabul qilmasa, uning 
vujudida  turli  xil  fiziologik  jarayonlar  buzilib,  har  xil  yuqumli  kasalliklarga 
beriluvchanlik  oshib  ketadi.  Oqsillar  asosan  sut  va  sut  mahsulotlaridan  qabul 
qilingani ma‘qul, lekin go‘sht (mol, qo‘y, tovuq go‘shti) va go‘sht mahsulotlari 
ham tegishli miqdorda iste‘mol qilib turilishi kerak. Homiladorlikning 4-oyidan 
boshlab ayol har bir kg tana vazni hisobiga 1,2 - 1,3 g oqsil iste‘mol qilib turishi 
tavsiya qilinadi. 
Homilador  onalarning  yog‘  va  yog‘li  moddalar  iste‘mol  qilishlarida  shu 
narsaga e‘tibor berish kerakki, ular vujudi sut va sut mahsulotlari, qaymoq kabi 
oziq moddalaridan tegishli yog‘ni osongina o‘zlashtirib oladi.  Ular qiyin hazm 
bo‘ladigan,  charvi  kabi  yog‘lardan  tiyilishlari  lozim.  Semiz  ayollar  ham 
chegaralangan miqtsorda yog‘ iste‘mol qilib turishi kerak. 
Homilador ayollar vujudi uchun uglevodlar quvvat beruvchi moddalardan 
biri  hisoblanadi,  lekin  ularni  shirinliklar  ko‘rinishida  kamroq  yeyish  kerak. 
Chunki  ular  me‘yoridan  ko‘p  qabul  qilinsa  semirish  yuzaga  kelib,  ayolning 
ko‘kraklarida,  teri  tagida,  ichki  a‘zolar  atrofida  yog‘  ko‘payib,  homila  og‘irligi 
ham  me‘yoridan  oshib  ketadi,  natijada  tug‘ish  jarayoni  qiyinlashadi. 
Uglevodlarni  kletchatkaga  boy  karam,  sabzi,  lavlagi,  sholg‘om,  ko‘katlar, 
kartoshka,  meva-chevalar,  har  xil  yormalar  holida  qabul  qilish  ular  uchun 
foydalidir. 
Homilador  ayollarning  suv  va  mineral  moddalarga  ehtiyoji  ham  yuqori 
bo‘ladi.  Rivojlanayotgan  homilada  asosan  suv  va  mineral  moddalar 
shakllanayotgan a‘zo va tizimlar uchun kerak. Lekin har xil tuzli mahsulotlarni 
xush  ko‘rganlik  uchun  yeyaverish  ichiladigan  suvning  miqdorini  me‘yoridan 
oshirib  yuboradi.  Shuning  uchun  bunday  mahsulotlarni  iste‘mol  qilishda 
ehtiyot bo‘lish kerak. Ovqat bilan qanchalik mikdorda osh tuzi ko‘p qabul qilin-
sa,  ona  tanasida  shuncha  ko‘p  suv  to‘planadi.  Homilador  onalar  uchun  osh 
tuziga  bo‘lgan  kunlik  talab  6—8  g  atrofida  bo‘lishi  tavsiya  qilinadi.  Lekin  bu 
ko‘rsatkich  bizning  issiq  iqlim  sharoitida  bir  oz  yuqori  bo‘lishi  mumkin  (ko‘p 
terlaganlik uchun). 
Homilador  va  emizikli  onalarning  bir  qator  mineral  moddalarga, 
jumladan,  kalsiy  va  temirga  bo‘lgan  ehtiyoji  ancha  oshadi  (kuniga  tegishli 
holda 1100-1200 va 20-25 mg gacha). Shuning uchun ular kunlik ovqatida sut, 
qatiq, jigar, buyrak, til, olma, mayiz, o‘rik, karam, shaftoli kabi mahsulotlarga 
keng  o‘rin  berishi  kerak.  Shuni  ham  ta‘kidlash  lozimki,  ayollarda  ayniqsa, 
homiladorlikning  ikkinchi  yarmida  homila  rivojlanishi  bois  oshqozon  holati 


255 
 
o‘zgarib,  o‘z  o‘qi  atrofida  45°  gacha  buriladi.  Me‘da  mushaklarining  qisqarib, 
oziq  moddani  ichaklarga  so‘rish  vazifasi  bir  oz  kuchsizlanadi,  hazm 
shiralarining  miqdori  va  faolligi  o‘zgaradi.  Bularning  barchasi  ovqat  hazm 
bo‘lish  jarayoniga  salbiy  ta‘sir  qiladi.  Bu  holatlar  o‘tkinchi,  faqat  iste‘mol 
taomlarini  me‘yorida  yeb,  harakat  qilish  va  dam  olish  tartiblariga  to‘g‘ri  amal 
qilib turish lozim. 
Homilador 
ayollar 
uchun 
ovqatlanish 
tartibi 
muhim, 
ular 
homiladorlikning birinchi yarmida 4 mahal, homiladorlikning ikkinchi yarmida 
esa 5 va 6 mahal ovqatlanishga o‘tishi kerak. Bir marta iste‘mol qilinadigan ov-
qat  miqdori  unchalik  ko‘p  bo‘lmasligi,  oldin  meva-cheva,  sabzavotli  salatlar 
yeyilib,  keyin  asosiy  ovqatdan  tanovul  qilish  kerak.  Ovqat  me‘da-ichaklarda 
uzoq  turib  qolmasligiga  va  uning  oson  hazm  bo‘lishiga  erishish  lozim.  Aks 
holda ular bijg‘ib, gaz, har xil zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Bu rivojlanayotgan 
homilani  qiynab  qo‘yishi,  o‘sishiga  salbiy  ta‘sir  etishi  mumkin.  Ovqat  bilan 
qabul  qilinadigan  umumiy  quvvatning  asosiy  oziq  moddalariga  nisbatan 
taqsimlanishi  oqsillar  uchun  15-30%,  yog‘lar  uchun  25-30%  va  uglevodlar 
uchun 40-45% ni tashkil qilishi kerak. 
Homiladorlikning  ikkinchi  yarmida  ayollar  uchun  bir  kunlik  ovqat 
o‘rtacha  quyidagi  tarkibda  va  miqdorda  bo‘lishi  tavsiya  qilinadi  (g  hisobida): 
go‘sht va go‘sht mahsulotlari - 120; baliq - 100; yog‘siz tvorog - 170; kefir - 200; 
sut - 250; qaymoq - 30; sariyog‘ - 15; o‘simlik yog‘i - 25; shakar - 40; qora non - 
100; bug‘doy non - 100; unli konditer mahsulotlari - 100; makaron, yormalar - 
60; kartoshka - 200; karam - 100; lavlagi - 100; sabzi - 100; boshqa sabzavotlar - 
200; meva-chevalar - 200; ko‘katlar - 30 - 50. 
Albatta  yuqorida  ko‘rsatilgan  mahsulotlar  va  ularning  ko‘rsatilgan 
miqdorlari  ko‘pgina  qishloq  sharoitlariga  to‘g‘ri  kelmasligi  mumkin,  masalan, 
doim ham baliq topilavermaydi yoki qora ham oq nonlarni alohida qabul qilish 
birmuncha  noqulaylik  tug‘diradi.  Bu  narsadan  cho‘chimaslik  kerak. 
«O‘zbekistan»  navli  bug‘doydan  tayyorlangan  undan  kepagini  ko‘p 
ajratmasdan  pishirilgan  non  aytilgan  nonlarning  o‘rnini  bemalol  bosa  oladi. 
Oyida  ikki-uch  marta  (iloji  bo‘lsa,  bundan  ham  ko‘proq)  daryo  va  ko‘llardan 
tutib,  sotiladigan  baliqlardan  homilador  onalar  uchun  xarid  qilib  turish 
mumkin. 
Homiladorlik paytida ayollar tana vazni birmuncha oshadi, bu tabiiy hol. 
Hisob-kitoblarga  qaraganda,  homiladorlikning  ikkinchi  yarmida  tana  vazni 


256 
 
haftasiga  250  g  dan  oshib  borishi  me‘yor  hisoblanadi.  Shu  tariqa  tana 
vaznining 8-10 kg ga ko‘payishi ham xavfli emas. 
Tug‘ilgan  bolaning  har  tomonlama  o‘sib  rivojlanishi  uning  qancha  va 
qanday  sut  bilan  boqilishiga  bog‘liq.  Sutning  bu  ko‘rsatkichlari  esa  ona 
ovqatlanishiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  bog‘liq.  Emizikli  onaning  kunlik  ovqati 
odatdagidan  1/3  baravar  ko‘paytirilishi  kerak,  chunki  sut  hosil  bo‘lishi  ona 
vujudidan  qo‘shimcha  ravishda  bir  kechayu  kunduzda  500-600  kkal  energiya 
sarflanishini taqozo qiladi. Yana onaning mineral moddalar va vitaminlar bilan 
ta‘minlanishi  ham  1,5-2  baravar  ziyod  bo‘lishi  lozim.  Emizikli  ona  kunlik 
ovqatida  oqsillar  -  120  g,  yog‘lar  -  100  g,  uglevodlar  esa  450  g  dan  kam 
bo‘lmasligi,  umumiy  quvvat  esa 3200  -  3500  kkal  ga  teng  bo‘lishi  lozim.  Agar 
ona suti kam bo‘lsa, unga faqat ko‘proq ovqat yeyishni tavsiya qilish noto‘g‘ri, 
bu  ortiqcha  semirishga  olib  kelishi  mumkin.  Bunday  onalar  ovqatida  to‘la 
qiymatli oqsillar (yog‘sizroq mol va qo‘y go‘shti, sut, qatiq va boshqalar), to‘la 
qiymatli  yog‘  kislotalari  (zig‘ir,  kunjut,  soya,  makkajo‘xori  yog‘lari,  sariyog‘  va 
boshqalar)  ko‘p  mahsulotlar  hamda  vitaminli  taomlarni  (ko‘katlar,  na‘matak 
mevasi,  limon,  apelsin,  mandarin  va  boshqalar)  serob  bo‘lishi  maqsadga 
muvofiq  hisoblanadi.  Suti  kam  onalarga  har  kuni  qo‘shimcha  ravishda  100  g 
pishloq, 60 g asal, 100 g qaymoq, 10—15 dona yong‘oq yeb turish ham ancha 
foyda keltiradi. 

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish