Asosiy almashinuv
Asosiy almashinuv deganda vujudning to‘liq tinchlik holatida, hazm
qilish yo‘lida oziq moddaliri bo‘lmagani, tashqi muhit harorati optimal bo‘lgan
paytda undagi barcha tiriklik jarayonlarini ta'minlash uchun sarflanadigan
minimal quvvat tushuniladi. Asosiy almashinuvni qayd qilish tanaga hyech
qanday ekzo- va endogen omillar ta'sir etmasdan turganda, muhit harorati 18-
20
0
C bo‘lganida va oxirgi ovqatlanishdan kamida 12 soat o‘tganidan keyin
amalga oshiriladi va u ma'lum vaqt davomida ajralib chiqqan kilokaloriya (kkal)
yoki kilojoullarda (kj) ifodalanadi. Eslatib o‘tamiz, 1 kkal 1litr suvni 1
0
C isitish
uchun ketgan issiqlik miqdori bo‘lib, u 4,18 Kj ga teng. Kjhalqaro birlik
hisoblanadi, 1 kkal 1000 kal ga Kj 1000 joulga teng. Asosiy almashinuvni
aniqlashdan maqsad shuki, kishining har qanday faol faoliyati uchun
sarflanadigan quvvati uning asosiy almashinuviga nisbatan o‘lchanadi.
Asosiy almashinuv katta olamlarda o‘rtacha har bir kg tana vazni
hisobida 1 soat davomida 1 kkal ga teng deb qabul qilingan. Uning
kattakichikligiga, kishining yoshi, tana massasi va bo‘yi hamda jinsi asosiy
ta'sir ko‘rsatuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi. Bir odamning o‘zida asosiy
almashinuv aniq bir o‘zgarmas ko‘rsatkich bo‘lmasdan, u (10-15 % gacha)
o‘zgarib turadi, shuning uchun uni bir necha marta o‘lchab o‘rtachasini
chiqarish kerak. Asosiy almashinuvni o‘lchashda oldindan hisobkitob qilib
topilgan maxsus formulalardan foydalaniladi.
Erkaklar uchun bunday formula:
B = 66,4730 + 13,7516 P + 5,0033 H – 6,7550 A.
Ayollar uchun esa :
B = 655,0955 + 9,5634 P + 1,8496 H – 4,6756 A.
B – asosiy almashinuv (Kkal/ kun)
P – tana massasi (kg)
H – bo‘y uzunligi (sm)
A – yosh (yillarda).
198
Yosh bolalarda asosiy almashinuv har bir kg tana vazniga ko‘ra
kattalarnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Endi tug‘ilgan bolada bir kecha –
kunduzda u 50 kkal ga teng bo‘lib, bola 2 yoshga to‘lguncha tez o‘sadi va bu
yoshning oxiriga kelib kattalarnikiga qaraganda 30–40 % ziyod bo‘ladi. Yosh
bolalarda asosiy almashinuvning yuqoriligi ularda tana hujayralarining yuqori
faolligi va to‘qimalarining tez o‘sishi bilan izohlanadi.
Bola yoshi 14–15 ga yetganda asosiy almashinuv ham kamaya
boshlaydi. Uning asosiy sababi yosh oshib borishi bilan tanada oksidlanish
jarayonlarining pasayib borishidadir.
Asosiy almashinuv tanadagi barcha a'zolar va to‘qimalar to‘xtovsiz
faoliyat ko‘rsatib turishining ko‘rsatkichi bo‘lganligi sababli, tana vazni qancha
yuqori bo‘lsa u shuncha katta bo‘ladi. Mushaklar, suyaklar, yog‘ va boshqa
to‘qimalar tananing umumiy vaznini tashkil qilib, ularning oz – ko‘pligini ham
asosiy almashinuv ko‘rsakichiga ta'sir qiladi, masalan, bir xil tana vazniga ega
va mushaklar tizimi yaxshi rivojlangan kishilar tanasida yog‘ to‘qimalari ko‘p
bo‘lgan semiz odamlarga qaraganda asosiy almashinuv yuqori bo‘ladi. Shu
bois tana – to‘shi atletik tuzilishga ega odamlarda aynan shu vaznda
boshqalarga qaraganda asosiy almashinuv o‘rtacha 5% katta bo‘ladi. Semirish
darajasi qancha yuqori bo‘lsa, asosiy almashinuv shuncha kamayib boraveradi.
Sog‘lom tana vazni me'yoridagi odamda soatiga har 1 kg tana vazniga
nisbatan ushbu ko‘satkich 0,90 kkal bo‘lsa, birinchi darajali semiz kishilarda
0,70 kkal, ikkinchi darajali semiz odamlarda 0,63 kkal ga tengligi aniqlangan.
Vujudda quvvat almashinuviga faol ta'sir ko‘rsatuvchi omillarga havo
harorati, tana yuzasining kengligi, asab va endokrin tizimlarining qo‘zg‘alishi,
ovqatlanish va bajariladigan jismoniy hamda aqliy ishlarni kiritish mumkin.
Havo harorati 10
0
C pasaysa, tananing quvvat sarfi shuncha foizga oshadi.
Tana yuzasi qancha katta bo‘lsa, tashqi muhitga issiqlik berish, ya'ni quvvat
sarfi shuncha yuqori bo‘ladi. Asab tizimida kuzatiladigan oshiqcha qo‘zg‘alish,
asabiylashish, achchiqlanish, xafa bo‘lish, kuyunish tegishli hujayra va
to‘qimalarda oksidlanish jarayonlarini jadallashtirib, energiya almashinuvni
kuchaytiradi.
Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining jadallashuvi bilan quvvat
almashinuvining kuchayishini qalqonsimon bez misolida aniq ko‘rish mumkin.
Bu bez qonga me'yordan ko‘p teroksin gormonini chiqarganda yuzaga
keladigan bazedov kasalligiga yo‘liqqan odamda quvvat sarflash ancha yuqori
bo‘ladi.
199
Tanada quvvat sarflanishini ovqatlanish omili anchagina kukchaytiradi.
Bu narsa ovqatning spetsifik-dinamik ta'siri deyiladi. Ovqatni chaynash, og‘iz
bo‘shlig‘i, me'dada tegishli hazm shiralari bilan aralashtirib ichaklarga
o‘tkazish hali u qonga so‘rilmasdan quvvat almashinuvini kuchaytiradi. Turli
oziq moddalari turlicha ta'sir kuchiga ega. Eng kuchli o‘zgarish oqsillar iste'mol
qilinganida kuzatilib, bu vaqtda quvvat sarfi asosiy almashinuvga nisbatan 30–
40% ko‘tariladi. Ayniqsa, tuxum va qo‘y go‘shti tarkibidagi oqsillar bu borada
kuchliligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun qon bosimi yuqori odamlarda bu
mahsulotlarni iste'mol qilish yurak urishini tezlashtiradi, bosim yanada
ko‘tarilib, kishi bezovtalanadi. Oqsilli taomlar ko‘proq iste'mol qilinganida
asosiy almashinuvning yaqqol kuchayishi ovqatlanishdan keyin 35 soatlarda
kuzatiladi va ovqatning bunday ta'sir kuchi 12 soatgacha davom etadi.
Uglevodlar va yog‘lar asosiy almashinuvni o‘rtacha 7% kuchaytirsa, aralash
ovqatlar quvvat sarfini 10% ga oshiradi.
Jismoniy ish, ya'ni tana mushaklarining qisqarishi va bo‘shashi bilan
amalga oshiriladigan har qanday faoliyat quvvat sarfini keskin oshiradigan
omillardir. Masalan, to‘quvchida o‘rtacha har bir kg tana vazniga nisbatan har
soatda 2,76 kkal quvvat sarflansa, bu ko‘rsatkich g‘isht teruvchida 5,71 kkal ga,
shaxtadan ko‘mir qazib oluvchilarda esa 6,21 kkal ga tenglashadi.
Kishining bir kecha-kunduz davomida quvvat sarflashi shu vaqt ichidagi
asosiy almashinuv vaovqatning spetsifikdinamik ta'siri ko‘rinishidagi quvvat
sarfi hamda bajariladigan faoliyat uchun ketgan quvvat yig‘indisidan iborat
bo‘lib, u tananing vazniga, yoshiga, jinsiga va eng muhimi, bajariladigan
jismoniy ish hajmiga, uning og‘ir-engilliligiga va davomliligiga bog‘liq. Bu
miqdor o‘rtacha 2200 kkal dan 3500 kkal gacha bo‘ladi, og‘ir jismoniy ishlar
qilinganida esa 6000 kkal gacha ko‘tariladi.
Demak, odamning bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi dastavval u amalga
oshiradigan jismoniy ishning miqdori va davom etish vaqtiga bog‘liq ekan.
Kishi bir kecha-kunduz davomida qancha quvvat sarflasa, ovqat bilan
shunga ekvivalent quvvatni qabul qilishi kerak. Buning uchun mehnatga
yaroqli turli xil kasb egalarining bajaradigan turli xil jismoniy faoliyat
xususiyatlari, yoshi va jinsi hisobga olinib tuzilgan maxsus jadvallar mavjud.
Halq xo‘jaligining turli sohalarida ishlaydigan kishilarning bajaradigan
mehnati bevosita jismoniy faoliyat nuqtai nazaridan har xil, shu bois ular
sarflaydigan bir kecha – kunduzlik quvvat ham turlichadir.Bu holat umumiy
quvvat sarflanishini keng halq ommasi orasida aniqlashda bir qator
200
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bevosita ish jarayonida
bajariladigan mehnatning hajmi, jadalligi hisobga olinib ishga yaroqli aholi 5 ta
asosiy guruhga ajratilgan. Birinchi guruhga aqliy mehnat bilan
shug‘ullanadigan, kunlik ish faoliyatida juda kam jismoniy harakat bajaradigan
kishilar, ya'ni ilmiy xodimlar, jurnalistlar, idora xodimlari, rahbarlar, EHM
operatorlari, nazoratchilar, o‘qituvchilar, dispetcherlar, pult boshqaruvchilari,
ikkinchi guruhga esa ish jarayonida yengil jismoniy mehnat qiladigan sanoat
mollari sotuvchilari, aloqachilar, hamshiralar, sanitarlar, talabalar, tikuvchilar,
radioelektron sanoati xodimlari, tarozibonlar, agronomlar, haydovchilar,
konveyerda turib ishlovchilar hamda maishiy soha bo‘yicha xizmat qiluvchilar
kiradi. Uchinchi guruhga kundalik faoliyatida o‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy
mehnat talab qiladigan chilangarlar, stanoklarda ishlovchilar va ularni
sozlovchilar, avtobus, ekskavator, buldozer haydovchilar, jarrohlar, temir
yo‘lchilar, kimyoviy zavod ishchilari mansub bo‘lib, to‘rtinchi guruhga og‘ir
jismoniy ish bajaruvchilar, ya'ni paxtakorlar, sut sog‘uvchilar, poliz va
sabzavotchilik
bilan
shug‘ullanuvchilar,
qishloq
xo‘jalik
ekinlarini
sug‘oruvchilar, quruvchilar, yog‘ochga ishlov beruvchilar, metallurglar kiradi.
Beshinchi guruhga kundalik mehnat faoliyati eng og‘ir jismoniy mehnat bilan
bog‘liq betonchilar, daraxt kesuvchilar, g‘alla va boshqa donlarni o‘rib yig‘ib-
oluvchilar, pichan va beda o‘ruvchilar, yuk tashuvchilar tashkil qiladi.
21-jadvalda aytib o‘tilgan guruh vakillarining energiya sarfi haqida
ma'lumot keltirilgan.
22-jadval
Turli yoshdagi aholi guruhlarining bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi
Aholi
guruhlari
Yoshga nisbatan
qo‘shimcha guruhlar
Energiya miqdori, kkal
Erkaklar
uchun
Ayollar uchun
I
18-29
30-39
40-59
2450
2000
2100
2000
1900
1800
II
18-29
30-39
40-59
2800
2650
2500
2200
2150
2100
III
18-29
30-39
40-59
3300
3150
2950
2600
2550
2500
201
IV
18-29
30-39
40-59
3850
3600
3400
3050
2950
2850
V
18-29
30-39
40-59
4200
3950
3750
-
-
-
21-jadvalda keltirilgan, raqamlarni tamoman o‘zgarmas deb qarash
noto‘g‘ri, chunki vaqt o‘tishi bilan mehnat sharoiti o‘zgarib baradi, ishlab
chiqarishda turli yordamchi vositalar paydo bo‘ladi. Ikkinchi tomondan
ekologik nomutanosiblik ham quvvat sarfiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shu
bois kishilarning quvvat sarfi me'yori tegishli vaqt o‘tishi bilan qayta ko‘rib
chiqiladi. Keltirilgan ma'lumotlar 1992 yili e'lon qilingan tegishli hujjatlardan
olingan. 22-jadvalda har bir guruh uchun mo‘ljallangan asosiy oziq
moddalarining miqdori haqida ma'lumot keltirilgan.
23-jadval.
Turli yoshdagi aholi guruhlari uchun mo‘ljallangan oqsil, yog‘ va
uglevodlarning miqdori (gramm hisobida)
Aholi
guruh-
lari
Yoshga
nisbatan
qo‘shim-
cha gu-
ruhlar
Erkaklar uchun
Ayollar uchun
Oqsillar
Jami Hayvon
oqsili
Yog‘-
lar
Ugle-
vodlar
Jami Hayvon
oqsili
Yog‘-
lar
Ugle-
vodlar
I
18-29
30-39
40-59
72
68
65
40
37
36
81
77
70
358
335
303
61
59
58
34
33
32
67
63
60
289
274
257
II
18-29
30-39
40-59
80
77
72
44
42
40
93
88
83
411
387
366
66
65
63
36
36
35
73
72
70
318
311
305
III
18-29
30-39
40-59
94
89
84
52
49
46
110
105
98
484
462
432
76
74
72
42
41
40
87
85
83
378
372
366
18-29
108
59
128
566
87
48
102
462
202
24-jadval
Bolalar va o‘smirlarda bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi va
asosiy oziq moddalariga talab me'yori
Yoshi
Jinsi
Energiya
(kkal)
Oqsillar
(g)
Yog‘lar
(g)
Ugle-
vodlar
(g)
Eslatma
Jami hayvon
oqsili
0-3 oy
115
2,2
2,2
6,5
13
Bir yosh
gacha
bo‘lgan
bolalarda
barcha
ko‘rsatkich
lar har bir
kg tana
vazniga
nisbatan
kg hi-
sobida
ketirilgan
4-6 oy
115
2,6
2,5
6,0
13
7-12 oy
110
2,9
2,3
5,5
13
1-3 yosh
1540
53
37
53
312
4-6 yosh
1970
68
44
68
272
6 yosh
2000
69
45
67
285
7-10 yosh
2350
77
46
79
335
11-13 yosh
o‘g‘il
2750
90
54
92
390
qiz
2500
82
49
84
355
14-17
yosh
o‘g‘il
3000
98
59
100
425
qiz
2600
90
54
90
360
25-jadval
Qariyalar, homilador ayollar, emizikli onalarning bir kecha-kunduzlik quvvat
sarfi va asosiy oziq moddalariga bo‘lgan talab me'yori
Yoshi
Jinsi
Energiy
Oqsillar
(g)
Yog‘lar
Uglevodlar
Eslatma
IV
30-39
40-59
102
96
56
53
120
113
528
499
84
82
46
45
98
95
432
417
V
18-29
30-39
40-59
117
111
104
64
61
57
154
144
137
586
550
524
203
a (kkal)
(g)
(g)
Jam
i
Shun-
dan
hayvo
n
oqsili
Erkaklar
Ayollar
Xomilador
ayollar
Emizikli
onalar
60-
74
75+
60
74
75+
2300
1950
1975
1700
+35
0
+47
5
68
61
61
55
+30
+35
37
33
33
30
+20
+23
77
65
66
57
+12
+15
335
280
284
242
+30
+3
(+) Homilador
ayollar
va
emizikli
onalarda
te
gishli yoshdagi
ayollar
ko‘rsatkichlarig
a
qo‘shimcha
ravishda hamda
ko‘rsatilgan
yoshdan
yuqorisi
26-jadval
Ayrim kasb egalarining bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi (kkal hisobida)
Kasb egalari
Jinsi
Energiya
sarfi
O‘qituvchilar
erkaklar
ayollar
2804
2586
Ilmiy
xodimlar,
aqliy
mehnat
bilan
shug‘ullanuvchilar
erkaklar
ayollar
2792
2257
Shahar transport haydovchilari
erkaklar
ayollar
2900
2400
Qishloq xo‘jalik xodimlari
erkaklar
3021
Traktor haydovchilari
erkaklar
3550
Yuk mashina haydovchilari
erkaklar
3400
Tovuqchilik fermasida ishlaydiganlar
ayollar
2955
Sut sog‘uvchilar
ayollar
3206
O‘rim-yig‘im ishlari bilan shug‘ullanuvchilar
erkaklar
3915
204
ayollar
3600
Xashak yig‘uvchilar
erkaklar
ayollar
4727
4260
O‘roqchilar
erkaklar
5280
yer haydashda plug boshqaruvchilar
erkaklar
5000
Pichan bog‘lovchi, g‘aram qiluvchilar
erkaklar
5600
Yuqoridagi jadvallarda quvvat sarfi haqidagi ma'lumotlar o‘rtacha
raqamlar bo‘lib, o‘zgarmas emas. Har bir kasb egasining bu boradagi
ko‘rsatkichlarini aniq belgilash uchun tegishli asbobuskuna va laboratoriya
jihozlaridan foydalanilgan holda tadqiqotlar o‘tkazish kerak. Ular maxsus
laboratoriyalarda mutaxassislar tomonidan olib boriladi va tegishli
ma'lumotnomalarda foydalanish uchun e'lon qilinadi. Yuqoridagi 25-jadvalda
ayrim kasb egalarining kunlik quvvat sarfi haqida ma'lumot berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |