O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta′lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Homilador va emizikli ayollarning oqilona ovqatlanishi



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/252
Sana31.12.2021
Hajmi3,73 Mb.
#230343
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   252
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Homilador va emizikli ayollarning oqilona ovqatlanishi 
Ko‘pgina  ilmiy  tadqiqotlar,  kuzatuv  va  tajribalar  shu  narsani 
tasdiqlaydiki,  homilador  va  emizikli  ayollar  oqilona  ovqatlanishida  miqdor, 
sifat  va  tartib  qoidalarining  buzilishi  homiladorlik  va  tug‘ruq  jarayonlarida  bir 
qator ko‘ngilsiz voqealar va asoratlarga olib keladi. Bunday noxush holatlarga 
misol qilib homiladorlik toksikozi, chala yoki o‘lik tug‘ilish, kamqonlilik, bolalar 
o‘limining  ko‘p  bo‘lishi  va  boshqalarni  olish  mumkin.  Hisob-kitoblarga  ko‘ra 
1900  yili  dunyo  bo‘yicha  ona  vujudida  kuzatilgan  quvvat  taqchilligi  tufayli 
tug‘ilgan 12,9 million nafar bola 5 yoshga yetmay  o‘lgan. Ularning uchdan bir 
qismi  tug‘ilgandan  keyin  bir  oy  ham  yashamay,  yana  shunchasi  1  yoshga 
to‘lmasdan  hayotdan  ko‘z  yumgan.  Ayni  paytda,  shuni  qayd  qilish  kerakki, 
rivojlanayotgan  mamlakatlarda  bu  toifadagi  onalar  oqilona  ovqatlanishida 
asosiy oziq moddalarining yetishmasligi tufayli quvvat taqchilligi yoki umumiy 
energetik  ehtiyojning  ayrim  oziq  moddalari,  masalan,  uglevod  hisobidangina 
qondirish  holatlari  tez-tez  uchrasa,  rivojlangan  mamlakatlarda  buning 


251 
 
teskarisi,  ya‘ni  asosiy  oziq  moddalarini  ehtiyojdan  ko‘p  iste‘mol  qilish 
natijasida sodir bo‘ladigan quvvat nomutanosibligi ko‘p uchraydi. 
Respublikamizda  aytib  o‘tilgan  holatlarning  har  ikkalasi  ham  mavjud 
bo‘lib, buning oqibatida sog‘lom avlod yetishtirish ma‘lum darajada oqsayapti, 
desak  mubolag‘a  bo‘lmaydi.  Agar  qishloqlarda  homilador  va  emizikli  onalar 
ovqatida  asosiy  oziq  moddalariga  taqchillik  tez-tez  kuzatilsa,  shaharlarda 
o‘ziga  to‘q  oilalarda  u  yoki  bu  quvvatga  boy  mahsulotlardan  ehtiyojdan  ko‘p 
iste‘mol  qilish  natijasida  homilaning  me‘yoridan  oshiq  kattalashib  ketishi 
tufayli  tug‘ish  jarayonida  ona  va  bolaning  jiddiy  jarohat  olish  hollari  uchrab 
turibdi.  
Bunday 
jarohat 
tufayli  bola  asab  tizimi  davomli  ravishda 
shikastlanganicha qoladi, u aqlan to‘laqonli bo‘lmasligi mumkin. Tug‘ilgan bola 
vaznining  yuqori  bo‘lishi  (4  kg  va  undan  ham  yuqori)  ko‘pincha  onalar 
tomonidan  uglevodlar  va  yog‘  mahsulotlarini  me‘yoridan  ko‘p  iste‘mol  qilish 
natijasida  ro‘y  beradi.  Hisob-kitoblar  shuni  ko‘rsatadiki,  me‘yor  darajasidan 
ortiq  tug‘ilgan  5  ta  bolaning  bittasi  3  yoshga  kirguncha  har  xil  nevrologik 
kasalliklar bilan og‘rib turadi, jismoniy jihatdan zaif bo‘ladi. 
Oziq  moddalariga  quvvat  taqchilligi  sharoitida  tug‘ilgan  bolalarda 
ko‘pgina fiziologik vazifalarining me‘yoriga yetmaganlik, yuqumli kasalliklarga 
beriluvchanlik  holatlari  kuzatilsa,  ikkinchi  tomondan,  ona  vujudi  tez-tez 
kamqonlilik holatiga uchrab, qator xastaliklarga giriftor bo‘lmoqda.  
Ona va bola hayotidagi bunday kamchiliklarning oldini olish va bartaraf 
qilishda  homilador  va  emizikli  onalarning  to‘g‘ri  ovqatlanishi,  ya‘ni  tegishli 
ovqatlanish  madaniyatiga  ega  bo‘lishi  muhim  omil  hisoblanadi.  Shu  bois, 
quyida  bu  toifa  ayollarning  oqilona  ovqatlanishiga  doyr  ayrim  fikrlarni  bayon 
qilamiz. 
Homilador ayollarning ovqatlanishi tarkibiy va miqdor jihatidan ham ona 
vujudining,  ham  rivojlanayotgan  homilaning  me‘yoriy  talab  darajasiga  mos 
kelishi hamda homiladorlik jarayonining tekis borishini ta‘minlashi kerak. Ular 
uchun  mo‘ljallangan  taomlar  tarkibida  dastavval  almashtirib  bo‘lmaydigan 
aminokislotalar,  to‘yinmagan  yog‘  kislotalari,  vitaminlar  hamda  mikro-  va 
makroelementlar  yetarli  darajada  bo‘lishi  lozim.  Ayni  paytda  bu  taomlar  har 
bir  homilador  ayol  uchun  uning  yoshi,  tana  massasi,  mehnat  faoliyati,  milliy 
an‘analari,  homilaning  yoshi,  ob-havo  sharoitlari,  yil  fasllari  va  boshqalarga 
mos  bo‘lishi  talab  qilinadi.  38-jadvalda  shu  ayollar  uchun  mo‘ljallangan  oziq-


252 
 
ovqat  mahsulotlarining  o‘rtacha  miqdori,  ularning  quvvat  qiymati  haqida 
ma‘lumotlar keltirilgan. 
Agar  o‘rtacha  bo‘y  va  tana  vazniga  ega  homilador  ayollar  uchun  bir 
kecha-kunduzlik quvvat sarfi 2900 kkal bo‘lsa, emizikli ayollar uchun 3200 kkal 
bo‘lishi  kerak.  Agar  bunday  ayollar  o‘rtacha  jadallikdagi  jismoniy  ish 
bajarishsa,  ko‘rsatilgan  sonlarga  1  soat  ish  uchun  50  -  100  kkal,  og‘irroq  ish 
bajarishganida  200  kkal  gacha  qo‘shiladi,  mehnat  faoliyati  kamharakatlilik 
bilan  ifodalanadigan  onalar  esa  qayd  qilingan  quvvat  miqdorning  75-85%  ga 
to‘g‘ri keladigan ovqat iste‘mol qilishlari lozim. 
Homiladorlikning  birinchi  yarmida  ayollar  ko‘ngillariga  xush  keladigan 
mahsulotlarni iste‘mol qilaverishlari mumkin, ayniqsa, meva va sabzavotlardan 
ko‘proq  yeyishlari  kerak.  Lekin  ular  sarimsoq,  qalampir  kabi  buyraklar 
faoliyatini kuchli qo‘zg‘atadigan mahsulotlardan tiyilgani ma‘qul. 


253 
 
40-jadval 

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish