O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta′lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/252
Sana31.12.2021
Hajmi3,73 Mb.
#230343
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   252
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

PP vitamini (nikotin kislota) 
 
Nikotin  kislota  va  uning  amidlari  kimyoviy  modda  sifatida  uzoq 
vaqtlardan  beri  ma'lum  bo‘lsada,  ularning  pellagra  kasalligini  davolashda 
ishtirok  qilishi  bois  vitaminlarga  mansub  ekanligi  1937  yilda  aniqlandi.  Bu 
moddalarning  pellagrani  tuzatuvchi  xususiyati  bo‘lganligi  uchun  RR  vitamini 
(italyancha  –  pellagrani  -  yo‘qotuvchi)  deb  ham  ataladi.  PP  vitamini 
yetishmasligidan terining quyosh tushib turadigan qismlari dag‘allashib qoladi, 
oshqozon-ichak  yo‘lining  shilliq  qavati  yallig‘lanadi,  asab  hamda  yurak-qon 
tomirlari  tizimlarning  faoliyati  buziladi.  Odatda  bunday  holatlar  ovqatida 
makkajo‘xori  doni,  uni  ko‘p  ishlatiladigan  aholi  orasida  tez-tez  uchraydi. 
Bunday mahsulotlarda almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalardan triptofan 
juda  kam  bo‘ladi.  Mana  shu  aminokislotalar  esa  odam  va  hayvonlar  vujudida 
nikotin kislotasini sintez qiladi. Shu bois ovqatda triptofan kam bo‘lsa, tanada 
RR vitamini taqchilligi kuchayib, uning avitaminozi kelib chiqadi.  
PP  vitaminiga  bo‘lgan  ehtiyojni  qondirishda  sut,  qatiqlardan  yetarli 
miqdorda iste'mol qilish tavsiya etiladi. Bu mahsulotlar tarkibida aynan nikotin 
kislota  bo‘lmasada,  triptofan  mo‘l  bo‘ladi.  Shuni  ham  aytib  o‘tish  joyizki, 
triptofandan nikotin kislotaning sintezlanishi V

vitamini (piridoksin, adermin) 
ishtirokisiz bo‘lmaydi. Shuning uchun ham pellagra kasalligi faqat RR vitamini 
yetishmasligidan emas, balki B

vitamini kamligi tufayli ham yuzaga keladi. Bu 
holat  uni  davolashda  hisobga  olinishi  shart,  ya'ni  bemorlar  ovqatini  nikotin 
kislotasi  bilan  boyitishda  bir  yo‘la  B

vitamini  serob  mahsulotlaridan  qo‘shib 
berishi lozim. Bu vitamin organizmda to‘qimalar nafas olishini ta'minlaydigan 


166 
 
oksidlanish  va  qaytarilishi  jarayonlarida  qatnashuvchi  fermentlar  va 
kofermentlar  tarkibiga  kiradi.  Tiriklik  asosini  tashkil  qiluvchi  almashinuv 
jarayonlari,  ya'ni  glikoliz,  fotosintez,  uglevod,  lipidlar  almashinuvi, 
aminokislotlarning  dezaminlashuvi,  yuqori  quvvatli  bog‘lar  sintezlanishi  ular 
ishtirokisiz o‘tmaydi.  
PP  vitamini  ancha  barqaror  bo‘lib,  yorug‘lik  va  kislorodga  chidamli. 
Unga talab bir kecha-kunduzlik 20-25 mg bo‘lib, bu ko‘rsatkich odatda har xil 
zo‘riqtiruvchi  omillar  (kuchli  his-hiyajon,  jismoniy  harakat  va  boshqalar)  ta'sir 
etganida  hamda  me'da-ichak  va  yurak-qon  tomirlari  xastaliklari  davrida 
oshadi.  Bundan  tashqari,  kundalik  ratsionda  meva-cheva,  sabzavotlar,  sut, 
qatiq  kam  bo‘lib,  iste'mol  qilinadigan  mahsulotlar  asosan  kraxmaldan  tashkil 
topgan bo‘lsa ham PP vitaminiga ehtiyoj ancha yuqori bo‘ladi. 
Qishloqlarda  istiqomat  qiladigan  aholi  ovqatida  kraxmal  miqdor 
jihatdan  eng  yuqori  turadi.  Non  va  un  mahsulotlarini  iloji  boricha  kepagidan 
ajratib iste'mol qiladilar. Avval ham aytib o‘tganimiz singari B guruhga kiruvchi 
barcha  vitaminlar  donlarning,  jumladan,  bug‘doyning  ham  kepagida  ko‘p 
bo‘ladi. shu bois nikotin kislota va uning amidlariga tanqislik bo‘lmasligi uchun 
kepagi bilan tayyorlangan ovqatga (masalan, bug‘doy yormasi) suzma qo‘shib 
yoki ismaloqli nonning qatiq bilan iste'mol qilinishi ayni muddao bo‘ladi.  
 

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish