O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi


ABDULLA ORIPOV ADABIY-ESTETIK IDEALI IFODASIDA AYOL



Download 4,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/162
Sana27.05.2023
Hajmi4,8 Mb.
#944404
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162
Bog'liq
materiallar uzmu 2021.12.03

ABDULLA ORIPOV ADABIY-ESTETIK IDEALI IFODASIDA AYOL
OBRAZINING O„RNI 
O.Abdulhakimova, 
ToshDO„TAU doktaranti 
Ayol obrazi o‗zbek adabiyotidagi an'anaviy obrazlardan biridir. Deyarli barcha ijod ahli ayol 
obraziga murojaat qiladi. Demakki, ayol obraziga alohida e'tibor va murojaat Abdulla Oripov 
ijodining muhim xususiyatlaridan biri deyish mumkin. Shoir she'riyatida ayol mavzusi shunchaki 
mavzuligicha qolib ketmaydi, aksincha, obraz darajasiga ko‗tariladi va an'anaviy obrazlardan biri 
bo‗lgan bu obrazga murojaat jarayonida shoirning yuksak novatorligi bo‗y ko‗rsatadi. Uning 
―Ayol‖she'rida sadoqat, vafo, bardosh va matonat kabi insoniy tuyg‗ular tasvirlanadi: 
Nazokat paytimas, yaqinroq keling, 
Buyuk zot qoshida aylangiz salom. 
Shu sodiq bevaga sajdalar qiling, 
Shu sodiq bevaga sajdalar qiling. 
Yuqoridagi baytlar tahliliga e'tibor qaratgan adabiyotshunos olim, akademik Matyoqub 
Qo‗shjonov shunday fikrlarni bayon qiladi: ―Abdulla Oripovning ―Ayol‖ she'rining mazmuni 
oddiy: Ikkinchi jahon urushi janglarida yorini yo‗qotib hayotda yakka qadam tashlayotgan oddiy 
bir ayolning ulug‗vor qiyofasi tasviri, ayol boshiga qaramasdan u chidam, matonatda kami yo‗q. 
Buning ustiga sadoqat bobida u tengsiz. Shoir ―sodiq beva‖ga ―sajda va ehtirom etish‖ni qat'iy 
talab qiladi‖.
217
Shoir ijodida ayol obrazi mehr, poklik, muhabbat, ezgulik, o‗tmish va kelajak timsoliga 
aylanib ketadi. Ijodkor ayol obrazida xalqning o‗tmishini, kelajagini ko‗radi. Jumladan olis 
Xyustonda turib o‗zbek ayoli qismatini, kecha va bugunini yodga oladi. ―Yangi asr mo‗jizalari‖ 
she'rida bu haqda shunday yozadi: 
O‗tgan davrlarning asoratlari 
Ko‗zikkan yaraday bitib ketgaydir. 
Inshoolloh, eng oliy murodlar sari 
O‗zbek ayoli ham borib yetgaydir. 
Demakki, shoir nazdida ayol qalbida olis moziyning jarohatlari va kelajak quyoshining 
porloq nurlari mujassam. Shul bois Abdulla Oripov ijodida ayol obrazi olis o‗tmish va porloq 
kelajak timsolidir. Chindan-da, shoir ta'kidlaganidek, ayol 
kelajak
timsolidir. Chunki har bir 
ayol, har bir ona beshikda ertangi kunni, porloq kelajakni, Hazrati insonni ulg‗aytiradi. Shul bois 
shoir nazdida ayol nafaqat kelajak, balki tiriklik, hayot timsolidir. Ko‗rinib turganidek ayol 
obrazi biz bilgan va o‗ylaganimizdan ham kengroq ma'no-mazmunga ega. Abdulla Oripovning 
―Haj daftari‖ tarkibiga kiruvchi ―Ona‖ she'rida ana shu ma'no-mazmun yanada oydinlashadi. 
Ayol obrazi shoir ijodida yana bir pog‗ona balandlaydi: 
Qavmimni ranjitib qo‗ymayin, ammo 
Tobut yasab kelgan er zoti doim. 
Onalar bag‗riga faqat beshik jo, 
Hayotbaxsh allalar aytgan, muloyim. 
Ayol farzandga hayot baxsh etadi, unga hayotbaxsh allalar aytib voyaga yetkazadi. Shuning 
uchun ham ayol o‗z-o‗zidan 
hayotning, tiriklikning
timsoliga aylanadi. Zakiy ijodkor buni yaxshi 
anglaydi va shu sabab ayol obrazini tiriklik, hayot timsoli bilan uyg‗unlashtiradi. 
Hamma inson uzoqroq yashashni istaydi, hamma inson hayotni sevadi. Demakki, hamma 
hayot timsoli bo‗lmish ayolnida sevadi, unga talpinadi. Ayol suyukli yor bo‗lib, sirdosh opa-
217
Қўшжонов М.Танланган асарлар. ―Sharq‖нашриѐти. Т-2018.287 б. 


237 
singil bo‗lib, mehridaryo ona bo‗lib insoniyatni o‗ziga chorlayveradi. Chunki ayol – ona mehri 
o‗ziga xos va betakrordir. Bu mehrning qiyosi va takrori yo‗q. Qancha izlamang dunyodagi hech 
bir mehr ona mehr-u muhabbatiga teng kelolmaydi. Bu haqda shoir ―Armon‖ she'rida shunday 
yozadi: 
Aytolsaydim men unga 
Ko‗hna dunyoga kelib, 
Menga qancha shodlik-u 
Qancha g‗am tekkanligin. 
Ezgulikni jahonda 
Axtarma qancha yelib, 
Faqat ona mehrining 
Betakror ekanligin. 
Shu jihatdan Abdulla Oripov ijodida ayol bu – 
hayot
, ayol bu – 
kelajak
va eng muhimi ayol 
– 
vatan 
demakdir. Shul bois shoir ijodida ayol obraziga ulkan ma'no yuklatiladi. Ijodkor o‗z 
she'rlarida o‗zbek ayolining umumlashma obrazini yaratar ekan, uni eng avvalo, Vatan 
tushunchasi bilan bog‗laydi. Har bir o‗zbek ayoli o‗z vatanini sevishini, qalbida Vatan mehri 
bilan yashashini istaydi. Muallif o‗z qiziga qarata shunday deydi: 
Jajji farzandlaring o‗zi bir davlat, 
Halol jufting bilan davroningni sur. 
Deyman, ona qizim, qalbingda faqat 
Hech qachon so‗nmasin Vatan degan nur. 
Shoirning ushbu o‗gitlari xuddi butun o‗zbek qizlariga, ayollariga qarata aytilgandek jarang 
sochadi, qalbimizni to‗lqinlantiradi. Buyuk ijodkorning ayolni o‗ziga xos, takrorlanmas obraz 
darajasiga ko‗tarishi bizni hayratga solish barobarida, qalbimizni to‗lqinlantiradi va shu bilan bir 
qatorda har bir o‗zbek ayoli zimmasiga ulkan masuliyat yuklaydi.
Hech ikkilanmay aytishimiz mumkinki, Abdulla Oripov she'riyatidagi ayol obrazi dunyo 
adabiyotidagi barcha ayollar obrazi uchun ibrat maktabi vazifasini o‗tay oladi va qalbimizda 
cheksiz faxr tuygg‗usini uyg‗otadi. 

Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish