238
ALISHER NAVOIY VA MUHAMMAD FUZULIY:
LAYLI VA MAJNUN SIYMOSIGA CHIZGILAR
Yu.Abdulhakimova,
ToshDO„TAU doktaranti
Sharq, jumladan o‗zbek mumtoz adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari tamomila o‗ziga xos.
Bu xususiyat undagi an‘ana va yangilikning namoyon bo‗lish usullarida, ayniqsa, yaqqolroq ko‗-
rinadi. Xamsachilik an‘anasi buning isbotidir. Ma‘lumki, ―Xamsa‖da har besh dostonning joy-
lashish tartibi, syujet liniyasi, obrazlar tizimi qat‘iy an‘anaga asoslanadi. Ijodkorning salohiyati
ana shu an‘anadan chiqmagan holda, shu negizda yangilik yarata olishiga ko‗ra belgilanadi. Bu –
benihoya murakkab ijodiy jarayon. Shuning uchun ham xamsachilikda yuksak e‘tirofga sazovor
bo‗lganlar sanoqli: Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy.
―Xamsa‖ning ayrim dostonlari borasida ham, ta‘bir joiz bo‗lsa, ―ijodiy musobaqa‖
kuzatiladi. ―Layli va Majnun‖ syujeti asosida Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy ijod qilgan
dostonlarning qiyosiy tahlili bu hodisani ―ichdan‖ kuzatish imkonini beradi. Navoiy va Fuzuliy
―Layli va Majnun‖ining o‗zaro muqoyasasi ikki buyuk shoirning ijod laboratoriyasiga kirish,
ularning mazkur syujetga yondashuvidagi o‗ziga xoslikni anglash,
ikki mutafakkir ijodiy
metodidagi mushtarak va farqli jihatlarni aniqlash imkonini beradi.
Hazrat Navoiy shu mazmundagi arab afsonalari bilan, Nizomiy Ganjaviy va Xusrav
Dehlaviyning ayni syujetdagi asarlari, shuningdek, Ashrafning ―Layli va Majnun‖i bilan
yaqindan tanishadi. Boy ijodiy tajriba to‗plagach, o‗z oldiga aniq maqsad qo‗yadi.
Bu maqsad
―Layli va Madnun‖da quyidagicha ifodalangan:
Men xastaki bu raqamni chektim,
Tahriri uchun qalamni chektim.
Yozmoqda bu ishqi jovidona,
Maqsudim emas edi fasona.
Mazmunig‗a bo‗ldi ruh mayli,
Afsona edi aning tufayli.
Lekin chu raqamg‗a keldi mazmun,
Afsona anga libosi mavzun...
218
Dostondan keltirilgan ushbu iqtibosni navoiyshunos Natan Mallaev quyidagicha izohlaydi:
―Navoiy o‗z dostonida Layli va Majnun haqidagi afsona va rivoyatlardan foydalanadi. Biroq
uning maqsadi ―afsona‖ so‗zlash emas, balki ―mazmun‖dir. Afsona asarning qobig‗i, uning
―mavzun libosi‖dir‖
219
.
Fuzuliy dostoni muqaddimasida muallifning niyati ulug‗ ustozi maqsadiga mutanosib ekani
quyidagicha izhor etilgan:
Dehqoni
hadiqai hikoyat,
Sarrofi javohiri rivoyat.
Ma‘ni chamaninda gul dikanda,
So‗z rishtasiga guhar chekanda.
Qilmish bu ravishda nuktadonlik,
Gulrezligu guharfishonliq
220
.
218
Алишер Навоий. Лайли ва Мажнун. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма жилдлик. 9-жилд, Т.: Фан,
1992, Б.310.
219
Маллаева Н. Сўз санъатининг гултожи. Т.: Адабиѐт ва санъат, 1991, 69-бет.
220
Муҳаммад Фузулий. Лайли ва Мажнун. Асарлар. Икки жилдлик. 2-жилд. Т.: Бадиий адабиѐт, Б.
239
Ya‘ni Fuzuliy rivoyatlardagi javohirlarni ajratib olish, ―ma‘ni chamaniga gul tikish‖, ―so‗z
rishtasiga guhar chekish‖ niyatini o‗z oldiga qo‗yadi. SHuning uchun ham u turkiy tilda Alisher
Navoiy ―Layli va Majnun‖iga eng munosib javob yoza oldi. SHu bois uning ushyuu syujet
asosidagi dostoni yuksak darajada e‘tirof etildi, muallifga katta shuhrat keltirdi.
Fuzuliyning ―Layli va Majnun‖i so‗z san‘atining nafisligi va ohorini to‗laqonli namoyon
etgani bilan katta ahamiyatga ega. Alisher Navoiy kabi Muhammad Fuzuliy ham ―Layli va
Majnun‖ni aruzda, hazaj bahrining musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf (ruknlari: mafu‘lu
mafoilun fauvlun – – V / V – V – / V – –) vaznida yozgan. Shu bois doston mazmuni mutolaa
qiluvchining qalbiga kuy kabi oqib kiradi, shuurga hayrat bag‗ishlaydi, ko‗ngillarga titroq soladi.
Fuzuliy dostoni Navoiy ―Layli va Majnun‖idan kompozitsiya
jihatidan birmuncha farq
qiladi.
Jumladan, ulug‗ ozarbayjon shoiri dostonni hazrat Alisher Navoiy kabi masnaviy janrida
bitgan bo‗lsa-da, biroq o‗rni-o‗rni bilan boshqa janrlarga – g‗azal, murabba‘, ruboiy, soqiynoma
kabi she‘riy shakllarga ham murojaat etadi. Bu uslub, birinchidan, dostondagi badiiy tasvirning
ta‘sirchanligini oshirishga xizmat qilgan bo‗lsa, ikkinchidan, yangi she‘riy shaklga o‗tilishi
orqali o‗quvchining fikr o‗zanini masalaning mohiyatini yanada chuqurroq anglash sari burib
yuboradi. Uchinchidan, o‗quvchining asar qahramoni ahvoli ruhiyasini yaqqolroq his etishiga
yordam beradi. Asar kompozitsiyasining bu tarzda tuzilishi Fuzuliyning o‗ziga xos ijodiy metodi
talablaridan kelib chiqqan, deyish mumkin.
Qolaversa, shoir yashagan davr dostonchiligi
ana‘analari ham shunday yo‗l tutishni taqozo etgan bo‗lishi haqiqatga yaqin.
Har ikkala dostonda ifoda ta‘sirchanligini ta‘minlashga xizmat qiluvchi badiiy tasvir
vositalaridan mahorat bilan foydalanilgan. Bu hol, o‗z navbatida, har ikki doston badiiyatining
mukammalligini ta‘minlagan, syujetning ta‘sir kuchini oshirgan.
Ma‘lumki, mumtoz adabiy an‘anaga ko‗ra, har qanday asar muqaddimasi, hatto aksar
hollarda undagi muayyan bob va fasllar ham Alloh taologa hamd va payg‗ambar alayhissalomga
na‘t bilan boshlangan. Hamd va na‘tlar zohiran asar mazmuniga bevosita bog‗liq emasdek
ko‗rinsa ham, aslida doston syujet liniyasining muhim jihatlarini o‗zida mujassam etadi. Birgina
misol. Har ikki dostonda Laylining Majnunga bitgan maktubi o‗ziga xos badiiy talqin etilgan.
Har ikki maktub Allohga hamd bilan boshlanadi. Jumladan, hazrat Alisher Navoiy dostonidagi
Layli maktubida fikrlar mana bunday izhor etiladi:
Ul Tengri oti bila bu manshur -
Kim, berdi ko‗ngulga ishqdin nur.
Urg‗och mayi ishqning salosi,
Odamg‗a etishdi ibtilosi.
Bir jur‘aki chekti ul jigarxun,
Mast o‗ldi, ne mast, balki majnun (1, 194).
Ya‘ni hazrat Navoiy Tangri taoloni ko‗ngillarga ishq nurini ato etgan ulug‗ zot sifatida madh
etadi. Ishqning Odam Atodan meros ekaniga urg‗u beradi. Ishq mayidan bir ho‗plam (jur‘a)
ichgan Odam Atoning mastu mustag‗raq bo‗lgani buning isboti ekanini aytadi.
Fuzuliy dostonidag Layli maktubida Tangri taolo madhi o‗ziga
xos ekani bilan alohida
ajralib turadi:
Bu tarz ila kilki o‗ldi jori
Kim, avvali noma; nomi bori.
Me‘mori binoyi aqdu payvand,
Vahhobi atoyi molu farzand.
Izhori vujud edan adamdan,
Ijodi hudus edan qadamdan (3, 10).
Ya‘ni buyuk shoir YAratganning ikki jins orasidagi aqdu payvandning (nikoh aqdi nazarda
tutilgan – Yu.A.) me‘mori, molu farzandni ato etguvchi ekani vasfiga urg‗u beradi. Odam
240
farzandlarini yo‗qdan bor qilguvchi ham, hodisalarni ijod etguvchi ham Tangri taolo ekanini
ta‘kidlaydi.
Alisher Navoiy Layli tilidan Majnunning ta‘rifini keltirar ekan, Majnun holidan tashvishda
bo‗lgan Laylining yoridan arazlagani holatini teran mazmun va go‗zal badiiy shakl uyg‗unligida
mana bu tarzda tasvirlaydi:
Ey ishq o‗tida xasim, nechuksen,
Ey bedilu bekasim, nechuksen?
Mundog‗ dog‗i
dedilar fasona -
Kim, Navfal ila bo‗lub yagona.
Chun hajlasi sori ko‗z solibsen
Qo‗lmoqqa qizini ko‗z solibsen.
Yovar sanga Haq taborak o‗lsun,
Bu xayr ishing muborak o‗lsun (1,199-200)
Fuzuliy dostonida esa, Layli Majnunga o‗z holidan xabar beradi. Ammo dostonning shakli
uning mazmuniga ham ta‘sir qiladi. Masalan, Laylining tilidan murabba‘ keltiriladi, ―Tamomiyi
suxan‖, ya‘ni so‗z so‗ngida Layli maktubini olgan Majnunning ahvoli ruhiyasi mana bu tarzda
tasvirlanadi:
Majnuna chu noma o‗ldi vosil,
Dur ko‗rdi aqiqina muqobil.
Mafhumdan etdi kasbi maqsud,
Layli tarafindin o‗ldi xushnud (3, 118)
Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy ―Layli va Majnun‖ dostonlarini qiyosiy o‗rganish,
shubhasiz, muhim ilmiy-nazariy xulosalarga olib keladi. Ikki buyuk shoir dostonlaridagi badiiy
talqinning o‗ziga xosligi, Fuzuliy hazrat Navoiy an‘analarini munosib davom ettirgani holda, uni
rivojlantirgani, ―Layli va Majnun‖dagi obrazlar tasvirini yanada takomillashtirgani haqidagi
to‗xtamlar buning isbotidir. Bu boradagi ilmiy kuzatishlarni yanada chuqurlashtirish,
tahlil
doirasini kengaytirish galdagi vazifalardandir.