O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi


Davlat va huquq haqidagi umumiy talimotlar



Download 85,07 Kb.
bet4/14
Sana31.01.2023
Hajmi85,07 Kb.
#905767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi (6)A

1.3 Davlat va huquq haqidagi umumiy talimotlar
Davlat huquqi — muayyan davlatning ijtimoiy tuzumi, davlat tuzilishi asoslari va davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishini, inson va fuqarolarning asosiy huquklari, erkinliklari va burchlarini hamda saylov tizimini belgilovchi va tartibga solib turuvchi huquqiy normalar yigʻindisi. "Davlat huquqi" atamasi bilan bir qatorda konstitutsiyaviy huquq atamasi qoʻllanilib kelinmoqda, ularning predmeti va tadqiqot obʼyektlari bir xil boʻlganligi bois sinonim sifatida tushunmoq kerak. Bundan tashqari davlat huquqi uch maʼnoda: huquq tarmogʻi, fan va oʻquv kursi sifatida qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi D. h. — Oʻzbekiston Respublikasi huquq tizimining yetakchi tarmogʻi hisoblanadi; uning normalari davlat va jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy asoslarini, davlat hokimiyatini amalga oshirish hamda jamiyat, davlat va shaxs orasidagi munosabatlarni tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarni oʻrnatadi, rivojlantiradi va huquqiy tartibga solib turadi. Shu bois D. h.ning asosiy prinsiplari, qoidalari va normalari huquq tizimining boshqa tarmoqlari (jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolik, fuqarolik-protsessual, maʼmuriy, xoʻjalik, mehnat huquqi va sh.k.)ni belgilab beradi. Oʻzbekiston Respublikasi D. h.ning bosh manbai Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. D. h. manbalarini Qorakalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi, shuningdek, davlat-huquqiy mazmunga ega boʻlgan yoki davlat-huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan normalarni oʻz ichiga olgan konstitupiyaviy va oddiy qonunlar, Prezident farmonlari va karorlari, Oliy Majlis reglanmenti, nizomlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mahalliy hokimiyatning qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan bitim va shartnomalari tashkil etishi mumkin. Jamiyatdagi munosabatlarni D. h. normalari bilan tartibga solish natijasida kelib chiqadigan munosabatlarni davlat-huquqiy munosabatlar deb ataladi . Davlat-huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari davlat-huquqiy munosabat subʼyektlari deb ataladi. Oʻzbekiston Respublikasida davlat-huquqiy munosabatlarning asosiy subʼyektlari quyidagilardan iborat: davlat sifatida Oʻzbekiston Respublikasi; Oʻzbekiston Respublikasining xalqi; Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar; Qoraqalpogʻiston Respublikasi; Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, sudlov organlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, barcha pogʻonadagi xalq deputatlari Kengashlari va hokimliklar); deputatlar va ularning uyushmalari; saylov komissiyalari; jamoat birlashmalari; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqalar.
Oʻzbekistonda D. h. fanining rivojlanishi asosan 20-asrning 20-y.laridan boshlandi va mustaqillik yillarida keng qamrov oldi. Oʻzbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi va fuqarolik jamiyati shakllantirilishi, davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyatining takomillashtirilishi, inson huquqlari va erkinliklarining taʼminlanishi, siyosiy tizimning erkinlashtirilishiga doir O. Eshonov, A. Aʼzamxoʻjayev, Sh. Oʻrazayev, A. Toʻlaganov, A. Azizxoʻjayev, 3. Islomov, H. Boboyev, O. Husanov, R. Qayumov, X. Odilqoriyev, E. Xalilov, U. Tojixonov, A. Saidov, M. Fayziyev, S. Sultonov kabi huquqshunos olimlarning ishlari eʼtiborga loyiqdir.
Davlat va huquq nazariyasi fanini har
tomonlama va mufassal tavsiflashda uning
boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochish
muhim ahamiyatga ega. Bu fan barcha ijtimoiy va yuridik fanlar bilan chambarchas
bog‘liq. Davlat va huquq masalalarini faqat
yuridik fanlar emas, balki boshqa ijtimoiy Davlat va huquq nazariyasi fanini har
tomonlama va mufassal tavsiflashda uning
boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochish
muhim ahamiyatga ega. Bu fan barcha ijtimoiy va yuridik fanlar bilan chambarchas
bog‘liq. Davlat va huquq masalalarini faqat
yuridik fanlar emas, balki boshqa ijtimoiy yasi fani to‘plagan bilimlar, ma’lumotlar falsafaning obyektiv qonunlarni ochishi va umumiy kategoriyalarni ishlab chiqishi uchun amaliy ma’lumot bo‘lib
xizmat qiladi. Davlat va huquq nazariyasi o‘z mavzusini tahlil etish chog‘ida
falsafaning «munosabat», «erkinlik», «jarayon», «funksiya», «butun va qism»,
«sistema», «evolyutsiya», «taraqqiyot», «aloqadorlik», «mohiyat», «shakl» kabi tushuncha va kategoriyalaridan keng foydalanadi1. Mazkur fanlar yaratadigan bilimlar o‘zaro bir-biriga singib ketadi.
Davlat va huquq zohir bo‘lishining falsafiy talqini hozirgi davrda alohida
dolzarblik kasb etmoqda. Huquqshunoslik bilan falsafa hamkorligi zamirida
«huquq falsafasi» degan yangi ilmiy yo‘nalish shakllanmoqda. Davlat va huquq
hodisalarini falsafa kategoriyalari va qonuniyatlari nuqtayi nazaridan talqin
etish huquqshunoslik fani rivojida yangi ufq va marralar ochishi shubhasizdir2.
Tabiiyki, davlat va huquq nazariyasi huquq falsafasi fani bilan ham o‘zaro uzviy hamkorlik qiladi.
Shunday qilib, falsafa fani davlat va huquq nazariyasi uchun poydevor
bo‘lib, metodologik asos vazifasini bajaradi, davlat va huquq nazariyasi esa,
falsafa shu jumladan, huquq falsafasi uchun aniq hayotiy ma’lumotlar manbayi
vazifasini bajaradi.

Download 85,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish