O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI
O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
FUQAROLIK JAMIYATI VA HUQUQ TALIMI KAFEDRASI
BAKALAVR YO’NALISHI DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANIDAN
KURS ISHI.
Bajardi: Mlliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 1-kurs talabalari Shodmonova Ozoda va Adilbekova Jasmina
Ilmiy rahbar: F.F.N.dots. S.X.Xudoynazarov
TOSHKENT-2023
MAVZU:Davlat va huquq nazariyasi faning uslublari.
Reja:
Kirish
Birinchi bob
1-bob. Davlat va huquq nazariyasi haqida umumiy malumot
1.1 Davlat va huquq nazariyasi faning usuli (metodi)
1.2 Davlat va huquqni o’rganishda turli usullar
1.3 Davlat va huquq haqidagi umumiy ta’limotlar
2-bob
2-bob. Davlat va huquqni urganishda turli usuli ya’ni metodlarning xilma-xilligi
2.1 Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari va funksiyalari
2.2 Davlat va huquq nazariyasining zamonaviy holati tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati
Kirish
Davlat va huquq nazariyasi o‘z mohiyatiga ko‘ra umumnazariy ahamiyatga ega bo‘lgan fundamental yuridik fan hisoblanadi. U o‘zining vazifalari, funksiyalari, predmeti va metodlari
yuzasidan yurisprudensiya uchun umumilmiy ahamiyatga ega,
shu bilan birga u davlat va huquqning aynan umumiy, ya’ni
muayyan konsepsiyalari va tizimlari nazariyasini o‘zida ifoda
etadi. Mazkur fan boshqa soha yuridik fanlari uchun nazariy
asos bo'lib xizmat qilishi bilan birga ayni paytda metodologik
ahamiyat kasb etadi.
Davlat va huquq nazariyasi zamonaviy huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimida yetakchi o‘rinni egallaydi. Davlat va
huquqning kelib chiqishi, rivojlanishi, faoliyat yuritishi va istiqboli bilan bog‘liq eng umumiy qonuniyatlarni ochib berish
barobarida mazkur fan davlat va huquq hodisalarining tabiatini
tushunish, ularning jamiyat rivojlanishidagi o‘rni va rolini
aniqlash imkonini beradi. Shu tariqa davlat va huquq nazariyasi fundamental va metodologik fan sifatida davlat tushunchasi,
belgilari, tiplari va mohiyati, davlat shakllari, funksiyalari,
davlat hokimiyati, mexanizmi, huquq tushunchasi, uning mohiyati va belgilari, prinsiplari, funksiyalari hamda fuqarolik
jamiyati va huquqiy davlat kabi davlat-huquqiy tushuncha va
kategoriyalarni ilmiy bilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida
tub islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda davlat va
huquq hodisalarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Binobarin, bugungi globallashuv sharoitida ijtimoiy
munosabatlarning shiddatli rivoji va mamlakatimizda ro‘y berayotgan yangilanish jarayonlari, o‘z navbatida, bizni davlat va huquq hodisalariga oid ko‘pgina tushuncha va atamalarni zamonaviy voqeliklar asosida qayta idrok etish hamda baholashga yo‘naltirmoqda.
Ayni paytda ushbu holat davlat va huquq nazariyasi fani
oldiga qator muayyan vazifalarni qo‘yadi. Bunda davlat-huquqiy borliqning ilmiy in’ikosi sifatida davlat va huquq nazariyasi
fani bevosita o‘zida zamonaviy davlat-huquqiy hodisalarning
obyektiv holatini, mohiyatini, ularning jamiyat rivojidagi, jumladan, qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash, jamiyatning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishdagi rolini aks
ettirishi lozim.
Shu bilan birga, fan o‘zining e’tiborini jamiyatga, xususan yuridik faoliyatdagi mavjud muammolarni hal etishga,
nazariyaning amaliyot bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanishini
ta’minlashga hamda bugungi kun talablariga mos yuridik
kadrlarni tayyorlashga qaratishi kerak. Bunda fan uzluksiz
rivojlanib borishi bilan birga nafaqat davlat va huquq haqidagi
eng yangi yutuqlarni oziga singdirishi, balki ijtimoiy voqelikka mos ilmiy-nazariy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishi
lozim bo'ladi.
Bundan tashqari, bugungi axborotlar oqimi shiddat bilan
o‘sib bp'rayotgan bir sharoitda talabalarda qisqa, lo‘nda va fanning asosiy jihatlarini o‘zida jamlagan o‘quv adabiyotlariga
bo‘lgan ehtiyojning oshib borayotganligini ko‘rish mumkin.
Shu jihatdan olganda, mazkur darslik ham fan bo‘yicha modul
o‘quv dasturiga mos ravishda tayyorlangan bo‘lib, uning
maqsadi talabalar va kitobxonlarning keng doirasiga davlathuquqiy hodisalarni chuqur o‘zlashtirishlariga yordam berishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |