O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi


-bob. Davlat va huquqni urganishda turli usuli ya’ni metodlarning xilma-xilligi



Download 85,07 Kb.
bet8/14
Sana31.01.2023
Hajmi85,07 Kb.
#905767
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi (6)A

2-bob. Davlat va huquqni urganishda turli usuli ya’ni metodlarning xilma-xilligi
2.1 Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari va funksiyalari
Huquq ijod etish davlatning yuridik normalar yaratishga qaratilgan maxsus faoliyatidir. Davlat mazkur faoliyat orqali xalqning
irodasini qonun darajasida ifoda etadi, ijtimoiy boshqaruv va siyosiy rahbarlikni amalga oshiradi. Bu faoliyat natijasida
jamiyat miqyosida amal qiluvchi bir butun va o‘zaro ichki aloqador bo‘lgan
huquqiy normalar tizimi vujudga keltiriladi. Huquq normalarining yaratilishi,
yuridik kuchi, shakli, quyidan yuqoriga bo‘ysunish munosabatlari davlatning
huquq ijodkorlik funksiyasi bilan bevosita bog‘liq. Huquq ijodkorligi huquq
yaratishning nisbatan kengroq bo‘lgan jarayon tarzidagi tarkibiy qismi hisoblanadi Huquq ijodkorligi – vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning (referendum chog‘ida – butun xalqning) huquq normalarini o‘rnatish, o‘zgartirish, takomillashtirish va bekor qilishga yo‘naltirilgan maxsus faoliyatidir.
Huquq ijodkorligi faoliyatiga nafaqat yangi huquqiy normalar o‘rnatish,
balki ilgari chiqarilgan normativ-huquqiy qoidalarni o‘zgartirish va bekor qilish ham kiradi. Davlat huquqiy normani o‘rnatish yoki ma’qullash orqali huquqni qo‘llash va huquqni qo‘riqlashdek serqirra, murakkab jarayonlarga turtki beradi. Huquq ijodkorligi tufayli vujudga keltiriladigan huquq normalari davlat organlarining turli xil rasmiy hujjatlarida aks ettiriladi. Bunday rasmiy hujjatlar normativ-huquqiy hujjatlar deb ataladi. Huquq ijodkorligi davlat xarakteriga ega bo‘lgan aktiv faoliyatdir. Davlat organlari jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiyasini amalga oshirib boradilar. Bu esa, huquq ijodkorligi jarayonining beto‘xtov
davom etishini taqozo etadi.
Huquq ijodkorlik faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat irodasini ifodalash
va rasmiylashtirish bilan bog‘liq. Davlat tashkiliy kuch bo‘lsa, huquq yuridik
qoida shakliga kirgan irodadir.
Huquq ijodkorligi mazmuni ikki toifa harakatni o‘z ichiga oladi: birinchidan, huquq ijod etuvchi organlarning normativ hujjat loyihasini tayyorlash bo‘yicha harakatlari: ya’ni, loyihani ishlab chiqish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish; uni tayyorlash; loyihani muhokama etish; hujjatni manfaatdor idoralar bilan kelishib olish va qo‘shimcha ishlov berish. Ikkinchidan, bu jarayonga
normativ hujjatni chiqarish bo‘yicha harakatlar kiradi: huquqiy hujjat loyihasini huquqni ijod etuvchi organ muhokamasiga kiritish; huquq ijod etuvchi organ tomonidan loyihani muhokama etish; normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish va
uni e’lon qilish (nashr etish).
Ta’kidlash joizki, huquq ijod etishning mazkur bosqichlari (harakatlari)
ba’zan birlashib ketishi, ba’zan esa, yangi xatti-harakatlar bilan to‘ldirilishi
mumkin. Xususan, yakka tartibda huquqiy hujjat qabul qiluvchi mansabdor
shaxs ushbu bosqichlarni birlashtirib yuborishi mumkin. Masalan, Prezident
farmon chiqarganda yoki hokim farmoyish qabul qilganda aytib o‘tilgan
bosqichlarni birlashtirib, o‘zi bajaradi. Ayrim hollarda yuqoridagi bosqichlardan tashqari, loyiha yuzasidan mutaxassis-olimlarning xulosasini olish, uni ekspertizadan o‘tkazish va loyihani keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish kabi
xatti-harakatlar ham amalga oshiriladi.
Huquq ijodkorligi faqat qonun loyihasi yoki huquqiy qarorni ko‘rib chiqish
va qabul qilish bilan cheklanmaydi. Bu jarayon davlat organlarining amaldagi
huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish, eskirgan yuridik normalarni bekor
qilish va mavjud normativ hujjatlarni bir tizimga solishga qaratilgan faoliyatini
o‘z ichiga oladi. Xalq, davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, mansabdor
shaxslar yuridik normalarni o‘rnatuvchi subyektlar sifatida e’tirof etiladi. Shu
ma’noda huquq ijodkorligining turlari haqida so‘z yuritish mumkin.
Huquq ijodkorligining quyidagi turlari mavjud:

Download 85,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish