O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/186
Sana07.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#752457
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   186
Bog'liq
2 5274118169022173722

izogiyetlar usuli
bilan 
aniqlash o‘ziga xos hisoblashlarni talab etadi. 
Izogiyetlar - bir xil 
qiymatdagi yog‘in miqdorlarini tutashtiradigan chiziq.
Daryo havzasida 
yog‘in miqdorining qayd etilgan amplitudasiga bog‘liq holda izogiyetlar 


50 
qadami 5, 10, 20, 25, 50, 100 mm qiymatlarda qabul qilinishi mumkin. 
Izogiyetlarni o‘tkazishda interpolyatsiya usulidan foydalanish tavsiya 
etiladi. 
Hozirgi kunda daryo havzasiga yoqqan yalpi yog‘in miqdorini 
aniqlashning zamonaviy usullari ham mavjud. Ulardan biri yog‘in miqdori 
bilan daryo oqimi orasidagi bog‘lanishlarni aniqlashga asoslangan. 
 
Nazorat savollari va topshiriqlar: 
1. Yog‘inlarning hosil bo‘lish mexanizmini eslang. 
2. Yog‘in miqdorini belgilovchi omillarni ayting. 
3. Yog‘in gradiyenti qanday hisoblanadi? 
4. Qanday yog‘in turlarini bilasiz? 
5. Qor qoplamini tavsiflovchi tushunchalarni eslang. 
6. Yomg‘irlarning qanday turlarini bilasiz? 
7. Yomg‘irning yog‘ish jadalligi qanday aniqlanadi? 
8. Daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini aniqlashning qanday 
usullarini
 
bilasiz? 
9. O‘rtacha arifmetik usulning mohiyatini tushuntirib bering. 
10. Daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini izogiyetlar usuli bilan 
aniqlashda bajariladigan hisoblashlar ketma-ketligini eslang.
 


51 
5. BUG‘LANISH 
 
5.1. Bug‘lanishning fizik mohiyati 
 
Bug‘lanish suv balansi tenglamasining eng asosiy elementlaridan biri 
hisoblanadi. Dunyodagi eng yirik ko‘llar - Kaspiy dengizi, Orol dengizi va 
boshqa berk suv havzalarida ularga kelib qo‘shiladigan deyarli barcha 
suvlar faqat bug‘lanishga sarflanadi. Bug‘lanish suv omborlarida ham 
balansning katta qismini tashkil etadi. Masalan, O‘rta Osiyoning tekislik 
hududidagi suv omborlarida yillik bug‘lanish qatlami 1200-1600 mm ni 
tashkil etadi. 
Bug‘lanishning mohiyati shundan iboratki, suyuq yoki qattiq 
holatdagi suv gaz (bug‘) holatiga o‘tadi. Bug‘lanish jadalligi bug‘lanuvchi 
yuzaning haroratiga bog‘liq. Temperatura qancha katta bo‘lsa, suv 
molekulalari shuncha tez harakat qilib, o‘zaro molekulyar tortishish 
kuchini yengadi va atmosferaga o‘tadi. Shu tarzda bug‘langan suv 
molekulalarining bir qismi balandlikka ko‘tarilish jarayonida to‘yinish 
nuqtasiga yetib, o‘zaro birlashadi va og‘irlik kuchi ta’sirida Yer sirtiga 
tushadi. Bu jarayon kondensatsiya deyiladi. 
Suv molekulalari atmosferaga o‘tgach, gravitatsion kuchlar ta’sirida 
yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Ularning o‘rnini esa suv yuzasidan yangi 
ajralgan molekulalar egallaydi. Bu jarayon diffuzion bug‘lanish deyiladi.
Agar bug‘lanuvchi yuzaga yaqin balandlikda ma’lum omillar 
(shamol, temperatura farqi) ta’sirida yuzaga kelgan ko‘tariluvchi yoki 
pasayuvchi havo oqimlari mavjud bo‘lsa, bug‘lanish jadallashadi. Bu 
jarayon konveksion bug‘lanish deyiladi. 
Bug‘lanish jadalligi namlik yetishmasligiga bog‘liq. Namlik 
yetishmasligi(d) berilgan temperaturada havoda mavjud bo‘lgan suv 
bug‘larining miqdori-mutlaq namlik(e
200
) bilan shu temperaturada 
to‘yingan suv bug‘lari(e
0
) farqi sifatida aniqlanadi:
.
200
0
e
e
d


Mutlaq (absolyut) namlik deb 1 m
3
havoda mavjud bo‘lgan gramm 
hisobidagi suv bug‘lariga aytiladi. Mutlaq namlikni suv bug‘larining 
elastikligi sifatida mb da ham ifodalash mumkin. Uning qiymati 
meteorologik stansiyalarda qurilma balandligi, ya’ni 2 metrda o‘lchanadi 
va shuning uchun e
200
ko‘rinishida belgilanadi.
To‘yingan suv bug‘larining elastikligi(e
0
) meteorologik stansiyada 
qayd etilgan havo temperaturasi bo‘yicha maxsus jadvaldan aniqlanadi. 
Qor va muzliklar yuzasidan bug‘lanish jarayonida qattiq holatdagi suv 
molekulalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz holatiga o‘tadi. Bu jarayon 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish