174
barcha ishlar BMT ning Atrof muhit dasturi (YUNEP)
asosida olib
borilmoqda.
Bugungi kunga kelib, Dunyo okeanining majmuali global
monitoringi xalqaro miqyosda amalga oshirilmoqda. Uning asosiy
maqsadi, okeanlar va dengizlarda mavjud bo‘lgan eng muhim
ekosistemalarning
holatini kuzatish, baholash hamda ularda kelajakda
mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni prognozlashdan iborat. Bu tadbirlarning
amalga
oshirilishi
natijasida
insoniyatning
kelajakda
barqaror
rivojlanishiga puxta zamin yaratiladi.
12.4. Gidrologiyaning taraqqiyot istiqbollari
Kursni o‘rganish natijasida ma’lum bo‘ldiki, gidrologiya keng
qamrovli va,
ayni paytda, ko‘p qirrali fanlardan biridir. Gidrologiyaning
alohida fan sifatida e’tirof etilganligiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmaganligiga
qaramasdan, bu fan uslubiy, nazariy jabhalarda va, eng muhimi, insoniyat
ehtiyojlarini qondirish borasida ancha yutuqlarga erishdi.
Xalq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, shuningdek, insoniyatning barqaror
rivojlanishi muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan
har qanday fan kabi
gidrologiya ham doimiy rivojlanishda va ilmiy-nazariy jihatdan
takomillashib borishda davom etmoqda. Uning kelajak istiqboldagi
rivojlanishi, birinchi navbatda, amaliyot talablari bilan, qolaversa, fanning
o‘zi ichki takomillashuv qonuniyatlari bilan bog‘liqdir.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida suvning ahamiyati
naqadar ulkan ekanligi hammaga ayon. Shu tufayli tabiiy suvlarda inson
hayotida va xalq xo‘jaligida foydalanish ko‘lami
kundan-kunga ortib
bormoqda. Bu holat “Gidrologiya” fani oldiga gidrologik jarayonlar va suv
resurslarining
shakllanish
qonuniyatlarini
tadqiq
etishni
yanada
rivojlantirish, tabiiy suvlardan foydalanishning tejamli va samarali
yo‘llarini izlash, ularni ifloslanish va miqdoriy kamayishdan muhofaza
qilish kabi qator masalalarni qo‘ymoqda.
Mutaxassislar va olimlar fikriga ko‘ra, “Gidrologiya” fanining
kelajakda rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari quyidagilarda aks etadi:
- gidrosfera va unda kechadigan gidrologik jarayonlarni tadqiq etish;
- suv resurslarining shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish
va ularni
miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash;
- amaliy gidrologiya, ya’ni gidrologik hisoblashlar va gidrologik
prognozlar usullarini takomillashtirish;
- tabiiy suvlar muhofazasi va ulardan oqilona foydalanish;
- gidroekologik tadqiqotlarni kengaytirish va gidroekologik
ekspertizani keng miqyosda yo‘lga qo‘yish;
175
- gidrologiya xizmati, ya’ni xalq xo‘jaligi turli tarmoqlari talablarini
gidrologik ma’lumotlar bilan ta’minlash;
- gidrologik tadqiqotlarda xalqaro hamkorlikni
yanada kengaytirish
va mustahkamlash;
- gidrologiya sohasi bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: