93
bug‘lanish rejimi turli botqoqliklarda turlicha bo‘ladi.
Botqoqliqlarda suvning harakati
vyertikal
va nishab tomon
yo‘nalishdagi sizib o‘tish - filtratsiya ko‘rinishida bo‘ladi. Torf
qatlamlarining turlicha qalinlikda va turlicha zichlikda bo‘lishi tufayli
ularning suv o‘tkazuvchanligi ham bir-biridan farq qiladi.
Botqoqlikning muzlashi va erishi ko‘p jihatdan torf qatlamining
issiqlik o‘tkazuvchanligiga bog‘liq. Ma’lumki, torfning issiqlik
o‘tkazuvchanligi boshqa jinslarga nisbatan juda kichikdir. Shu tufayli
botqoqliklarning muzlashi barqaror manfiy harorat kuzatilishi bilan 12-17
kun o‘tgach boshlanadi. Shu vaqt oralig‘ida botqoqlik yuzasini qor
qoplami egallasa, u butunlay muzlamasligi ham mumkin.
Botqoqliklarning suv balansi
. Botqoqliklarni to‘yintiruvchi va
undan sarflanuvchi
elementlarni hisobga olib, suv balansi tenglamasini
quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
,
0
4
3
2
1
W
E
U
U
U
U
X
bu yerda: X - atmosfera yog‘inlari; U
1
- botqoqliklarga daryolar va ularning
tarmoqlaridan qo‘shiladigan suvlar; U
2
-
botqoqlikka
atrofdan
qo‘shiladigan yuza va grunt suvlari; U
3
- botqoqlikdan oqib chiqadigan
daryo suvlari; U
4
- botqoqlikdan yon atrofdagi quruqlikka sizib o‘tadigan
suvlar; E - botqoqlikdan yalpi bug‘lanish;
W
- botqoqlikda namlik
zaxirasining o‘zgarishi.
Yuqorida keltirilgan tenglamadagi atmosfera yog‘inlarini, daryo
suvlari va bug‘lanishni bevosita o‘lchash yordamida baholash mumkin.
Suv balansi tenglamasining qolgan elementlari maxsus hisoblash usullari
bilan baholanadi.
K.E.Ivanovning olib borgan ko‘p yillik tadqiqotlari natijasiga ko‘ra,
botqoqliklarda yilning issiq yarim yilligida (may-oktyabr) suv balansining
chiqim qismi – oqimga 20 %, bug‘lanishga 80 % sarflanadi. Bug‘lanish,
asosan, may – iyul oylarida kuzatiladi. Bu davrda bug‘lanish atmosfera
yog‘iniga nisbatan biroz oshadi. Bu esa botqoqliklarda
namlikning biroz
kamayishiga sabab bo‘ladi. Botqoqlikdan bo‘ladigan yuza oqim yoz
davrida (iyun-avgust) juda kam, bug‘lanishga nisbatan bor - yo‘g‘i 5 % ni
tashkil etadi.
Botqoqliklarda oqim qishki–bahorgi yarim yillikda ortadi va yillik
yig‘indiga nisbatan 75 % ni tashkil qiladi.
Hozirgi kunda botqoqliklar yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish
miqdorini hisoblashda Davlat Gidrologiya instituti (DGI) ishlab chiqqan
quyidagi ifodadan keng foydalaniladi:
Z =
R
b
bu yerda: Z – oylik bug‘lanish miqdori, mm/oy, R
b
–
radiatsiya balansi,
94
kal/sm
2
,
- botqoqlik mikrolandshafti va vegetatsiya davrini hisobga
oladigan koeffitsiyent.
Do'stlaringiz bilan baham: