6. DUNYO OKEANI VA DENGIZLAR GIDROLOGIYASI
6.1. Dunyo okeani va uning qismlari
Yer sharining suv bilan qoplangan qismi bir butun bo‘lib, Dunyo
okeani deb nomlanadi. Uning suv yuzasi maydoni 361,3 mln. km
2
ga,
o‘rtacha chuqurligi esa 3704 metrga teng. Dunyo okeanidagi suv
massalarining hajmi 1338,5 mln. km
3
ni tashkil etadi (6.1-jadval).
6.1-jadval
Okeanlarning asosiy morfometrik ko‘rsatkichlari
Okeanlar
Umumiy
maydoni,
mln. km
2
Suv
yuzasi
maydoni,
mln. km
2
Orollar
maydoni,
mln. km
2
Suv
hajmi,
mln.
km
3
O‘rtacha
chuqurligi,
m
Eng katta
chuqurligi,
m
Tinch
182,6
178,7
3,9
710,36
3976
11022
Atlantika
92,7
91,7
1,0
329,66
3597
8742
Hind
77,0
76,2
0,8
282,65
3711
7209
Shimoliy
muz
18,5
14,7
3,8
18,07
1225
5527
Dunyo
okeani
370,8
361,3
9,5
1340,74
3711
11022
Izoh: jadval “Атласы океанов. Термины. Понятия. Справочные
таблицы. -1990” ma’lumotlari asosida tuzildi.
Bir butun Dunyo okeani qator belgilariga ko‘ra alohida okeanlarga,
dengizlarga, ko‘rfazlarga, qo‘ltiqlarga va bo‘g‘ozlarga bo‘linadi.
Dunyo okeanini to‘rt okeanga ajratish qabul qilingan: Tinch okean,
Atlantika okeani, Hind okeani va Shimoliy Muz okeani. Ushbu
okeanlarning asosiy morfometrik ko‘rsatkichlari 6.1-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |